Bularni bilasizmi 34-qism

Turkiyada sevib iste’mol qilingan “suv bo’regi” nomli somsa Usmoniy oshxonalarida tayyorlangan eng muhim taomlardan biri ekanligini bilarmidingiz?

1474019
Bularni bilasizmi 34-qism

 

Turk oshxonasida juda ko’plab somsa xillarini uchratish mumkin. Bulardan eng mashhuri “su böreği”dir. Nonushtada, kechki ovqat vaqtida sevib iste’mol qilinadi. Ayniqsa, ziyofatlarda dasturxon ko’rki desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu somsa turini Yaqin sharq davlatlarida, Bolqonlarda, O’rta Osiyoda xatto, Afrika davlatlarida ham uchratish mumkin. Ushbu davlatlarda ham deyarli xuddi shu nom bilan ataladi. Chunki, Usmoniylar hukmronlik qilgan davlatlarga ushbu yegulikni o’zidan meros qilib qoldirgan desak to’g’ri bo’ladi.19-asrda Usmoniy oshxonasining eng mashhur somsalaridan biri bo’lgan suv bo’regi kunimizda ham sevib iste’mol qilinadi.

Tayyorlanishi juda mashaqqatli bo’lgan ushbu somsa mehmondorchiliklarda mutlaqo dasturxonning voz kechilmas taomlaridan biridir.

Somsaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u duxovka listiga qo’yilishdan avval suvda pishirib olinadi. Somsaning ichiga kunimizda pishloq, qiyma, qo’ziqorin, ismaloq va boshqa turli xil masalliqlar solinadi, biroq haqiqiy suv bo’regi aslida faqatgina pishloq va petrushkadan tayyorlanadi.  Somsani pishirishning o’ziga xos usuli bor. U duxovkada emas, balki o’choqda pishiriladi.



Aloqador xabarlar