Bularni bilasizmi 55-qism

Turkiya 900 yillik kutubxona tarixiga ega ekanligini bilarmidingiz?

1560994
Bularni bilasizmi 55-qism

 

Turkiyada kutubxona madaniyati 900 yillik o’tmishga ega. Anadoluda dastlabki kutubxonalar Saljuqiylar davrida qurilgan bo’lib, uning eng rivojlangan davri Usmoniy davriga to’g’ri keladi. Usmoniy imperiyasining ilk davrlarida kutubxonalar jome’-masjidlari, maqbaralar va madrasalar ichida joylashgan. Vaqt o’tishi bilan kutubxonalar alohida bino shaklida qad rostlay boshlagan.

1884 yili xizmat bera boshlagan Boyazit Davlat kutubxonasi Turkiyaning dastlabki kutubxonalaridan biridir. Kutubxona qurilgan ilk yillarda peshtoqlarda faqatgina Usmoniy davlatining eng taniqli tarixshunosi Mustafo Naimaning “Naima tarixi” nomli asari o’rin olgandi. Vaqt o’tishi bilan to’plangan asarlar, sotib olingan kitoblar va kutubxonaga ehson qilingan hujjatlar bilan kutubxona hazinasi boyiy boshlagan.

1934 yili Otaturkning buyrug’i bilan chiqarilgan “Bosma asarlarni to’plash va tartiblash” nomli qonun asosida kutubxona manbalarida sezilarli darajada ortish kuzatildi. Natijada Turkiyada bosilgan har bir nashrning bir nushasi kutubxonaga topshirilish majburiyati tug’ildi. Kunimizda bir milliondan ortiq kitob hazinasi bilan tarixshunos olimlarning voz kechilmas makoniga aylangan Boyazit Davlat kutubxonasi tobora kengaymoqda va kitobxonlarga xizmat bermoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Boyazit Davlat kutubxonasi

Aloqador xabarlar