Bularni bilasizmi 16-qism

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Sulton Ahmet jome’-masjidi butun dunyoga tanilganini bilasizmi?

1749667
Bularni bilasizmi 16-qism

 

Istanbuldagi maydonga o'z nomini bergan Sulton Ahmet jome’-masjidi 17-asrning muhim me'moriy san'at asarlaridan biridir. Topkapi saroyi va Ayasofiya ro‘parasida joylashgan ushbu ko‘rkam ibodatgoh davrning bosh me’mori Sedefkar Mehmet og‘a tomonidan Sulton I Ahmet buyrug‘i bilan qurilgan durdona asarlardan biridir. Uning qurilishi 1609 yilda boshlanib, 1617 yilda tugallangan. Bu Usmoniy imperiyasiga oid olti minorali yagona masjiddir. Usmoniylarga oid barcha jome’-masjidlarining o’ziga xos elementlardan biri bo'lgan gumbaz, Sulton Ahmet masjidida ko’rkamli salobati bilan ajralib turadi. Sulton Ahmet masjidida 260 ta deraza o‘rnatilgani tufayli katta gumbaz havoda osilib turgandek ko‘rinadi. Bu masjid boshqa jome’-masjidlarga qaraganda yana ham yorug‘ va kengdir.

Ichki va tashqi bezaklari bilan nafaqat Turkiyada, balki koʻplab mamlakatlarda oʻzini tanitishga muvaffaq boʻlgan Sulton Ahmet jome’-masjidi, minglab koʻk, yashil va oq rangli Iznik chinnilari bilan bezatilgani uchun Turkiyadan tashqarida “Moviy masjid” nomi bilan tanilgan.

YUNESKO tomonidan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ushbu ko’rkamli ibodatgoh Turkiyaning eng muhim tarixiy boyligi hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Sulton Ahmet jome'-masjidi , #Istanbul

Aloqador xabarlar