Yevroosiyo kun tartibi 6-qism

Dasturimizning bugungi sonida AQShning Yevroosiyo siyosati haqida so’z qilamiz.

1354339
Yevroosiyo kun tartibi 6-qism

AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo 2020-yilning 31-yanvaridan 3-fevraligacha mintaqaga Ukraina, Belarus, Qozog’iston va O’zbekistonni o’z ichiga olgan rasmiy tashrif uyushtirdi. Oxirgi vaqtlarda AQShning Yevroosiyodan uzoqlashishi haqida mish-mishlar tarqar ekan Pompeoning bu tashrifi vaziyatning unday emasligini yaqqol o’rtaga qo’ymoqda. Shunday ekan keling avvalom bor, mazkur tashriflarga to’xtalaylik. 

***

AQSh Davlat kotibi mintaqaga bo’lgan tashrifini Ukrainadan boshladi. Ma’lum bo’lganidek Ukraina Rossiya bilan bo’lgan kurashida AQSh va YIdan kuch olmoqda. Faqat Ukraina-AQSh o’zaro munosabatlarining bugungi kunda yuqori saviyada ekanligini aytish qiyin. Strategik jihatdan ifoda etilgan o’zaro munosabatlarga qaramay AQSh Kiyevga haligacha yangi elchi tayin qilgani yo’q. Trumpning Ukraina masalalari bo’yicha maxsus vakili o’rni ham hozir bosh. AQSh Davlat rahbari Donald Trumpga qarshi boshlatilgan impichment jarayonida Ukrainaning nomi tilga olinganidan o’tgan yili saylangan Ukraina Prezidenti Zelenskiyning birinchi rasmiy AQSh tashrifi ham haligacha yo’lga qo’yilmadi. Bu mavzu tomonlar o’rtasida qattiq savdolashishlarga yo’l ochmoqda. Lekin shunga qaramay o’zaro munosabatlarning davom ettirilishi va AQShning Yevroosiyo siyosatida Ukrainaning alohida o’ringa ega ekanligini aytish mumkin.  

***

Mike Pompeo 1-fevral kuni Belarusga bordi. Rossiya bilan butunlashish va energiya masalalarida kelisholmagan Belarus, 26 yil ortidan birinchi marotaba AQSh Davlat kotibini mehmon qildi. Tashrif oldidan Aleksandr Lukashenko, Rossiyadan ta’minlagan energiya ehtiyojini kerak bo’lsa AQShdan ta’minlashlari mumkinligini qayd etar ekan AQSh bunga, viza cheklovi joriy etadigan mamlakatlar ro’yhatidan Belarusni chiqarish orqali javob berdi. Lukashenko-Pompeo uchrashuvida yangi AQSh elchixonasining qurilishi, 2008-yildan beri tayin qilinmagan elchilarning eng qisqa vaqt ichida tayin qilinishi, neft eksporti haqidagi masalalar qo’lga olindi.  

***

2-fevral kuni AQSh Davlat kotibi Nur-Sultonda Qozog’iston yetakchilari bilan uchrashdi. Pompeoning Qozog’iston kun tartibida, AQSh firmalarining faoliyatlari, o’zaro iqtisodiy munosabatlar va Xitoyning ozchilikni tashkil etgan mayda millatlar ustidan olib borgan siyolatlari o’rin oldi. Mike Pompeo Nur-Sultonda Xitoydan kelgan qozoq faollari bilan uchrashuv o’tkazdi. Mazkur uchrashuv AQShning, Shinjondagi inson huquqlarining paymol qilinishi masalasi ustidan Xitoyga qarshi fitna sifatida foydalanilishidan dalolat bermoqda.

AQSh Davlat kotibi 3-fevral kuni Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o’tkazdi va ortidan Amerika Qo’shma Shtatlari va Markaziy Osiyo davlatlari shu jumladan Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston bilan iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni ko’zda tutgan C5+1 formatidagi yig’ilishda ishtirok etdi. Mazkur yig’ilish farqli masala ustidan bo’lgani bois bu yerda Pompeoning O’zbekistonga bo’lgan tashrifiga to’xtalmaymiz.

***

2018-yilgi ma’lumotlarga ko’ra AQShning Ukraina bilan savdo hajmi 4 milliard, Qozog’iston bilan 2.1 milliard, Belarus bilan 500 million, O’zbekiston bilan 300 million dollarni tashkil etadi. AQSh jihatidan bu mamlakatlar ko’proq Rossiya va Xitoyga qarshi foydalanish, ularga yaqinroq bo’lish uchun alohida o’ringa ega. Ayniqsa Rossiya atrofini qurshab olish jihatidan muhimdir. Ma’lum bo’lganidek AQSh 29-yanvar kuni Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritdi. Yuqorida nomi tilga olingan mamlakatlar jihatidan ham Qrimning o’z tarkibiga qo’shib olinishi ortidan Rossiyani muvozanatlashtiradigan kuch sifatida AQSh bilan munosabatlarni saqlab qolish muhimdir.   

Turkiya Yevroosiyoning muhim davlatlaridan biri bo’lgan Ukraina, Belarus, O’zbekiston va Qozog’iston bilan bo’lgan munosabatlarini rivojlantirgan holda mintaqadagi o’rnini yana da mustahkamlamoqda. Mintaqa xalqlari bilan til topisha olishlik butunlay mintaqaning foydasiga. Prezident Erdo'g’anning bu yil Ukraina va Belarusga tashrif uyushtirishi, Qozog’iston va O’zbekiston liderlarini Turkiyada mehmon qilishi bunga xizmat qiladi.  


Tanlangan kalimalar: #Mike Pompeo , #C5+1

Aloqador xabarlar