Bugun 21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni

Har yili sobiq Sovet ittifoqi tarkibidagi davlatlar bilan Turkiyada 21-sentabr “Xalqaro tinchlik kuni” deb nishonlanmoqda.

1273833
Bugun 21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni

Bugun 21-sentabr. Har yili bo’lganidek bu yil ham huddi shu kuni butun dunyo, “Xalqaro tinchlik kuni”ni nishonlaydi. Gitler Germaniyasi tomonidan Polshaga urush e’lon qilingan kun har yili sobiq Sovet ittifoqi tarkibidagi davlatlar bilan Turkiyada 21-sentabr “Xalqaro tinchlik kuni” deb nishonlanmoqda.

Ikkinchi Jahon urushining ayanchli oqibatlaridan keyin urushning oldini ilish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi. Bu orqali umumiy olib qaraganda bir necha urushning chiqishi va yoyilishiga monelik qilindi lekin vaqt-vaqti bilan to’qnashuvlar, urushlar ham bo’ldi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilar ekan tenglik printsipidan mahrum bo’lgandek tashkilot tarkibidagi 5 ta davlat uning xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi deb e’lon qilindi. Bunga qarshi dunyonnig bir necha davlati e’tiroz bildirishiga qaramay ular buguni kungacha Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi sifatida ish olib bormoqda. Eng yomoni Falastin muamosida bo’lganidek mazkur 5 a’zodan birining monelik qilishi orqali mushtarak qarorlarni qabul qilish imkonsiz holga aylandi. Shuning uchun ham Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning, “Dunyo beshdan katta emasdir” degan so’zlari oxirgi yillarda insoniyat tomonidan yana-da qo’llab-quvvatlana boshladi. Umid qilamizki butun dunyo tinchligini saqlashda katta va alohida o’ringa ega bo’lgan BMT teng huquqli va betaraf tuzilishi, faoliyatlari bilan dunyo tinchligiga ulkan hissa qo’shadi.

21-sentabr Xalqaro tinchlik kunimiz qutlug’ bo’lsin.  

 



Aloqador xabarlar