Turkiston shahri, Turk dunyosi geografiyasining qoq markazida joylashgan

Dasturimizning bugungi sonida Qozog’istonning Turkiston shahri haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi 50)

1544035
Turkiston shahri, Turk dunyosi geografiyasining qoq markazida joylashgan

2020 – yilning 1 – dekabri kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatida joylashgan “Turkiston” nomidagi Xalqaro aeroportning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jami 905 gektarlik maydonni o‘z ichiga olgan aeroport, Qozog‘istonda birinchi poydevoridan boshlab mustaqillik yillarida qurilgan ilk aeroport bo‘lish xususiyatiga ega. Yangi aeroportning bir yilda 3 million yo‘lovchini qabul qila olish imkoni bor. Turk ishbilarmonlar tomonidan qurilgan aeroportning arxitekturasi, Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi me’moridan namuna olib loyihalandi.

Elboshi Nursulton Nazarboyev 2018 – yili Janubiy Qozog‘iston viloyatining nomini “Turkiston” deb o‘zgartirgan qarorga qo‘l qo‘ygandi. Viloyat nomining o‘zgartirilishi ortidan viloyat markazi Chimkentdan Turkistonga ko‘chirildi. Ikki yildan beri Turkiston shahri deyarli qayta tiklandi. Ularning hammasi tamomlanganida 150 ming kishilik Turkiston shahrining mintaqaning markaziga aylanishi, aholi sonining vaqti kelganida 1 millionga chiqishi tabiiy. Eslatib o‘tamiz o‘z vaqtida poytaxt Astana (Nursulton) shahri ham huddi shunday qurilgandi.

Oxirgi 200 yillik tarixdan bizga yaxshi ma’lum bo‘lganidek ruslar butun bu hududning nomi bo‘lgan Turkistonning e’tiboriga putur yetkazish uchun avvalom bor uni general – gubernatorlik ortidan esa, Yassi deb atadi. Faqat mustaqillik yillarida uning ismi takror eski e’tiboriga qovushdi. Hamma, ham shahar ham da viloyat sifatida huddi shu nom bilan tanidi Turkistonni.  

Mintaqaning turizm salohiyati judayam yuqori. Xo‘ja Ahmad Yassaviyning maqbarasi huddi shu yerda joylashgan. Yangi taqdim etilgan infratuzilma faoliyatlari shaharning Olmota, Bishkek, Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi mintaqaning eng yirik shaharlariga yaqin o‘rin olgan. Shu bois ham turizm sohasida Turkistonning 5 million sayyohga quchoq ochishiga imkon bermoqda. Bugungi kunda Toshkentni Turkiston shahriga bog‘lovchi avtomobil yo‘lining qurilishi jadal ravishda davom etmoqda. Temir yo‘li esa, avvaldan beri bor. Bu guzargohda keyinchalik Tez yurar poyezd yo‘li ham quriladi. Mintaqa davlatlarining turizmni jonlantirish uchun boshlatgan "Ipak yo‘li vizasi" tashabbusi pandemiya ortidan mintaqa turizmining rivojlanishiga hissa qo‘shadi. 

Turkiston shahri qadrini orttirgan boshqa ahamiyatli xusus esa shahardagi Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq – turk universitetidir. O‘z vaqtida nomi tilga olingan universitetning nima uchun poytaxtda emas aynan mana shu yerda ochilishi katta qiziqish uyg‘otgandi. Endilikda bu qarorning qanchalik o‘rinli va muhim ekanligiga guvoh bo‘lyapmiz. Bundan buyon universitet shaharga, shahar esa universitet kuchiga – kuch qo‘shadi.

Turk dunyosi geografiyasini umumiy olib qaraganda Sibiryadan Yevropaga qadar yoyilgan keng hudud hisoblanadi. Unda Turkiston shahri, Turk dunyosining qoq markazida joylashganiga guvoh bo‘lamiz. Turklarning islom dinini qabul qilishida alohida ahamiyat kasb etgan va Pir- i Turkiston degan nom bilan ham tanilgan Ahmad Yassaviyning maqbarasi, Turkiston shahrida qad rostlamoqda. Shunday ekan Turkiston shahri Turk dunyosining manaviy, madaniy poytaxti bo‘lish yo‘lida ilgarilamoqda. Shu ma’noda Turk dunyosining xalqaro tashkilotlaridan birining shu jumladan Xalqaro Turk akademiyasining huddi shu yerga ko‘chirilishi, o‘rinli qarorlardan biri bo‘lardi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiston , #Turk dunyosi , #Xalqaro aeroport

Aloqador xabarlar