Bularni bilasizmi 17-qism

Dunyodagi yagona “23 aprel - Bolalar bayrami” Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturk tomonidan butun dunyodagi bolalarga armug’on etilganligini bilarmidingiz?

1401499
Bularni bilasizmi 17-qism

 

                                

         23 aprel - bu yil 100 yilligini nishonlaydigan Turkiya Oliy majlisi tashkil topgan kun. Ushbu kun 1935 yilda Xalq mustaqilligi bayramiga qo’shilib, "23 aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami" sifatida nishonlana boshlagan.

Turkiya Respublikasiga asos solingan va mustaqillik shak-shubhasiz turk xalqiga berilgan ushbu kun bolalar uchun ham katta shodiyonaga aylangan.

Turkiya Respublikasiga asos solgan va Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk “Kelajak-yosh avlod qo’lida” ekanligiga ishonadi. Shu sababli, bolalarga katta ahamiyat beradi.

Turkiya Oliy majlisi tashkil topgan kunni nafaqat Turkiyada yashagan bolalarga, balki butun dunyodagi barcha bolalarga bayram qatorida bag’ishlashi Otaturkning bolalarga qanchalik mehr-shafqat, sevgi va hurmat ko’rsatishining dalilidir.

 



Aloqador xabarlar