O'zbekistondan xabarlar 13-qism

Amerika Qo'shma Shtatlari o`zbek paxtasini sotib olishga qo`yilgan taqiqni bekor qildi.

1172559
O'zbekistondan xabarlar 13-qism

 

 

Amerika Qo'shma Shtatlari o`zbek paxtasini sotib olishga qo`yilgan taqiqni bekor qildi.

AQSh o`zbek paxtasini majburiy mehnat yoki bolalar mehnatidan foydalanib ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro`yxatidan o`chirdi.

AQSh Mehnat vazirligi o`zbek paxtasini AQSh federal organlariga majburiy mehnat yoki bolalar mehnatidan foydalanib tayyorlangan tovarlarni sotib olishni taqiqlovchi prezident aktining 13126-sonli ijro buyrug`i ro`yxatidan chiqardi.

Bu haqdagi ma`lumot 25 mart kuni vazirlikning Xalqaro mehnat masalalari byurosi tomonidan e`lon qilindi.

O`zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta ro`yxatga 2010 yilda kiritilgan edi.

O`zbek paxtasini ro`yxatdan chiqarish to`g`risidagi masala Amerika mahkamasi tashabbusi bilan o`tgan yilning iyulida jamoatchilik muhokamasiga qo`yilgan edi.

AQSh idorasi "Cotton Campaign" xalqaro koalitsiyasi va Xalqaro mehnatkashlar huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro forum tomonidan taqdim etilgan xulosalarini tahlil qildi. Shuningdek, Vashingtondagi O`zbekiston diplomatik missiyasi rasmiy ma`lumotlari taqdim etildi. 

"AQSh hukumati departamentlari mavjud ma`lumotlar va etib kelayotgan axborotlarni batafsil o`rganib chiqib, O`zbekistondagi paxta hosilini etishtirishda bolalarning majburiy mehnatidan foydalanish sezilarli darajada kamayganiga va bolalar mehnati faqat ayrim holatlarda kuzatilgan, degan xulosaga keldi. Shuning uchun endi bu mahsulot mazkur ro`yxatida qolishi uchun asos yo`q", — deyilgan AQSh Mehnat departamenti bayonotida.

Amerika idorasining O`zbekiston paxtasini mazkur ro`yxatdan chiqarish qarori respublika bilan hamkorlikni osonlashtirib, barcha AQSh davlat idoralariga paxtani sotib olish imkoniyatini beradi.

2018 yil sentyabrida AQSh Mehnat vazirligi o`zbek paxtasini bolalar mehnatidan foydalanib tayyorlangan mahsulotlar ro`yxatidan chiqargan edi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo`lgan kelishuvlarga erishildi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-26 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida Abu Dabi va Dubay shaharlarida Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o`tkazdi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum o'rtasida bo`lib o`tgan uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalari muxokama qilindi.

Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Shavkat Mirziyoyevni samimiy qutlab, mamlakatlar o`rtasida erishilgan kelishuvlardan mamnun ekanini ta`kidladi. Dubay amiri o`z taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqqan O`zbekiston bilan ko`p qirrali aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ko`rsatilgan mehmondo`stlik va istiqbolli qo`shma loyihalar qo`llab-quvvatlanayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi hamda O`zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari, jumladan, Dubay amirligi bilan do`stlikka asoslangan munosabatlarni mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi.

İshonch ruhida o`tgan suhbatda qator sohalarda sheriklik va tajriba almashishni kengaytirish yo`llari, turli darajalarda yangi aloqalar o`rnatish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralardan so`ng tomonlar o'rtasida qo`shma investitsion kompaniya tashkil etish to`g`risida shartnoma, Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish va zamonaviy agroklaster tashkil etish to`g`risida bitimlar, qishloq xo`jaligi va logistika sohalarida hamkorlik qilish bo`yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida shuningdek Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.

Tashrif doirasida Abu-Dabi shahrida O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari rasmiy delegatsiyalarining keng va tor doiradagi muzokaralari bo`lib o`tdi.

Tashrif doirasida O`zbekiston bilan Birlashgan Arab Amirliklari o`rtasida investitsiyalar, moliya, muqobil energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo`jaligi, bojxona ma`muriyatchiligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik bo`yicha umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo`lgan kelishuvlarga erishildi. 

O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga e'tibor kuchaytiriladi.

Milliy matbuot markazida o`tkazilgan anjumanda O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari muxokama qilindi.

O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mamlakatda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi ijrosi, shuningdek, mazkur sohaning yana bir yo`nalishi bo`lgan ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xaqida ma'lumot berildi.

Matbuot anjumanida so'z olgan O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining ziyorat va arxeologik turizmni rivojlantirish sektori bosh mutaxassisi Saidkomil Xolxo`jaev, mamalakatda ziyorat turizmini rivojlantirish orqali boshqa mamalakatlardan kelayotgan turistlar oqimini ko'paytirish imkonlari haqida so'zlab berdi.

Xolxo`jaev, mamlakatga tashrif buyurgan mehmonlarga to`liq ma`lumot berish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi "Ziyorat turizmi gidlari" klubini tashkil qilinganligini aytar ekan, klubning faoliyati gidlarning malakasini oshirishga, shuningdek, ularning ziyorat turizmga tayyorgarligiga qaratilishini ta'kidladi.

Xolxo`jaev, dunyoda ziyorat turizmi bo`yicha sayohat qiladiganlar soni yildan yilga oshib borayotganligini aytar ekan, 2017 yilda musulmon sayyohlari 131 million kishini tashkil qilganligini va bundan 142 milliard dollar daromad ko'rilganligini, 2026 yilda esa ziyorat turizmi aylanmasi 300 milliard dollarni tashkil qilishi mumkinligini bildirdi.

Saidkomil Xolxo`jaev, O'zbekistonda ziyorat turzmini rivojlantirish masalasida jumladan shunday dedi:

           

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Xabarlar

Aloqador xabarlar