Tarixda bugun 15.02.2019

Bugun milodiy hisob bilan 2019-yil fevral oyining on beshinchi kunidir.

1146226
Tarixda bugun 15.02.2019

Miloddan avvalgi 399-yilning 15-fevrali kuni ahloq-odob falsafasining asoschisi deb qabul qilingan qadimgi yunon falsafasining eng yuksak namoyondalaridan biri Sokrat, yunon xudolariga qarshi chiqqani uchun o’limga mahkum qilindi.

Kamtarin, yomon odatlardan iroq va falsafadan boshqa hech narsa bilan ovora bo’lmaganligi aytilgan Sokrat, talabasi Platon bosh bo’lish bilan birga yunon yoshlari orasida katta ta’sir uyg’otkan. U shunday ta’sir uyg’otkanki buning natijasida yunon yoshlari yalang oyoq yurib, sochlarini uzatib, ochlik ichida Sokratni taqlid qila boshlagan.  

Sokratning o’limi ortidan uni yodga olish maqsadida bir necha asar qalamga olinganidek, bir maktab ham tashkil topdi. Ulardan “Megar maktabi”, “Kiniklar maktabi”, “Elida-eretriya maktabi”ni aytish mumkin. Mazkur maktablar Sokratning, ham hulq-atvori ham da tushunchalaridan katta ta’sirlangan desak munolag’a bo’lmaydi.  

 

***

1914-yilning 15-fevrali kuni taniqli qozoq aktyor va rejissyor Shaken Aymanov dunyoga keldi. U 1933-yili Almatidagi Qozoq drama teatrida aktyorlik kariyerasini boshladi. 1947-yildan 1951-yilgacha Qozoq teatrida rejissyorlik qildi. “Qozoq film” kinostudialarining asoschisi bo’lgan Aymanov, ko’proq g’arb klassik adabiyotining qahramonlari obrazini yaratib, u rejissyorlik qilgan kinolar qozoq kinosining klassik asarlariga aylandi.    

 

***

1989-yilning 15-fevrali kuni Sovet ittifoqining 9 yil davom etgan Afg’oniston ishg’oli, ittifoq askarlarining Afg’oniston tuproqlaridan olib chiqilishi natijasida o’z yakuniga yetdi. Afg’onistondagi kommunist hukumatning, afg’on mujohitlariga qarshi Sovet askarlarini mamlakatga taklif qilishi bilan boshlagan ishg’ol jarayoni davomida, qariyb 15 ming Sovet askari va bir millionga yaqin Afg’oniston fuqarosi jon berdi.

Ishg’ol davomida afg’on mujohitlar Amerika, Angliya va Pokiston tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Urush ortidan ichki barqarorlikni ta’minlash judayam qiyin kechdi va mamlakatda ichki urush 20 yildan ortiq vaqtdan beri davom etmoqda.  

 

***

PKK terror tashkilotining lideri Abdullah O’jalan Nairobida Keniya xavfsizlik kuchlari tomonidan qo’lga tushirilar ekan 1999-yilning 15-fevrali kuni Turk xavfsizlik xodimlariga topshirilib, Turkiyaga olib kelindi. Askar, politsiya xodimi, tinch aholi jami 30 000 dan ortiq insonning umriga zomin bo’lgan terroristlarning lideri O’jalan, vatanga xiyonat va qurolli terror tashkiloti tashkil etish aybi ustidan Sudga tortilib, o’limga mahkum qilindi. Lekin Yevropa ittifoqining tegishli qonunlariga muvofiq jazosi og’irlashtirilgan ravishda, umrbot qamoq jazosiga aylantirildi. Bugungi kunda u, Imrali qamoqxonasida o’z jazosini o’tamoqda.   

 

 

 



Aloqador xabarlar