Bularni bilasizmi 42-qism

UNESCO Dunyo meros ro’yxatiga kiritilgan Safranbo’lu shahrida xalqaro fil’m festivali o’tkazilganligini bilarmidingiz?

1506967
Bularni bilasizmi 42-qism

 

Usmoniylar davrida qurilgan ko’rkamli memoriy obidalarni o’zida mujassam qilgan tarixiy Safranbo’lu shahri 1994 yil 17 dekabrda UNESCO tomonidan “Dunyo meros ro’yxati”ga kiritilgan. Ushbu madaniy merosni saqlash, avloddan-avlodga yetkazish va uni dunyoga tanitish maqsadida bir qator faoliyatlar yo’lga qo’yilmoqda. 2000 yilda o’tkazilgan Oltin Safron hujjatli fil’m festivali ham shular jumlasidandir.

Festival 2004 yilga kelib xalqaro miqyosda o’tkazila boshladi. Xalqaro Oltin Safron fil’m festivali “Madaniy meros va uni muhofaza qilish” doirasida tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklarni yosh nasllarga yetkazishga xizmat qiladi.

Festival mobaynida nafaqat hujjatli fil’mlar bilan, balki Safranbo’luning tarixiy uylari, qahva tortiq qilish marosimlari, xina kechalari, to’ylari, taomlari, milliy liboslari va safran gulini yetishtirish sirlari kabi juda ko’plab madaniy urf-odatlar bilan tanishish mumkin.

 

 


Tanlangan kalimalar: #UNESCO , #Usmoniy , #Safranbo’lu

Aloqador xabarlar