Kun tahlili 4-qism

Biz umr surgan davrni nima deb atash mumkin?

1131341
Kun tahlili 4-qism

Globallashuv jarayonlaridan qoniqarli darajada yutuqqa erisholmagan G’arb, bundan vozmi kechmoqda? Safar, xalq-davlat hokimiyati tomonmi? Zamonaviylashish dardida oilaning parchalanishi va qadriyatlarning eroziyaga uchrashi oqibatida bir o’zi yashagan odam bolasi bundan ham battarroq parchalanish arafasidami? Sun'iy aql yaratish faoliyatlari odamzotning oxirimidir? Bundan buyon urushlar yer yuzida emas kosmosda bo’ladimi? Eng qizig’i globallashishdan keyingi jarayon. Undan keyinchi? Undan keyin nima bo’ladi, bizni nimalar kutyapti? Dunyomiz qayerga qarab ketyapti? Biz umr surgan davrni nima deb atash mumkin?

Poytaxt Anqaradagi, “Yildirim Beyazit” nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani prfessor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Ijtimoiy fanlar sohasida, vaqti-vaqti bilan qanday dunyoga qarab ketayotganligimiz haqidagi teorialar vujudga keladi. Ular ustidan, kelajakni yana-da yaxshiroq tushunish uchun fikr yuritilib, tahlillarga o’rin beriladi. Mazkur teorialar har doim ham gunohsiz va o’zidan-o’zi vujudga kelgan teorialar hisoblanmasligi mumkin. Shuningdek, ba’zi teorialar har sohada to’g’ri va aniq tushuntirib berish kuchiga ega ham emasdir. Kamiga ular turlicha tanqid qilinishiga qaramay ma’lum ehtiyoj yuzasidan tug’iladi va albatta ma’lum darajada o’zini tushuntirib berish kuchiga ham egadirlar.

Bunga qaramay odam bolasi erishgan jadallik, bu teorialarning foydalanish jarayonini judayam toraytirib yubormoqda. Aloqa va axborot texnologiyalaridagi o'zgarishlar inson psixologiyasi va vaqt tushunchasini tubdan o’zgartirib yubordi. Shunday ekan, nima demoqchi ekanligimizni yana-da yaxshi tushunish uchun, oxirgi yarim asrda, nihoyatda maqul ko’ringan va bizda katta hayajon uyg’otgan teorialarni bugunga kelib qanchalik tez tugatganligimizni eslasak yomon bo’lmasdi.

Bundan 69 yil muqaddam, 1950-yillarda, Daniel Bell tomonidan “Ideologiyaning yakuni” e’lon qilinganida, bu e’lon butun dunyoda duv-duv gap bo’lgandi. Ortidan Paul Virillo, geografiyaning oxirini e’lon qilgandi. Yaqin tarixda, 1992-yili ham Francis Fukuyama, “Tarixning oxiri”ni e’lon qilganida, Daniel Bellning e’lonidan ham ko’proq duv-duv gap bo’ldi. Huntington tomonidan 1993-yili qalamga olingan “Madaniyatlar to’qnashuvi” tezisi, bugungi kunda ozroq muhokama qilinmoqda. Eng oxiri e’lon qilingan va Kenichi Ohmae tomonidan 1996-yili e’lon qilingan “Xalq, davlatining oxiri” deb nomlangan tezis esa judayam tez unitilgandek. Chunki u haqida bugun hech kim gapirmayapti. 

O’tmishdagi buyuk iddio va ideologiyalar bugungi kunga kelib hech kimni ortidan ergashtirolmayapti. Vatan himoyalari yoki bosib olish tashabbuslari asta-sekin xususiy xavfsizlik firmalariga topshirilmoqda. Yuqorida ifoda etilgan va bir yakunni ko’rsatgan tezislarga ham qiziqish qolmadi. Holbuki vatanni himoya qilish uchun insonlar o’z jonidan kechardi ilgari.

Bugungi kunda biz yashayotgan davrning qanday nomlanishi ustidan faoliyatlar olib borilmoqda. Maqolamning boshida men ifoda etgan savollar, yangi davr insonlari tomonidan tushinishga harakat qilingan masalalarning umumiy doirasini o’rtaga qo’ymoqda.

