O'zbekistondan xabarlar 32-qism

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi poytaxti Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko’plab insonlar qurbon bo’lgani va jarohatlangani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi.

1470910
O'zbekistondan xabarlar 32-qism

 

Livan Prezidentiga hamdardlik...

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi poytaxti Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko’plab insonlar qurbon bo’lgani va jarohatlangani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya bildirdi.

 

O'zbekiston va Turkiya parlamentlari rahbarlarining telefon orqali muloqoti

 4-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi Raisi Mustafa Shentop bilan telefon orqali muloqoti bolib otdi.

Ikki mamlakat parlamentlari rahbarlari butun musulmon olamining shodlik va shukronalik, xayr-saxovat va ezgulik ayyomi bo’lgan Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tilak bildirdilar.

Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi Raisi Mustafa Shentop koronavirus pandemiyasini tezroq yengishni tilab, bu borada Turkiya O’zbekistonga yordam berishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

Tomonlar davlatlar prezidentlari boshchiligida oliy darajadagi muntazam muloqotlar va yaqin munosabatlar olib borilayotgani natijasida barcha sohalar qatori parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga ko’tarilayotgani to’g’risida so’z yuritdi.

Ikki mamlakat parlamentlari o’rtasida imzolangan hamkorlik to’g’risidagi memorandum o'zaro aloqalarning shartnoma-huquqiy asosini yaratish bilan birga amaliy chora-tadbirlar ko’rishni taqozo etishi borasida to’xtalib o’tildi.

2020-yil fevralda bo’lib o’tgan O’zbekiston Prezidentining Turkiyaga tashrifi doirasida tarixda ilk bora eng yuksak formatdagi, ya'ni ikki davlat rahbarlari hamraisligidagi oliy darajadagi O'zbekiston –Turkiya strategik hamkorlik kengashining ilk yig’ilishi yakuni bo’yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda o’z vakolatlari doirasida parlamentlar ham munosib hissasini qo’shishi kerakligi qayd etildi.

Bundan tashqari, shakllantirilgan do’stlik guruhlari tomonidan parlamentlararo hamkorlik borasida fikr almashilayotgani, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan Turkiya Buyuk Millat Majlisining Tadqiqot markazi o’rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish zarurligi ta'kidlandi.

Suhbat do'stona va samimiy ruhda o'tdi.

 

Latviyada Xiva shahri tarixiga doir kitob chop etildi

 

Latviyaning “LAMBERT academic-publishing” - LAP Nashriyot uyi tomonidan O'zR FA Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimi Gavhar Durdiyevaning “Xiva shahri me'moriy yodgorliklari seysmik mustahkamligini o'rganish“ (“Issledovaniye ceysmostoykosti arxitekturnыx pamyatnikov goroda Xivы”) deb nomlangan kitobi nashrdan chiqarildi.

Kitobda me'moriy obidalarning texnik holatini o’rganish hamda seysmik ta'sirlar, zamin va poydevorlarning hisobi, me'moriy obidalarni umrboqiyligini ta'minlashda va ularni ekspluatatsiyasida muhim jihat hisoblanadigan restavratsiya va rekonstruksiya qilish bo’yicha metodik tavsiyalar berilgan.

Ushbu to’plam sohaning quruvchi-muhandislari, me'morlar, qurilish va me'morchilik yo’nalishidagi oliy ta'lim muassasalari o’qituvchilari va tadqiqotchilariga, me'moriy yodgorliklarni mustahkamlash va rekonstruksiya

qilish bo’yicha ishchi loyihalarni ishlab chiquvchi restavratorlarga hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari talabalariga tavsiya etiladi.

 

Belarus elchisi bilan uchrashuv

Ozbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri orinbosari Ilhom Ne'matov Belarus Respublikasining mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog’ida O’zbekiston - Belarus munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, o’zaro manfaatli barcha sohalarda sheriklik izchil rivojlanib borayotgani ta'kidlandi.

Bo’lajak qo’shma tadbirlar jadvali, jumladan ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini, shuningdek, “Belarusda ishlab chiqarilgan” milliy mahsulotlar ko’rgazmasini 2020-yil kuzida Toshkent shahrida o’tkazish masalasi ko’rib chiqildi.

 

Buxorodagi 7 tamadaniymerosobyektiYUNESKOningumumjahonmerosiroyxatiganomzodsifatidatayyorlandi

Bugungi kunda Buxoro viloyatida 829 ta moddiy madaniy meros obyektlari davlat muhofazasiga olingan.

Shundan, 287 tasi arxeologiya yodgorliklari, 507 tasi arxitektura obyektlari, 17 tasi monumental san'at hamda 18 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.

Viloyatda joylashgan beqiyos qimmatga ega bo’lgan madaniy merosning ko’chmas mulk obyektlarini YUNESKOning Umumjahon merosi ro’yxatiga kiritish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 2-martdagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturining “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan 4-bo’limi 223-bandida jahon madaniyatiga munosib hissa qo’shgan mamlakatning madaniy merosini YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritish bo’yicha takliflar tayyorlash hamda bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish vazifasi alohida belgilab qo’yilgan.

Viloyat madaniy meros boshqarmasining xabar berishicha, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, YUNESKO ishlari bo’yicha milliy komissiya, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar institutini jalb qilgan holda “Ipak yo’li: Zarafshon daryosi va Qayroqum yo’nalishi” (O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston) chegeralararo obidalari qatorida Buxoro viloyatida joylashgan Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Vobkent minorasi va Chashmai Ayub maqbarasi arxitektura obyektlari hamda qadimgi Poykent, Varaxsha va Vardonze shahar qoldiqlarini YUNESKOning Umumjahon merosi ro’yxatiga kiritish bo’yicha, xalqaro mezonlar asosida nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda.

Bu esa YUNESKOning Umumjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan obyektlar sonining ortishiga va respublikamizga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining ko’payishiga olib kelishi shubhasiz.


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar