Uyg‘ur masalasi va OAV tarmog‘idagi Xitoy - G‘arb bahsi

Yevroosiyon kun tartibi - 60

1587076
Uyg‘ur masalasi va OAV tarmog‘idagi Xitoy - G‘arb bahsi

Oxirgi kunlarda uyg‘urlar masalasi ustidan Xitoy va G‘arb davlatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositasi orqali bahslar avj oldi. Yevroosiyo kun tartibi dasturining bugungi sonida huddi shu masala haqida so‘z qilamiz. Shunday ekan keling, avvalom bor mavzu haqidagi oxirgi vaziyatni ko‘rib chiqaylik.

2021 - yilning 4 - fevrali kuni Buyuk Britaniya, Xitoyning Global telekanallar tarmog‘ini (CGTN - China Global Television Network) man etdi. Ingilizlar buning sababini nomi tilga olingan kanalning o‘z egasi tomonidan emas Xitoy Kommunist partiyasi tomonidan boshqarilishini ilgari surdi. The Telegraph ham MI5 ning jurnalist qiyofasi bilan josuslik qilgan 3 xitoylikni deportatsiya qilgani haqida avval xabar qilgandi.

2021 - yilning 5 - fevrali kuni Xitoy matbuotida 24 moddada G‘arbning Sinjon haqidagi xabar va maqolalarini yolg’onga chiqargan keng ko‘lamli maqola chop etildi. Shinxua agentligida chop etilgan ushbu maqolada Mayk Pompeo, Adrian Zenz bayonotlari bosh bo‘lish bilan birga G‘arb ommaviy axborot vositasida uyg‘urlar haqida chiqqan xabarlar chiritilishga urinildi.

Xitoyning rasmiy Jenmin Jibao gazetasi 2021 - yilning 8 - fevrali kuni fransuz yozuvchi Maksim Vivas bilan bo‘lgan muloqatni chop etdi. Maksim Vivas 2020 - yilning oxirida fransuz tilida Sinjondagi vaziyat ustidan “Uyg‘urlar, yolg‘on axborotlarga nuqta” degan nom ostida kitop chop ettirgandi. Vivas gazetadagi intervyusida, terrorning oldini olish uchun Xitoyning Sinjonda tashlagan qadamlarini qo‘llab - quvvatlagani, CIA yetakchiligida Xitoyga qarshi G‘arbda qora propaganda olib borilganini qayd etdi.

2021 - yilning 9 - fevrali kuni Xitoy, AQShning Clubhouse ijtimoiy tarmog‘ini man etdi. Oxirgi vaqtlarda Clubhouseda Sinjondagi “ta’lim lagerlari” masalasi tez - tez muhokama qilinayotgandi. 2020 - yilning aprel oyida bozorga chiqarilgan Clubhouse ilovasi, oxirgi oylarda Xitoyda jadal ravishda hammabop tus olgandi.

2021 - yilning 11 - fevrali kuni Pekin yetakchiligi “Xitoyning milliy manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi” va “qonunlarga javob bermaydi” degan sabab bilan BBC Worl Newsning mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatdi. Aslida bu munosabat ham Xitoyning Global telekanallar tarmog‘ining bekitilishi ham da, BBCdagi uyg‘ular haqidagi dasturlarga javob tariqasida edi.

Fevral oyining boshida 180 inson huquqlari tashkiloti Pekinda 2022 - yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan qishgi olimpiadalarni boykot qilishga chaqirgandi. Huddi shu tashkilot o‘tgan oyda ham bu undovini takrorladi lekin u vaqtlarda kun tartibida Trampning mitinglari borligi uchun yetarli darajada e’tibor uyg‘otmagandi.

Shu bilan birga Saudiya Arabistonining Pekindagi elchisi Ali Obeyd al - Lahariy bilan Pokiston senati tashqi aloqalar komissiyasi rahbari Mushahid Husayin Sayidning uyg‘ur masalalari ustidan Pekin siyosatini qo‘llab - quvvatlagani haqidagi muloqatlari chop etildi.

Yuqorida qayd etilganlardan ham ma’lum bo‘lganidek ommaviy axborot vositasida Xitoy - G‘arb davlatlari tortishuvlari avj oldi. Tomonlar bir - birining ijtimoiy media kanallarini man eta boshladi. Bayden yetakchiligining bu borada Tramp siyosatini davom ettirishi haqida ishorat berishi, media tarmog‘idagi jabhalashishning keyingi davrda yana - da ortishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Xitoyning bu borada yolg‘iz emasligi, Pekin markazidagi axborot va dasturlarning Rossiya, Pokiston kabi davlatlarda ham berilayotgani ma’lum bo‘ldi. Uyg‘ur masalasini Xitoy ham, G‘arb ham o‘z manfaati uchun vosita sifatida foydalanishni ko‘zlaganini unutmaslik darkor.   

 



Aloqador xabarlar