Yevrosiyo kun tartibi 50- qism

Ozarbayjon va Turkiya boshqa davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida amalda yo‘lga qo‘ygan uch tomonlama uchrashuvlar tarmog‘i kengaymoqda.

1866860
Yevrosiyo kun tartibi 50- qism

Turkiya Ovozi radiosida “Yevrosiyo kun tartibi” dasturini tinglayapsiz. Dasturimizning bugungi qismida Turkiya va Ozarbayjonning uch tomonlama uchrashuvlari muhokama qilinadi.

 Ozarbayjon va Turkiya boshqa davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida amalda yo‘lga qo‘ygan uch tomonlama uchrashuvlar tarmog‘i kengaymoqda. 2022-yil 27-iyul kuni Boku shahrida Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya tashqi ishlar va transport vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda uch tomonlama hamkorlikni  amalga oshirish, Kaspiy dengizi bilan Sharq-G‘arb markaziy koridorini rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tashqi ishlar vazirlari tomonidan Boku deklaratsiyasi imzolandi. Shu oʻrinda shuni taʼkidlash kerakki, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Turkiya oʻrtasida uch tomonlama yigʻilish zarurligi birinchi marta 2015-yilda “Turkiya Ovozi” radiosining Yevroosiyoga qarashi dasturida tilga olingan edi.

2022-yilning 2-avgust kuni Toshkent shahrida Ozarbayjon, O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda uch tomonlama hamkorlik, transport sohasida hamkorlikni oshirish, Turk davlatlari tashkiloti sammitiga tayyorgarlik muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tashqi ishlar vazirlari tomonidan Toshkent  bildirishi  imzolandi.

Qozog‘iston , O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya uch tomonlama uchrashuvlariga  ishtirok etishida bu davlatlar rahbarlarining munosabati katta  rol o‘ynadi. Joriy yilda Turkiya va Ozarbayjon rahbarlari O‘zbekistonga, Qozog‘iston rahbari Turkiyaga tashrif buyurdi. Bokuda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Qozog'iston Bosh vaziri o'rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi, Qozog'iston Prezidenti Kasım Jomart Tokayevning avgust oyida Ozarbayjonga tashrif buyurishini ma'lum qildi.

Boku va Toshkentda o‘tkazilgan uch tomonlama uchrashuvlar o‘z samarasini bera boshladi. Qorabog'dagi so'nggi voqealarda Qozog'iston va O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi darhol Ozarbayjonni qo'llab-quvvatlash bayonotini  tarqatdi . Bu Turk dunyosining xalqaro maydonda mushtarak harakat qilishi va tashqi siyosatda mushtarak nutq ishlab chiqishi uchun juda  muhim.

Hurmatli tinglovchilar, Ozarbayjon va Turkiya Gruziya, Eron va Turkmaniston bilan uch tomonlama uchrashuvlar seriyasini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Bu uchrashuvlar ham kerak bo'lganda uch tomonlama sammitlarga aylanadi. Bundan tashqari, zarur hollarda Ozarbayjon va Turkiya boshqa davlatlar bilan uch tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi. Masalan, Antaliya diplomatiyasi forumi arafasida Turkiya vositachiligida Antaliyada Turkiya-Rossiya-Ukraina tashqi ishlar vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Ozarbayjon 2016-yilda Rossiya va Eron bilan tashqi ishlar vazirlarining uch tomonlama uchrashuvini boshlagan edi.

Boku va Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan uch tomonlama uchrashuvlarda asosan transport va savdo masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston maʼmuriyati xalqaro transport tarmogʻini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy va Tirmiz-Mozori-Sharif-Qobil-Peshovar temir yoʻllari qurilishini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. Temir yoʻl qurilishini jadallashtirish maqsadida Toshkent maʼmuriyati Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy va Oʻzbekiston-Afgʻoniston-Pokiston uch tomonlama uchrashuvlarini oʻtkazishi kerak.

Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Cho‘lpon otada bo‘lib o‘tgan so‘nggi norasmiy uchrashuvidan bir kun avval yetib kelishdi. Shunday qilib, uch davlat rahbarlari o‘zaro maslahatlashish imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday uch tomonlama uchrashuvlar mintaqaviy muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar