O'zbekistondan xabarlar 55-qism

Oliy Majlis Senati Raisi Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha elchisi bilan sohadagi ustuvorliklarni muhokama qildi

1570347
O'zbekistondan xabarlar 55-qism

 

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha elchisi Rita French bilan muloqot qildi.

Oliy Majlis Senati axborot xizmati maʼlum qilishicha, onlayn-tadbirda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi elchisi Timoti Torlou ishtirok etdi.

Tomonlar inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni tatbiq etishdagi ustuvorliklarni, ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini  muhokama qildi.

Elchi R.French mazkur sohada ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berib, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi qabul qilinganini qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, gender tenglikni taʼminlash, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish, qonunchilikni yangilash bo‘yicha ishlar ham ijobiy baholandi.

O‘zbekistonni BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylangani bilan qutlab, Britaniya tomoni Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

R.French O‘zbekistonning mazkur yo‘nalishda qisqa muddatda erishgan yutuqlari yuksak bahoga loyiq ekanligini qayd etdi. Gender tenglik va majburiy mehnatning oldini olish kabi sohalarda erishilgan natijalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shuningdek, so‘z va matbuot erkinligini taʼminlashdagi yutuqlar ham qayd etildi.

U O‘zbekiston kelgusida bu boradagi ishlarini davom ettirishi hamda boshqa mamlakatlarga o‘rnak bo‘lishi, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishiga umid bildirdi.

T.Torlou O‘zbekiston parlamenti bilan inson huquqlari va gender tenglik hamda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha yaqin hamkorlikni taʼkidlab, O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi ustuvor sherigi ekanligini qayd etdi.   

Tomonlar kelgusida inson huquqlari sohasida o‘zaro hamkorlik qilish uchun aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

 

OHM Tashqi ishlar vazirlari koronavirus pandemiyasi sharoitida sayyohlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlash masalalarini muhokama qildi


 

21-Yanvar. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Osiyo Hamkorlik Muloqoti (OHM)ga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan XVII yig‘ilishida ishtirok etdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbir «Yangi xavfsiz va sog‘lom turizm» mavzusiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda tuzilma bosh kotibi Pornchai Danvivatanning hisobоti tinglandi, OHMning boshqa tashkilotlar va xalqaro munosabatlarning sub’ektlar bilan aloqalari bo‘yicha me’yoriy qoidalar tasdiqlandi hamda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Delegatsiyalar rahbarlari turizm sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, koronavirus pandemiyasi sharoitida xorijiy sayyohlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga qaratilgan yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishning muhim jihatlari, ularni hayotga tatbiq etish mexanizmlari haqida so‘z yuritildi.

Tashqi ishlar vaziri A.Komilov o‘z nutqida COVID-19ga qarshi kurashishdan jahon iqtisodiyotini qayta tiklash, jumladan turizm sohasini rag‘batlantirishga faol tayyorgarlik ko‘rish bosqichiga o‘tish uchun qat’iy choralar qabul qilish va sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston TIV rahbari tadbir qatnashchilariga O‘zbekistonda turizm sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Xususan, sayyohlik qayta yo‘lga qo‘yilganidan keyin respublikaga kelgan xorijiy sayyohlar «turizmni yangi shaklda» – yanada xavfsiz, yanada rang-barang va yanada individual holda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbirda Osiyoda mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashning muhimligi qayd etildi.

Tadbir yakunida Osiyoda hamkorlik muloqoti bo‘yicha tashqi ishlar vazirlar kengashi XVII yig‘ilishining Anqara deklaratsiyasi qabul qilindi.

 

Shavkat Mirziyoyev Jozef Baydenni tabrikladi

20-Yanvar.O‘zbekistonRespublikasiprezidentiShavkatMirziyoyevAmerikaQo‘shmaShtatlariprezidentiJozefBaydennitabrikladi. 

Davlatrahbarimatbuotxizmatixabarigako‘ra, O‘zbekistonprezidentiJozefBaydengauningdavlatrahbarilavozimigakirishganimunosabatibilantabrikyo‘llagan.

20-Yanvar kuni, Vashingtonda AQShning 46-prezidenti Jozef Bayden qasamyod qabul qildi. U bilan birga Kamala Harris mamlakat tarixidagi ilk vitse-prezident ayol sifatida lavozimga kirishdi.

 

ITSV: O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari muhokamaqilindi 

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan telekonferensaloqa shaklida muzokaralari o‘tkazdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, tomonlar investitsiya, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama shartnomalarni amalga oshirishning joriy holati hamda ularni hayotga tatbiq etishni jadallashtirish bo‘yicha kelgusi chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yil Fevral oyida Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan loyihalarni ro'yobga chiqarish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘rib chiqildi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar qo‘shma loyiha va tashabbuslarni hayotga joriy qilishda har ikki mamlakat tadbirkorlarini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga sodiqligini bildirdi.

Turkiyaning hududlarda sanoatni rivojlantirish borasidagi tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash va maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyatini tashkil etishning amaliy jihatlariga to‘xtalib o‘tildi.

Ikki mamlakat tegishli vazirliklari tomonidan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi Bitimni qisqa muddatda kelishish hamda tasdiqlash borasida birgalikda olib borilayotgan ishlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muloqot chog‘ida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasi (HK)ning 6-yig‘ilishini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

Shu o‘rinda, tadbir doirasida O‘zbek va Turk tadbirkorlari ishtirokida har ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rag‘batlantirish va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi loyihalarni shakllantirishga qaratilgan biznes-forum tashkil etishga kelishib olindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlashga qaratilgan yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Jahon banki O‘zbekistonda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi

O‘zbekiston moliya vaziri Timur Ishmetov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli va bosh iqtisodchisi Vinayak Nagaraj bilan uchrashdi.

Moliya vazirligi manbasiga ko‘ra, uchrashuvda hukumatning 2021 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish sohasidagi rejalari, jumladan, xususiy sektorni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, xususiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, davlat tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan islohotlarning navbatdagi bosqichi ko‘rib chiqildi.

 2022-2026 yillarda O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida ishlab chiqilayotgan hamkorlik dasturi doirasida ushbu sohalarda hukumatga ko‘maklashish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Jahon bankining agrosanoat sohasini modernizatsiya qilish, davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirish, shuningdek, telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga ko‘mak berish niyati yana bir bor tasdiqlandi.

Muloqot davomida ishtirokchilar koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar  qayd etdi. Shuningdek, pandiyamiya bilan bog‘liq qiyin vaziyat bo‘lishiga qaramasdan, qishloq xo‘jaligi, davlat korxonalarini boshqarish, bank sektori va boshqa ustuvor sohalarda islohotlarni davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari O‘zbekistonda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda hukumatga moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

 

Turk kompaniyalarining Namangan viloyatiga investitsiya kiritish imkoniyatlari o‘rganildi

Namangan viloyat hokimligida Turkiyaning “HBB” va «Etalon homes» kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida mazkur kompaniyalar tomonidan viloyatga investitsiyalar kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, quyosh elektr stansiyasi qurish, tabiiy tosh qazib olish, termik issiqxona barpo etish loyihalari xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, viloyatda yo‘l harakati nazorati tizimi faoliyatini maqbullashtirish, «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Viloyat rahbari uchrashuvda ishtirok etayotgan mutasaddilarga mazkur loyihalarni Turkiyalik investorlar bilan birgalikda joyida ko‘rib chiqish va ikki tomon uchun samarali yechimlarni topish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar