Yevroosiyo kun tartibi - 72

Dasturimizning bugungi sonida Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizlik masalasini qo‘lga olamiz.

1638576
Yevroosiyo kun tartibi - 72

2021 - yilning 27 - aprelida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo davlatlarning mudofaa vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va Afg‘oniston kelajagi muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tezkor kollektiv harakatlarning zamonaviy qurol - yaroqlar, harbiy va maxsus texnika bilan jihozlash rejasi tasdiqlandi.

Uchrashuv doirasida huddi shu kuni Dushanbeda Rossiya va Tojikiston Mudofaa vazirliklari o‘rtasida mamlakatda qo‘shma havo mudofaa tiziminining (S - 300) tashkil etilishi to‘g‘risida bitim imzolandi. Aniqroq qilib aytganda, Rossiyaning Tojikistonda joylashgan 201 - harbiy bazasida foydalangan havo mudofaa tizimi bundan buyon tojik tomoni bilan birgalikda qo‘llaniladi.

2021 - yilning 28 - aprelida Dushanbeda Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlarning Milliy Xavfsizlik kengashi Bosh kotiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan kelajakda amalga oshiriladigan qo‘shma tadqiqotlar belgilab olindi. Dushanbeda mana shu strategik yig‘ilish o‘tkazilar ekan tashkilot tarkibidagi davlatlardan Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida tojik askarlari tomonidan 11 qirg‘iz qishlog‘iga qarshi hujum uyushtirildi. Ikki kun davom etgan va qirg‘izistonlik 34 kishining umriga zomin bo‘lgan tojik hujmi Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti obro‘siga soya tushirdi.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 2021 - yilning 27 - aprelida Dushanbedan Buxoroga keldi. 28 - aprel kuni Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari o‘rtasida birinchi marta 2021 - 2025 yillarni o‘z ichiga qamrab olgan harbiy sohadagi strategik hamkorlik dasturi imzolandi. O‘zbekiston Rossiyadan mudofaa sanoati mahsulotlarini imtiyozli narxda (Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT), Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (AEB) mamlakatlariga berilgan narx) sotib olmoqda.

AQShning  2021 - yilning 11 - sentabrigacha Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini e’lon qilganidan so‘ng Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z xavfsizligini mustahkamlash uchun ittifoqchilari bilan munosabatlarini mustahkamlash rejasini tuza boshladi. O‘zbekistonning birinchi marta Rossiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasi dasturini imzolagani va Tojikistonning havo sohasi xavfsizligini ruslarga ishonib topshirgani shu bilan izohlanishi mumkin. Rossiya ham Tojikiston va O‘zbekistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shish, Afg‘oniston tomonidan kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan xavfni o‘z chegaralaridan uzoqlashtirish va Markaziy Osiyoda mavqeini mustahkamlash maqsadida mintaqa davlatlari bilan yangi shartnomalar imzolamoqda.

O‘tgan yillarda Tojikistonda harbiy bazasini ochgani aniqlangan Xitoyning, AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan chiqarib yuborganidan keyin bu sohada mintaqada yana - da faolroq bo‘lishni va Afg‘onistonda o‘z harbiy bazasini tashkil etishni istashi aniq. Xitoy boshchiligidagi Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy xavfsizligi uchun  yangi strategiyasini belgilashga majbur.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan mudofaa sohasida o‘z hamkorligini rivojlantirayotgan Turkiya, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo respublikalari bilan bu tarmoqda yaqin hamkorligini davom ettiradi. Shu nuqtai nazardan, Turkiya tomonidan ishlab chiqarilgan mudofaa sanoati mahsulotlarini ayniqsa, Uchuvchisiz havo vositasi va Qurolli Uchuvchisiz havo vositalarining Markaziy Osiyo respublikalari tomonidan olinishi muhimdir. Qozog‘iston bundan oldin Turk zirhli vositalarini sinovdan o‘tkazgandi. Aselsan Qozog‘istondan keyin O‘zbekistonda ham zavod ochishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Markaziy Osiyo , #xavfsizlik

Aloqador xabarlar