Yevrosiyo kun tartibi-3

Dasturimizning bugungi sonida, Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar bilan Markaziy Osiyo davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uyushtirilgan Strategik hamkorlik yig‘ilish haqida so‘z qilamiz.

1880283
Yevrosiyo kun tartibi-3

2022-yilning 7-sentabri kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar bilan Markaziy Osiyo davlatlarining Tashqi ishlar vazirlarining Strategik hamkorlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ilk bor uyushtirilgan tadbirda kengashga a’zo davlatlar - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Ummon Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi. Unda, yuqorida nomi tilga olingan hududlar o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni orttirish imkonlari muhokama qilindi. Yig‘ilishda mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro maydondagi mavjud vaziyat ham qo‘lga olindi.  Yigʻilish yakunida qo‘shma bayonot va 2023-2027 yillarni o‘z ichiga olgan sarmoya, savdo, transport, taʼlim, fan, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlikning “Yoʻl xaritasi”ning chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.

Uchrashuv doirasida koʻplab ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bir qator hamkorlik memorandumlari imzolandi. Keyingi yig‘ilish kelasi yili O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, 2023-yilning iyun oyida Qozog‘istonda, Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar bilan Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy forumi uyushtiriladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan avgust oyi boshida Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi Nayef Falah al-Hayraf, Markaziy Osiyo davlatlariga amaliy tashrif uyushtirgandi. Unda, mamlakat boshchilari bilan uchrashgan Bosh kotib al-Hayraf, uchrashuv yakunida hamkorlik shartnomalari imzoladi.

Markaziy Osiyo davlatlarining Ko‘rfaz Arab davlatlari munosabatlari so‘nggi yillarda jadal rivojlanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchilari Arab davlatlariga tez-tez tashrif uyushtirmoqda. O‘zaro havo qatnovlari 2-3 barobarga ko‘paytirildi. Ilgari Arab davlatlari Markaziy Osiyoda jome’ masjidi va maktab qurilishlari kabi yordam faoliyatlari bilan yodga olinar ekan, endilikda arablar, mintaqaga katta sarmoya kiritishi bilan tanilmoqda. Arab davlatlarining Eron bilan aloqasi yaxshilansa, Markaziy Osiyo, Ko‘rfaz davlatlari bilan yana-da yaqinlashadi va quruqlik transportlari jadal rivoj topadi.

Keyingi yillarda Ko‘rfaz Arab davlatlarining Osiyo qit’asidagi davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga ahamiyat berayotgani ma’lum. Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lmoqchi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan Islom Hamkorlik Tashkiloti doirasida aloqalar rivojlanib bormoqda.

Ko‘rfazdagi Arab davlatlari bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari kengaymoqda. Innovatsion texnologiyalar, farmatsevtika, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi kabi ko‘plab sohalarda mazkur mintaqa davlatlari o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishi mumkin.

Markaziy Osiyo davlatlarining boshqa davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarida birgalikda harakat qilishni an’anaga aylantirgani quvonarli holatdir. Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirish Markaziy Osiyo davlatlarining oʻzaro integratsiyalashuvini ham tezlashtiradi. G‘arb-Rossiya mojarosi Markaziy Osiyo davlatlariga boshqa mintaqalar va davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlash imkoniyatini bermoqda.



Aloqador xabarlar