Yevroosiyo kun tartibi - 81

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirining Markaziy Osiyo Respublikalariga uyushtirgan rasmiy tashrifi haqida so‘z qilamiz.

1676297
Yevroosiyo kun tartibi - 81

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar 2021 - yilning 28 - iyunidan boshlab 2-iyuligacha Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qirg‘iziston va Tojikistonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Milliy Mudofaa vaziri Akar shu doirada 28-iyun kuni Qirg‘izistonga keldi. Hulusi Akarni hamkasbi Taalaybek Omuraliyev poytaxt Bishkekda harbiy marosim bilan kutib oldi. Milliy mudofaa vazirlari dastlab yakkama-yakka, so‘ngra delegatsiyalar o‘rtasida muzokara o‘tkazdilar. Milliy Mudofaa vaziri Akarni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov qabul qildi. Nomi tilga olingan qabul chog‘ida ikki tomon munosabatlarini qiziqtirgan  masalalar bilan mintaqaviy muammolar muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi munosabatlar 1990-yillarning boshlaridan beri davom etib kelmoqda. Milliy Mudofaa vaziri Akar Qirg‘izistonda shuningdek, Atabeyit yodgorligi bilan Bishkekdagi Ching‘iz Aytmatovning uy muzeyida ham bo‘ldi. Muzeydagi xotira daftariga imzo chekdi.

30-iyun kuni Milliy Mudofaa vaziri Akar Tojikistonga jo‘nab ketdi. Dushanbada Akarni hamkasbi Sherali Mirzo rasmiy marosim bilan kutib oldi. Ikki tomonli va o‘zaro uchrashuvlar amalga oshirildi. Tashrif yakunida Milliy Mudofaa vaziri Akar, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar tashrifidan so‘ng jurnalistlarga bergan bayonotida qirg‘iz va tojik hamkasblarini Turkiyada bo‘lib o‘tadigan Mudofaa sanoati forumiga taklif qilgani va ularning ham ushbu taklifni qabul qilib, kelishlarini yetkazganliklarini bildirdi. Turkiya tomonidan ishlab chiqarilgan mudofaa sanoati mahsulotlariga qirg‘iz va tojik armiyasi qiziqmoqda.  Ayniqsa Turkiya ishlab chiqargan Qurolli-qurolsiz uchuvchisiz havo transportlariga Markaziy Osiyo davlatlarining ehtiyoji bor.

Akar shuningdek, harbiy o‘quv va mushtarak mashqlar borasida kelishib olganliklarini ma’lum qildi. Harbiy ta’lim, razvedka va axborot bo‘lishish, mudofaa sanoati tarmog‘idagi hamkorlikni kengaytirish, yangi avlod qurollarni ta’minlash, kiber xavfsizlik kabi tarmoqlarda hamkorlik alohida ahamiyt kasb etadi. Shu bois bu tarmoqdagi yaqin hamkorlikning davom ettirilishi barcha tomon manfaatiga xizmat qilishini aytishimiz mumkin.

Turkiyaning Markaziy Osiyo respublikalari bilan harbiy-texnik aloqalari ham yomon emas. Ushbu munosabatlarni strategik darajaga ko‘tarish vaqti keldi.

Afg‘onistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan bo‘lgan chegarasidagi oxirgi voqealar mamlakatning xavfsizlik holatining yaxshi emasligidan dalolat bermoqda. Afg‘onistonda barqarorlik o‘rnamay turib Markaziy Osiyoning rivojlanishi imkonsiz. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda Turkiya Markaziy Osiyo respublikalarining mintaqadan tashqaridagi eng yirik sherigi hisoblanadi. Shu bois ham Afg‘oniston xavfsizligining ta’minlanishida Turkiyaning hozirgi faoliyatini davom ettirishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhimdir.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar o‘tgan yili Qozog‘iston bilan O‘zbekistonga tashrif uyushtirgandi. Yaqinda amalga oshirilgan tashriflar Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish niyatini ko‘rsatmoqda. Anqaraning Markaziy Osiyodagi o‘rnining mustahkam tus olishi, ittifoqlari bilan hamkorligini orttirishi, birodarlik rishtalarini mustahkamlash jihatidan muhimdir. Turk kengashi tarkibidagi Mudofaa sohasi to‘g‘risidagi maslahat kengashining tuzilishi foydali bo‘ladi.

 



Aloqador xabarlar