Yevroosiyo kun tartibi 40 - qism
Dasturimizning bugungi sonida Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashi koordinatsion qo‘mitasi yig‘ilishi haqida so‘z qilamiz.
2020 – yilning 22 – sentabri kuni Turk kengashi Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev yetakchiligida Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashi koordinatsion qo‘mitasi onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Turk tilli davlatlar Parlament assambleyasi Bosh kotibi Altinbek Mamayusupov, Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti Bosh kotibi Dusen Qaseinov, Xalqaro Turk akademiyasi rahbari Darhan Qidirali va Turk Madaniyati va merosi fondi raisi Gunay Efendiyeva ishtirok etdi.
Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashi koordinatsion qo‘mitasi, 2019 – yilning 15 – oktabri kuni Bokuda uyushtirilgan VII Turk kengashi sammitida qabul qilingan qaror asosida tashkil topdi. Turk kengashi Bosh kotibligi qoshida tashkil topgan nomi tilgan olingan qo‘mita o‘z faoliyatini Turk dunyosi mamlakatlari o‘rtasida amalga oshiriladigan faoliyatlarda takrordan qochish, koordinatsion faoliyatlarini orttirish, Turk kengashi, TurkPA, TURKSOY, Turk akademiyasi, Turk Madaniyati va merosi fondi o‘rtasida yana – da yaqin hamkorlikni o‘rnatish yo‘lida olib boradi.
Ushbu yig‘ilishda Turk kengashi, TURKSOY, TurkPA, Turk akademiyasi va Turk madaniyati va merosi fondining 2021 – yili amalga oshirmoqchi bo‘lgan faoliyatlarining mushtarak rejalari ustida to‘xtaldi. Yig‘ilish natijasida Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashi koordinatsion qo‘mitasi a’zolari faoliyat olib borgan tarmoqlardagi mushtarak tamoyillar asosida kelishib olindi. Yaqinda a’zolar tomonidan belgilab olingan takliflar asosida, 2020 /2021 davri uchun Turk hamkorlik tashkilotining yillik yo‘l xaritasi tayyorlanadi. Turk kengashi Bosh kotibi o‘rinbosari Sultan Rayev, qo‘mitaga a’zo davlatlar bilan koordinatsion faoliyatlar yuritadi.
Oxirgi yillarda Turk dunyosining mushtarak xalqaro tashkilotlarining faoliyatlari va tadbirlari tobora ortib bormoqda. Turk kengashi tomonidan boshlatilgan bu koordinatsion faoliyati o‘z vaqtida, o‘rinli tashlangan qadam bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday faoliyat Turk respublikalari tomonidan Turk dunyosida hamkorlikning ortishi uchun ajratilgan mablag‘ning bundan ham samarali foydalanishi jihatidan ham katta ahamiyat kasb etadi. Eng asosiysi, yuqorida nomi tilga olingan tashkilotlarda mushtarak ko‘z qarash yaratishga ijobiy hissa qo‘shadi.
Umumiy olib qaraganda Turk kengashi, uning ichida Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashi koordinatsion qo‘mitasining yana da samarali ish olib borishi uchun Turk kengashida faoliyat olib borgan mutaxassislar sonining orttirilishida foyda bor. Natijada Turk kengashi, yuqorida qayd etilgan xalqaro tashkilotlardan tashqari Turk dunyosida ta’lim, yoshlar va sport, iqtisodiyot, transport, bojxona, turizm, diaspora, axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari sohalarida muvofiqlashtirish va hamkorlikni ta’minlashni va har bir sohani o‘z ichida institutsionalizatsiya qilishni maqsad qilgan. Istanbul va Turkiyada magistratura yoki doktoranturada o‘qigan Turk respublikalaridan kelgan qobiliyatli talabalarga Turk kengashida 1 yillik malaka oshirish imkoni berilishi, tashkilot faoliyatlariga hissa qo‘shishi mumkin. Shuni aytib o‘tish joizki, navbatdagi Turk kengashi sammitida nomi tilga olingan tashkilotlar Nursulton Nazarboyevning taklifini e’tiborga olgan holda, “Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar” iborasini “Turk davlatlari” degan iboraga o‘zgartirishi lozim.
Aloqador xabarlar
Yevrosiyo kun tartibi-49
Dasturimizning bugungi sonida Turkiy Respublikalar kun tartibidagi muhim voqealarga to‘xtalamiz.