Bularni bilasizmi-44 qism

Turkiya poytaxti Anqarada Tabiat tarixi muzeyi borligini bilarmidingiz?

1515602
Bularni bilasizmi-44 qism

 

1968 yili Turkiya poytaxti Anqarada Geologik tadqiqotlar boshqarmasi qoshida Tabiat tarixi muzeyi tashkil etilgan. Uch qavatdan iborat bo’lgan ushbu muzey dunyoning turli davlatlaridan to’plangan juda boy kollektsiyaga ega. Unda tabiat tarixini anglatuvchi ko’plab fosillar, tosh jinslari, minerallar va ma’dan namunalarini ko’rish mumkin.

Muzeyning kiraverishida go’yo kosmosga sayohat qilasiz. Ushbu bo’limda quyosh sistemasidagi sayyoralarni yaqindan tomosha qilish, quyosh sistemasining sayyoralararo fazodan yer yuziga tushadigan qattiq jismlarni, jumladan oy toshi, chaqmoq toshi va boshqa turli xil meteoridlarni ko’rish mumkin.

Bundan tashqari, o’tmishda mavjud bo’lgan turli jonzodlar, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarga oid fosillar va o’simlik namunalari, 140 mln yil avvaliga oid go’shtxo’r dinozavrlar, fil va delfin skletlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz.  

Muzeyning ikkinchi qavatida Turkiyadagi hayvonlar va o’simliklarning maketlari solingan vitrinlar hamda qadimgi insonlarning qo’llangan ashyolari namoyish qilinadi. Muzeyda nogironlar uchun ham maxsus bo’lim tashkil etilgan. Ushbu tabiat tarixi muzeyi bu jihatdan ham boshqa muzeylardan ajralib turadi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Agar Anqaraga yo’lingiz tushsa, albatta Tabiat tarixi muzeyini tomosha qilishni unutmang!



Aloqador xabarlar