Bularni bilasizmi 14-qism

Dunyodagi eng mazali pishloqlardan biri Karsning Gravyer pishlog’i ekanligini bilasizmi?

1743057
Bularni bilasizmi 14-qism

 

Shveytsariyaning Gruyere shahri nomi bilan atalgan Gravyer pishlog’ining yana bir turi Turkiyaning Kars viloyatida ishlab chiqariladi va Kars Gravyeri deb nomlangan bu pishloq dunyoga mashhur ta’mga ega.

1878 yil Usmoniy-Rossiya urushi paytida Kars viloyati ruslar tomonidan bosib olingan. Bu davrda podshohning taklifi bilan Karsga kelgan shveytsariyalik David Mozer mintaqaning Shveytsariya pishlog’i ishlab chiqarish uchun mos ekanligini ko'rib, baland platoda joylashgan Bog'atepa qishlog'ida birinchi sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodni qurdi.

1918-yilda ishg‘ol tugashi bilan David Mozer zavodni Aleksandr Kayzer ismli nemisga sotib, Karsni tark etadi. Kayzer mintaqada pishloq ishlab chiqarishda yangi tajribalar o'tkazadi va Karsga xos kovaklari bo'lgan Kars Gravyeri pishlog’i paydo bo'ladi. Respublika davrida pishloq ishlab chiqarishning biznes yo'nalishi sifatida qabul qilinishi bilan Bog'atepa qishlog'i butunlay pishloq ishlab chiqarishga e'tiborni kuchaytiradi.

Bugungi kunda Bog’atepada ishlab chiqarilgan Kars Gravyer pishlog’i dunyodagi eng mazali va to'yimli pishloqlardan biriga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #Kars Gravyeri

Aloqador xabarlar