O'zbekistondan xabarlar 42-qism

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O`zbekistonga tashrif buyurgan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar

1068931
O'zbekistondan xabarlar  42-qism

 

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O`zbekistonga tashrif buyurgan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar mudofaa vazirlarini qabul qildi.

Bu haqda O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Rossiya, Tojikiston Mudofaa vazirlari, Qirg`iziston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig`i va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Mudofaa vazirlari kengashi kotibi ishtirok etdi.

Mirziyoyev, delegatsiyalar rahbarlarini qutlar ekan, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Mudofaa vazirlari kengashining majlisi ilk bor Toshkentda o`tkazilayotgani O`zbekistonning Hamdo`stlik faoliyatidagi ishtiroki yangi bosqichga ko`tarilganidan dalolat ekanini mamnuniyat bilan ta`kidladi.

Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi doirasida harbiy va harbiy - texnik hamkorlikni, jumladan, idoralararo sheriklikni yanada kengaytirish, ikki va ko`p tomonlama tadbirlar o`tkazish, professional harbiy kadrlarni tayyorlash masalalari ko`rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosat, xususan, xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi mamlakatlari mudofaa idoralari rahbarlari O`zbekiston prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, o`z davlat rahbarlarining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O`zbekiston Qurolli Kuchlarini modernizatsiya qilish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar, shuningdek, mamlakatning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta`minlashga doir tashabbuslariga yuksak baho berildi.

Mudofaa idoralari o`rtasida tomonlarni qiziqtirayotgan masalalar bo`yicha konstruktiv va o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.

 

          O`zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari 2019 yilda harbiy hamkorlik rejasi hamda ikki davlat harbiy aviatsiyasi uchun havo kengliklaridan foydalanish to`g`risidagi bitimni imzoladi.

12 oktyabr kuni O`zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuv o`tkazdi.

Bu xaqda O'zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda tomonlar mudofaa sohasida O`zbekiston - Rossiya hamkorligi holati va istiqbollari masalalarini muhokama qildi, harbiy - texnik yo`nalishlarda o`zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo`yicha fikr almashildi.

Abdusalom Azizov rossiyalik hamkasbi bilan muloqotda Rossiya harbiy mutaxassislari bilan qo`shma tadbirlarni o`tkazish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlab o`tdi. Uning so'zlariga ko'ra, 2017 yilning oktyabrida "Forish" poligonida O`zbekiston-Rossiya harbiy mashg`ulotlarining o`tkazilishi o`zaro manfaatli aloqalarning boshlanishiga yangi turtki berdi.

O'z navbatida Sergey Shoygu, Rossiya O`zbekistonni Markaziy Osiyoda, jumladan xavfsizlik sohasida, strategik sherik sifatida ko`rishini ta`kidladi.

Uchrashuv yakunida O`zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari 2019 yilda harbiy hamkorlik rejasini hamda ikki davlat harbiy havo kemalari uchun O`zbekiston va Rossiya havo kengliklaridan foydalanish to`g`risidagi hukumatlararo bitimni imzoladi.

          Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlat Mudofaa vazirlari kengashi yig`ilishi bo'lib o'tdi.

Kengash yig'ilishida Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Ozarboyjon, Qirg`iziston, Tojikiston va O`zbekiston respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig`ilishda Markaziy Osiyodagi vaziyat, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish yo`lidagi ustuvor vazifalar, Hamdo`stlikka a`zo mamlakatlar o`rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish, radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyatni baholash hamda nazorat qilishda birlashgan tizimning istiqbollari muhokama qilindi.

Mudofaa vazirlari yig'ilishida shuningdek xalqaro terrorizmga qarshi kurash choralarini ko'rib chiqildi.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatga baho berildi xamda xalqaro terrorizmga qarshi kurashish bo`yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlat Mudofaa vazirlari kengashi yig`ilishi  nihoyasida harbiy aviatsiya parvozlari, qurolli kuchlarning topogeodezik, meteorologik va axborot ta`minoti bo`yicha hamkorlik borasida qarorlar qabul qilindi.

          O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif buyurgan İqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston - Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomoni raisi o`rinbosari, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinni qabul qildi.

Bu haqda O`zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Maksim Oreshkinni O`zbekistonga tashrifi bilan qutlar ekan, mamlakatlar o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta`kidladi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi prezidentining O`zbekiston Respublikasiga rejalashtirilayotgan davlat tashrifining iqtisodiy kun tartibi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Maksim Oreshkin, samimiy qabul uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedevning ezgu tilaklarini yetkazdi.

İkki mamlakat o`rtasidagi keng ko`lamli va o`zaro manfaatli amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan o`zaro manfaatdorlik mavjudligi ta`kidlandi.

         

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekistan , #So'nggi , #Yangiliklar

Aloqador xabarlar