Qirg‘izistonda yangi prezident saylanib, mamlakatni boshqaruv shakli aniqlab olindi

Dasturimizning bugungi sonida Qirg‘izistonda muddatidan oldin bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovi va mamlakatni boshqaruv shaklini aniqlab olish uchun uyushtirilgan referendum haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 56)

1569091
Qirg‘izistonda yangi prezident saylanib, mamlakatni boshqaruv shakli aniqlab olindi

2021 - yilning 10 - yanvari kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi va mamlakatni boshqaruv shaklini aniqlab olish uchun referendum bo‘lib o‘tdi. On yetti nomzod kuch sinashgan prezidentlik saylov natijalariga ko‘ra Sadir Japarov saylovchilar ovozining 79 foizini olib, Qirg‘izistonning yangi prezidenti etib saylandi. Saylovlarda ikkinchi bo‘lgan Adahan Madumarov ovozlarning 6 foizini oldi. Boshqa nomzodlar 2 foizdan kam ovozga ega bo‘ldi.

Saylovchilar mamlakatda va chet eldagi diplomatik vakolatxonalarda o‘rnatilgan 2522 qutida ovoz berdi. Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 3 million 563 ming 574 saylovchining atigi 39,33 foizi boshqacha qilib aytganda, 1 million 401 ming 726 kishi saylovda ishtirok etdi. Saylovda qatnashganlar sonining kamligi, qirg‘iz xalqining siyosiy o‘yinlardan charchaganligi bilan izohlanishi mumkin. 2020 - yilning 4 -  oktabrida bo‘lib o‘tgan umumiy saylov natijalarining bekor qilinishiga yo‘l ochgan "№2 shaklining" olib tashlangani ham saylovchilarning kam ishtirok etishiga sabab bo‘ldi. Chunki shaharda yashaydigan ammo saylov joylari qishloqlarda bo‘lgan saylovchilar qishning og‘ir sharoitlarida ovoz berishga bormadilar.

Saylovchilar prezident bilan birga Qirg‘iz Respublikasining boshqaruv shaklining aniqlanishi borasidagi tanlovlarini ham bildirdilar. Referendumda saylovchilarning 81.29 foizi prezidentlik tizimiga, 10.85 foizi esa parlament tizimiga, 4.43 foizi esa hammasiga qarshi ovoz berdilar. Qirg‘iz qonunlariga ko‘ra referendum natijalarining qabul qilinishi uchun saylovchilarning 30 foizining ishtirok etishi lozim edi va bu orqali Qirg‘iziston takror prezidentlik tizimiga o‘tgan bo‘ldi. Prezidentlik tizimining qanday ishlashiga bu yil aniqlik kiritiladi.  

Saylov kuni qonun buzarlik ustidan 50 ta shikoyat qayd etilgan. Lekin ularning hech qaysinisi saylov natijalariga ta’sir qilolmadi. Xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari saylovlarning shaffof o‘tganini ma’lum qildilar. Faqatgina Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari, saylovoldi tashviqoti jarayonida nomzodlar uchun teng shart yaratib berilmaganini ifoda ettilar.  

Sadir Japarov 50 kunda qasam ichib, o‘z vazifasini boshlaydi. Japarovni eng avvalo Afg‘oniston, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari, Turk kengashi, TÜRKSOY, TürkPA kabi xalqaro tashkilotlar tabrikladi. AQSh, Xitoy va Yevropa ittifoqi saylov natijalarini qabul qilganliklarini yetkazdilar. Sadir Japarovning birinchi tashrifini Qozog‘istonga uyushtirishi ma’lum qilindi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazilishiga qaramay mamlakatdagi siyosiy muammo davom etadi. Chunki prezidentlik tizimining qanday ishlashi hali hanuz noma’lum. Shuningdek, parlament saylovining takrori bu yil mobaynida bo‘lib o‘tadi. Mamlakat iqtisodiyoti pandemiyadan salbiy ta’sir ko‘rdi. Shu bois ham xalq, yangi saylangan prezident va yetakchilikdan muammoni tezlik bilan hal qilishlarini kutmoqda. Bunday sabablar, mamlakatning siyosiy muhitini yana bir muddat tarang ushlab turilishidan xabar bermoqda.  

Sadir Japarov prezident etib saylanganidan keyin so‘zlagan nutqida, Turkiya bilan munosabatlarni yangi nuqtaga olib chiqarish niyatida ekanini ta’kidladi. Sadir Japarovning prezidentligi davrida Turkiya - Qirg‘iziston munosabatlarining yana - da rivojlanishini taxmin qilish mumkin.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qirg‘iziston , #Sadir Japarov

Aloqador xabarlar