O'zbekistondan xabarlar 42-qism

Buxoroda Turkiya tibbiyot fanlari universitetining tibbiyot fakulteti va oliy maktabi ochildi.

1289621
O'zbekistondan xabarlar  42-qism

 

Buxoroda Turkiya tibbiyot fanlari universitetining tibbiyot fakulteti va oliy maktabi ochildi.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshida Turkiya Respublikasi Tibbiyot fanlari universitetining tibbiyot fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabi ochildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali marosimda Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mexmet Surayyo Er, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov, Turkiya Respublikasi Tibbiyot fanlari universiteti rektori Javdat Erdol va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirda so’z olgan O’zbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov, mamlakatda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish, sohaning huquqiy asoslari va tibbiy muassasalar moddiy -texnika bazasi mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi. Shodmonov, o’z nutqida shunday dedi:

Turkiya Tibbiyot fanlari universiteti rektori Javdat Erdol, tadbirda so’zga chiqib, tibbiyot ilmining sultoni yurti bo’lgan Buxoro bilan hamkorlik qilayotganliklaridan baxtiyor ekanliklarini ta’kidlab, Turkiya Tibbiyot fanlari universitetining birinchi marta O’zbekistonda tibbiyot fakulteti ochganligini ma’lum qildi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori professor Amrulla Inoyatov tadbirda so’z olib, tibbiyot fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabida jami 146 talaba O’zbek va Turk tillarida ta’lim olishini aytar ekan, mazkur o’quv maskanlarining O'zbekistonda tibbiyot va sog'liqni saqlash sohalarining yanada rivojlanishiga hissa qo'shishiga ishonishini bildirdi.

Elchi Er, qadimgi Buxoroda - Ibn Sino tug'ilgan shaharda Ibn Sino nomi berilgan o'quv markazining ochilishidan mamnun ekanligini ta'kidlab,

tibbiyot fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabining Buxoroda ochilishining ikki davlat aloqalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishiga urg’u berdi. Er, jumladan shunday dedi:

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O'ktam Barnoyev soʻzga chiqdi.

Marosim oxirida Erdol va Inoyatov qasamyod qabul qilgan talabalar bilan birgalikda suratga tushishdi.

Turkiyaning Tibbiyot fanlari universitetining Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi tibbiyot fakultetida oʻqish olti yillik boʻlib, bu yerda davolash mutaxassisligi boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi. Uch yillik malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabida esa sogʻliqni saqlash muassasalariga shifokorlar yordamchilari boʻladigan birinchi shoshilinch yordam, fizioterapeya va anesteziologiya yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar yetkazib beriladi.

Shu yilning 16-oktabr kuni Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 12-hamkorlik forumida ishtirok etdi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ko‘p tomonlama format doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va ko‘p qirrali muloqotning mazkur mexanizmini mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Tashqi İshlar Vaziri Abdulaziz Komilov, forumda so‘zlagan nutqida, mazkur format faoliyatiga ko‘proq aniqlik beruvchi va barcha ishtirokchi davlatlar manfaatidan kelib chiqqan holda mintaqa mamlakatlari iqtisodiyoti va sanoat salohiyatining barqaror o‘sishiga xizmat qiluvchi maqsadli loyiha va dasturlarni amalga oshirish zarurligini qayd etdi.

Komilov, Janubiy Koreyaning texnik standartlash, suv resurslarini boshqarish, startap-loyihalarni rivojlantirish jabhalaridagi innovatsion ishlanmalarini o‘rganish va joriy etish, yoshlar siyosati va gender tenglik sohalarida tajriba almashish Markaziy Osiyoning barcha davlatlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari forum qatnashchilariga 4-oktabrda Prezident farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekistonning 2019-2030-yillarda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha strategiyasining maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi va shu nuqtayi nazardan O’zbekistonning ishlab chiqarishga ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohalaridagi tajribasini o‘rganish, mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini e’tirof etdi.       

Shu yilning 16-oktabr kuni “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 12-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Nur-Sulton shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva bilan uchrashdi.

Vazirlar joriy yil 18-21-aprel kunlari Prezident Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari doirasida erishilgan ko‘p qirrali kelishuvlarni bajarishning borishini ko‘rib chiqdilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning o‘suvchan ahamiyati mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda, 2019-yilning birinchi yarmida ikki davlat o’rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 1,8 milliard dollarni tashkil qilganligi va bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatgichdan 75 foizga ko‘p ekanligi ma’lum qilindi.

Uchrashuvda qo‘shma investitsiya hamda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish mexanizmlari, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi jabhalaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

         

 



Aloqador xabarlar