O'zbekistondan xabarlar – 04

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-22 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo'ldi.

1131521
O'zbekistondan xabarlar – 04

 

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-22 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo'ldi.

Shavkat Mirziyoyev, Germaniyaga tashrifi doirasida Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Germaniya Federal kantsleri Angela Merkel xamda Germaniya Bundestagi Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Mirziyoyev, Frank-Valter Shtaynmayer bilan bo’lgan uchrashuvda, O`zbekiston bilan Germaniya o`rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, o`zaro manfaatli sohalardagi aloqalarni ikki va ko`p tomonlama asosda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. 

Tomonlar bundan buyon ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qo`llab-quvvatlashda davom etajagini bildirdi. 

Uchrashuvda Mirziyoyev, "Markaziy Osiyo + Germaniya" formatida muloqotlarni yo`lga qo`yish taklifini ilgari surdi.

Uchrashuvda Shtaynmayer joriy yilning may oyida O`zbekistonga tashrif bilan borishini tasdiqladi.

Shavkat Mirziyoev, Germaniyaga tashrifi doirasida Federal kantsler Angela Merkel bilan uchrashdi.

Uchrashuvda asosiy e`tibor savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratildi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik asosiy masalalar bo`yicha pozitsiyalar o`xshash va yaqinligi qayd etildi.

Uchrashuvda, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalasiga, jumladan, Afg`oniston muammosini hisobga olgan holda e`tibor qaratildi.

Merkel, Mirziyoyev rahbarligida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va jamiyatni yanada demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. O`zbekistonning Markaziy Osiyoda do`stlik va o`zaro ishonch muhitini yaratish, ko`p yillik bahsli masalalarni tinchlik yo`li bilan hal etish va mintaqani global iqtisodiyotga integratsiya qilish bo`yicha yangi mintaqaviy siyosatini olqishladi. 

Mirziyoyev, Germaniya hukumatiga Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishdagi ko`magi uchun minnatdorlik bildirib, rasmiy Berlinni Orolbo`yi uchun ko`p sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Shu kuni Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi Raisi Volfgang Shoyble bilan ham uchrashdi.

Mirziyoyev, O`zbekiston bilan Germaniya o`rtasidagi hamkorlikni huquqiy jihatdan qo`llab-quvvatlash, ikki davlat xalqlari manfaatini ta`minlashda parlamentlar muhim o`rin tutishini ta`kidladi. 

Bundestag Raisi O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida ro`y berayotgan o`zgarishlarni yuqori baholadi. 

Mirziyoyev, shuningdek Bundestag binosini ko`zdan kechirdi. O'zbekiston delegatsiyasiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida so`zlab berildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kunning o`zida Myunxen shahriga tashrif buyurib, Bavariyada o`qiyotgan, ishlayotgan o`zbekistonlik yoshlar bilan muloqot qildi.

Mirziyoyev, shuningdek Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning etakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashdi.

          O`zbekistonda kapitali 1 milliard dollar miqdorida bo`lgan to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar jamg`armasi tashkil etiladi.

O’zbekiston Prezindenti Shavkat Mirziyoyev, 2017−2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risidagi farmonni imzoladi.

Farmon bilan O`zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`lari hisobidan shakllantiriladigan 5 million dollar miqdoridagi ustav kapitaliga ega, aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi, davlat ulushi 100 foiz bo`lgan O`zbekiston Respublikasi to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar jamg`armasining boshqaruv kompaniyasi tashkil etiladi.

Respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga, shuningdek, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga to`g`ridan - to`g`ri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb etish, xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o`zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yo`lga qo`yish orqali investitsiya faoliyatini rag`batlantirish va rivojlantirish, investitsiya takliflarini baholash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, investitsiya muhitini yaxshilashga, shuningdek, respublikamizning investitsiya salohiyati va imkoniyatlarini xorijda keng targ`ib qilishga ko`maklashish jamg`armaning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Mazkur xujjatga asosan, investitsiya loyihalari boshqaruv kompaniyasi tomonidan investitsiya uchun ustuvor sohalar, iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va samaradorlik hisobga olingan holda mustaqil ravishda tanlab olinadi.

Bir loyiha bo`yicha jamg`arma investitsiyalarining eng ko`p miqdori ushbu loyihaga kiritilishi rejalashtirilayotgan investitsiyalar umumiy hajmining 30 foizidan oshmasligi lozim, qolgan qismi investorlarning o`z mablag`i va jalb qilingan mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Jamg`arma va boshqaruv kompaniyasi faoliyatini muvofiqlashtirish O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi.       

O'zbekistonda 2019 yil 1 martdan boshlab xorijiy investorlar uchun muddati uch yilni tashkil qiladigan "investitsiya vizasi" joriy etiladi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan 2017−2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risidagi farmonga asosan, xorijiy investorlar va ularning oila a`zolari uchun keyinchalik amal qilish muddatini uzatish mumkin bo'lgan uch yillik "investitsiya vizasi" joriy etiladi.

Mazkur tatbiq 1 Martdan boshlab kuchga kiradi.

Farmonga asosan shuningdek O`zbekistonga 3 million dollardan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga O`zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.

O`zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki "investitsiya vizasi"ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a`zolari O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta`lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo`ladi.         

O'zbekistonda "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi faoliyati tashkil etiladi.

O'zbekistonda "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi qaroriga muvofiq, "Termiz" erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlar chegaralari belgilandi.

Xujjatga mufoviq shuningdek "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasining tashkiliy-huquqiy tuzilmasi ta`sis etildi.

Shuningdek, qaror bilan direktsiyaning asosiy ta'sischisi etib "Surkhan Global Trade" ma'luliyati cheklangan jamiyat belgilandi.

Mazkur mas`uliyati cheklangan jamiyat "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi hududida faol investitsiya siyosatini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi.

         

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #So'nggi yangilklar

Aloqador xabarlar