O'zbekistondan xabarlar 38-qism

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bolalar jamg'armasi (YUNISEF)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qildi.

1494104
O'zbekistondan xabarlar 38-qism

 

YUNISEF vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv


 

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bolalar jamg'armasi (YUNISEF)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qildi. 

M.Mamedzade o'zining ushbu lavozimga tayinlanishi to'g'risidagi YUNISEF ijrochi direktori Henriyetta For xatini vazirga taqdim etdi. 

Suhbat davomida O'zbekiston va YUNISEF o'rtasidagi o'zaro aloqalarni rivojlantirishning joriy holati va ustuvor yo'nalishlari, xususan, bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalar haqida so'z yuritildi. 

Tomonlar o'zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar bo'yicha ham fikr almashdilar.

 

Chili Prezidentiga tabrik

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chili Respublikasi Prezidenti Migel Xuan Sebastyan Pinyera Echenikeni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

 

Shavkat Mirziyoyev Narendra Modini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modiga uning 70 yoshlik tavallud ayomi munosabati bilan samimiy qutlovlarini yo‘lladi. 

Davlat rahbari o‘z maktubida Hindiston Bosh vaziriga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, do‘st Hindiston xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tiladi.

 

Shavkat Mirziyoyev Meksika Prezidentini tabrikladi


    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Meksika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. 

 

Shavkat Mirziyoyev Yosixide Sugani tabrikladi

   O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo'lladi.

Davlat rahbarining maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani ta'kidlangan hamda O'zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.

 

Shavkat Mirziyoyev Nikaragua Prezidentini tabrikladi

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Xose Daniel Ortega Saavedraga Nikaragua Respublikasining Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o'rinbosarini qabul qildi

   O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o'rinbosari Aleksey Overchukni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida davlat rahbari koronavirus infeksiyasining global miqyosda tarqalishi bilan bog'liq zamonaviy xavf-xatarlarga qaramay O'zbekiston - Rossiya  o'rtasidagi faol muloqot davom etayotgani va ko'p qirrali O'zbekiston-Rossiya hamkorligi sur'ati saqlab qolinayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O'zaro tovar ayirboshlash ko'rsatkichlari ortayotgani kuzatilmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilyapti, qo'shma korxonalar soni ko'paydi.

O'zbekiston Prezidenti koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yaqin va samarali hamkorlik yo'lga qo'yilganini alohida ta'kidladi.

Rossiya Hukumati Raisining o'rinbosari Aleksey Overchuk uchrashuv o'tkazish imkoniyati uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Hukumati Raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.

Iqtisodiy kooperatsiya bo'yicha uzoq muddatli dastur tayyorlash, qo'shma investitsiya loyihalarini ilgari surish, mamlakat hududlari o'rtasidagi amaliy aloqalarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratildi.

O'zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini yangi mazmun bilan boyitish maqsadida hamkorlikdagi ustuvor dastur va loyihalarni jadallashtirish muhimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, mamlakatlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va MDH doirasidagi yaqin muloqotlarni davom ettirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar