Yevrosiyo kun tartibi11- qism

Dasturimizning bugungi qismida Birlashgan Arab Amirliklarining Yevrosiyo geografiyasidagi davlatlar bilan aloqalariga alohida to‘xtalib o‘tiladi.

1904366
Yevrosiyo kun tartibi11- qism

 

Birlashgan Arab Amirliklarining Yevrosiyo  davlatlari  bilan aloqalari rivojlanmoqda.

 Dasturimizning bugungi qismida Birlashgan Arab Amirliklarining Yevrosiyo geografiyasidagi davlatlar bilan aloqalariga alohida to‘xtalib o‘tiladi.

Hurmatli tinglovchilar, oxirgi paytlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Yevrosiyo geografiyasidagi davlatlar bilan aloqalari yaxshilangani kuzatilmoqda. Birlashgan Arab Amirliklarining o'zaro tashriflar va Yevrosiyo geografiyasidagi muammolarga bo’lgan  munosabati e'tiborni tortmoqda. Avvalo, so'nggi tashriflarni ko'rib chiqaylik.

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 2022-yil 30-oktabr – 1-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ldi. 31-oktabr kuni Prezident Japarov Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid an-Nahyon bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida sakkizta kelishuv imzolandi. Tomonlar o‘rtasida 1 milliard 200 million dollarlik qo‘shma Holding tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Dubay va O‘sh o‘rtasidagi aviaqatnovlar qayta tiklandi.

2022-yil 31-oktabr kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Gariboshvili Birlashgan Arab Amirliklarida amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Shu kuni Gruziya Bosh vaziri Gariboshvili Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Muhammad bin Zoid an-Nahyan bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir turli masalalar muhokama qilindi. Tomonlar oʻrtasida erkin savdo shartnomasini imzolash boʻyicha muzokaralar davom etmoqda.

2022-yilning 3-4-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid en-Nehyan bilan uchrashdi. Uchrashuvda turli masalalar, xususan, ikki tomonlama munosabatlar va Ukraina inqirozi muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Muhammad bin Zoid an-Nehyon Rossiyaga tashrif buyurgan edi.

Turkmanistonning Abu-Dabidagi elchixonasi xabar berishicha, prezident Serdar Berdimuhamedov noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi.

Hurmatli tinglovchilar, umuman aytish mumkinki, arab davlatlarining Yevrosiyo geografiyasidagi davlatlar bilan aloqalari rivojlanib bormoqda. Jumladan, 2022-yil 7-sentabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari birinchi hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining strategik hamkorlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2022-yilning 1-noyabr kuni Jazoir Xalq Demokratik Respublikasiga bir kunlik tashrif bilan keldi va Arab mamlakatlari ittifoqining 31-sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy forumi 2023-yil iyun oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi.

Arab davlatlari ichida Birlashgan Arab Amirliklari, Yevrosiyo davlatlari bilan aloqalarini yaxshilash uchun tashlagan qadamlari bilan diqqatni tortmoqda. 2022-yil 16-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammitida Birlashgan Arab Amirliklariga muloqot bo‘yicha hamkor maqomi berildi.

Birlashgan Arab Amirliklari Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mahbuslar almashinuvida hal qiluvchi rol o'ynadi. Birlashgan Arab Amirliklari Ukraina inqirozida potentsial vositachi davlat sifatida ko'rsatilgan. Xulosa qilib aytganda, Birlashgan Arab Amirliklarining Yevrosiyo geografiyasiga qiziqishi ortib bormoqda.

 



Aloqador xabarlar