Bularni bilasizmi 22-qism

Anitkabir majmuasida 24 davlatdan keltirilgan ko‘chatlar o‘rnatilgan Tinchlik bog‘i borligini bilasizmi?

1770590
Bularni bilasizmi 22-qism

 

Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning qabri joylashgan Anitkabir yodgorlik majmuasi 750 000 kvadrat metr maydonda qad rostlagan. Ushbu maydonning taxminan 630 000 kvadrat metrini Tinchlik bog'i tashkil qiladi.

Anitkabir majmuasi qurilayotganda 1946-yilda ko‘chkilarni oldini olish va uning atrofida yashil hudud yaratish maqsadida o‘rmonzorlashtirish ishlari boshlangan. Otaturkning “Yurtda tinchlik, dunyoda tinchlik” shioridan kelib chiqib, turli xorijiy davlatlardan noyob ko’chatlarni olib kelib, ular ishtirokida “Xalqaro Tinchlik Parki” tashkil etish rejalashtiriladi.

Ayni vaqtda, ““Yurtda tinchlik” shioriga binoan Turkiyaning baʼzi viloyatlaridan, Istanbul, Anqara, Eskishehir va Samsunda yetishadigan oʻn minglab ko’chatlar keltiriladi.

Ushbu boqqa ko’chat keltirish uchun 24 davlatga taklifnomalar yuboriladi. Afg'oniston, AQSh, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Xitoy, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Hindiston, Iroq, Angliya, Ispaniya, Isroil, Shvetsiya, Italiya, Yaponiya, Kanada, Kipr, Misr, Norvegiya, Portugaliya, Yugoslaviya va Gretsiyadan turli xil daraxtlar va ko‘chatlar keltiriladi.

Bugungi kunda Anitkabirni oʻrab turgan Tinchlik bogʻida 104 xil turdagi 50 mingga yaqin manzarali daraxt, buta va manzarali oʻsimliklar mavjud.



Aloqador xabarlar