Yangi davrni fikriy yoki prinsipial asos ustidan nomlash faoliyatlari to’g’risini aytganda afsuski shunchaki yaxshi umid, yaxshi ishonchdek tuyulmoqda. Biz yashagan davr va uning davomi yana-da qadriyatlar asosidagi teorilar bilan ifoda etilsa nur ustiga nur bo’lardi. Huddi, intellektuallik, prinsipiallik tugagan yangi davrga qarab yo’l olayotgandekmiz. Yanga davr tomon deyolmayapman chunki bundan buyon hech qaysi o’zgarish biz kutgandek uzoq davom etmayotganligini ko’rib turibmiz.

Qadriyatlar eroziyaga uchragandek. Prinsipiallik, fazilat, himmat, bo’lishish, adolat kabi tushunchalar unitila boshladi. Bu tushunchalar modadan qolgan degan ko’z qarashdagi yangi davrga qarab ketmoqdamiz. Mazkur davrni ham bir yakun degan tushuncha bilan ifoda etadigan bo’lsak unda “qadriyatlar yakuni” deb atasak mubolag’a bo’lmasa kerak. Mamlakat va tashkilotlar o’zlarini ifoda etish uchun qonuniy ko’rinishga, huquqiy zaminda faoliyat olib borishga harakat qilishga yana-da kamiroq ehtiyojlari bordek his qilmoqda o’zlarini.  

 

BMT

Ikkinchi Jahon urushi ortidan Xalqlar jamiyati o’rnini olgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining ishlash muddati tugagandek. Suriya, Myanma, Qrim, Ukraina kabi urush maydonlari borasida hech nima qilinmasligi, doimiy a’zo bo’lgan besh davlatning manfaatlaridan tashqari hech nima ustidan faoliyat olib bAorilmasligi, MBTning insonlar ongida o’z qadrini yo’qotgan muhim sabablardan biridir.

BMT ma’lumotiga ko’ra dunyoda qariyb 70 million muhojir boshpana topishga, jon saqlashga harakat qilmoqda. Bu nisbat Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng yuqori raqam hisoblanadi. BMTning bu borada kerakli faoliyatni amalga oshirganligi yoki BMT tomonidan ziyon yetkazganlarni to’xtatish, mazlumlarga yordam berish haqida nimalardir eshittingizmi?

Bir inson, bir mamlakat yoki tashkilot tanqid qilinishi mumkin lekin eng yomoni ulardan hech nima umid qilmaslik.

 

YI

Yevropa ittifoqi asosan bir –biri bilan ikki marotaba urushgan va bu urushga butun dunyoni sherik qilgan davlatlarninig, ma’lum qadriyatlari yo’lida urushni oldini olishni, tinchlikni, hamkorlikni, bo’lishishni, yordamlashishni orttirishni maqsad qilgan ittifoq edi. Bugungi kunga kelib hech kim YIning qadriyatlar birligi ekanligi haqida gapirmayapdi. Dunyodagi demokratik davlatlarda hukmronlikni bo’lishishgan irqchi partiyalar YI davlatlarida o’rin olgan desam mubolag’a bo’lmaydi. Muhojirlik, islomofobiya va antisemitizm judayam qo’rqinchli nuqtaga yetib kelgan shu kunlarda, ibodotxonalarga eng ko’p YI tarkibidagi davlatlarda hujum qilinmoqda. Yevropa ittifoqi, o’tmishda, o’z hududining tinchligi, farovonligi, inson huquqlari va demokratiyaga ko’p hissa qo’shgan. Lekin bugungi kunda YI, YIga murojaat qilgudek bo’lsa, o’z kriteriylaridan iroq bo’lganligi bois a’zo sifatida YI tarkibiga olinmaydigan darajada. Muhojirlar ustidan olib borgan siyosati bo’yicha ittifoq uchun qirg’oqdan topilgan suriyalik Aylanning jasadi emas, YI muhimroqdir.

Eng yomoni demokratiya va erkinlik sohalari borgan sayin toraymoqda. Ko’pchilik va erkin gapirganlar ovozi asta sekin pasayib bçlj..öçhg,mş ç  mormoqda. Yevropa jadal ravishda ikkinchi jahon urushidan oldingi davrga qaytayotgandek. Bunga qarshi Yevropa ittifoqini bu iqlimdan chiqara oladigan, mazkur iqlimga o’zini topshirib qoymagan, bir yoki ikki kishidan boshqa siyosiy liderlik yo’qdek.

Global miqyosda qanday qadriyatlar bilan prinsiplarni qo’ldan boy berayotganligimiz haqida kelasi yana gaplashamiz. Ungacha omon bo’ling azizlar.

 

Poytaxt Anqaradagi, “Yildirim Beyazit” nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani prfessor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar