Turkiya tashqi siyosatiga nazar 38-qism

Suriya urushi tufayli paydo bo’lgan tahlikalar nafaqat Turkiya-AQSh munosabatlariga, balki Rossiya, Eron va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning ham mintaqaga bo’lgan ko’z-qarashiga ham ta’sir ko’rsatdi.

1052808
Turkiya tashqi siyosatiga nazar 38-qism

                  

Turkiya diplomatiyasi global va mintaqaviy maydonda juda harakatchan davrni boshidan o’tkazmoqda. Mintaqaviy va global o’zgarishlar Turkiya tashqi siyosati uchun bir tomondan tahlikalarni o’z ichiga oladigan bo’lsa, bir tomondan turli imkoniyat va fursatlarni keltirib chiqarmoqda. Dasturimizning bugungi sonida tahlikalar va imkoniyatlar jihatidan Turkiya tashqi siyosatini ko’zdan kechiramiz.

Turkiya oxirgi haftalarda tashqi siyosatda kutilmagan serharakatlilikni boshidan o’tkazayotganligi barchamizga ma’lum. Global miqyosda, qolaversa mamlakat tevaragida ro’y berayotgan hodisalar, siyosiy va iqtisodiy tahlikalar bilan bir qatorda katta imkoniyatlarni ham paydo qildi. Bu xususni yuzaga keltirgan asosiy omil AQSh hukumatining qilmishlari ekanligi oshikor. AQSh prezidenti Donald Trampning barcha tomonidan tanqid qilingan qarorlari sobiq ittifoqdoshlari bilan bo’lgan munosabatlariga va hamkorlik faoliyatlariga zarar bermoqda. Buning ikki sababi borligini aytish mumkin. Turkiya chegaralari hududida azaldan beri missionerlik faoliyatlarini olib borgan va FETO terror tashkiloti bilan aloqadorlikda ayblanib qo’lga olingan rohib Brunson ishi tufayli AQShning Turkiyaga nisbatan munosabati o’zgardi.

Bundan tashqari, Turkiyaning Suriyada terror tashkiloti PKK/YPG tashabbuslarini oldini oluvchi faoliyatlari ham Vashingtonning munosabatini o’zgartirdi. Suriya urushi tufayli paydo bo’lgan tahlikalar nafaqat Turkiya-AQSh munosabatlariga, balki Rossiya, Eron va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning ham mintaqaga bo’lgan ko’z-qarashiga ta’sir ko’rsatdi. Bu esa, tomonlar o’rtasidagi taranglikni yanada avj oldirmoqda. Turkiyaning boshidan o’tgan muammolar milliy xavfsizlik tashvishlari va boshqa global hamkorlar o’rtasidagi diplomatik muvozanatni saqlash majburiyatini taqazo qiladi.

Bu jarayonda AQSh bilan Turkiya o’rtasida ro’y bergan inqirozdan keyin turk lirasining qiymat yo’qotishi Turkiyaning har tomonlama daxanaki jang panjasida ekanligini yaqqol sezish mumkin. Zero, Turkiya iqtisodiyotida ro’y berayotgan o’zgarishlar mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligiga qaratilgan tahlikalarga zamin yaratadi.

Bu muammoli vaziyat oldida Turkiyaning 2-jahon urushidan keyin yo’lga qo’yilgan xalqaro aloqalari ham sarhisob qilina boshladi. Chunki, NATO ittifoqdoshi bo’lgan AQSh va Yevropa davlatlari Turkiya bilan asosiy global ittifoqni baham ko’rgan hamda bir qator xalqaro tashkilotlar va shartnomalarga qo’l qo’ygan tomonlardir. Bunga qaramay, FETO va PKK terror tashkilotlariga qarshi kurashda bu davlatlarning Turkiyani yetarlicha qo’llab quvvatlamaganligi va xatto unga qarshi faoliyat yuritishi, oxirgi iqtisodiy inqirozlarda AQShning ko’rsatgan munosabati, Turkiyani bu ittifoqdoshlikni qayta ko’zdan kechirishga undaydı.

Suriyadagi urush mobaynida Turkiya duch kelgan tahlikalarga qarshi NATO panohi sifatida ta’riflangan havo mudofaa sistemasining Turkiyani himoya qilish uchun hayotga tadbiq etilmaganligi va ortidan Turkiyaning Rossiyadan talab qilgan S-400 zenit raketa tizimlari amerikalik va yevropalik ittifoqdoshlar bilan munosabatlarga darz ketishiga olib keldi.

Mintaqada avj olgan barqarorsizlik va to’qnashuv tahlikalariga qaramay, Turkiya uchun NATO majburiyatlarini bajarish bilan bir qatorda, mamlakatning o’zini himoya qilish huquqidan kelib chiqqan faoliyatlariga qarshi ko’rsatgan keskin munosabati Rossiya va Xitoy bilan yangi kelishuv tuzish izlanuviga zamin yaratadi. Bu zamin faqatgina harbiylarni jalb qilish bilangina cheklanib qolmaydiganga o’xshaydi. Turkiya va Rossiya prezidentlari va diplomatlar rus va eronlik hamkorlari bilan amalga oshirgan muzokaralarning soni va sifati o’tmishda amerikaliklar bilan olib borilgan muzokaralarning o’rnini olganga o’xshaydi.

Suriya masalasidan tashqari, Rossiya, Xitoy va yaqin tijoriy hamkorlar bilan yo’lga qo’yilgan iqtisodiy hamkorlik tashabbuslari Turkiyaning xalqaro munosabatlarda zamin izlanuvi taxmin qilingandan ham azaliy ekanligidan darak beradi. Asosan, bu mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoda dollar o’rniga mahalliy pul birligidan foydalanish taklifi rus va xitoylik hamkorlar tomonidan ijobiy baholangani ham buning yaqqol isbotidir. Dollarga mo’ljallangan tashqi savdoda oltin yoki mahalliy pul birligidan foydalanish bilan erkin savdo hududlarining soni va ko’lamini oshirish tashabbuslarini diqqatga olish mumkin.

Bu jarayonda yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqi bilan yuritilayotgan bojxona ittifoqiga o’xshash faoliyatlarni boshqa hamkor davlatlar o’rtasida ham yo’lga qo’yilganligiga guvoh bo’lish mumkin. O’zidan tashqari, bojxona ittifoqi alternativasiga huquqiy jihatdan ruxsat bermagan Yevropa Ittifoqi sistemasi Turkiyaning a’zolik jarayoni yârim qolgan taqdirda, Turkiya tomonidan boshqa hamkor davlatlarga taklif sifatida ilgari surilishi mumkin.

Qisqasi, to’rt tomondan tahlikalarga qarshi kurashayotgan Turkiyaning hozirgi vaziyati tahlikalar ichida yangi imkoniyatlar va yangi fursatlarni paydo qiladi. Bu vaziyat inqirozlarning keyingiligiga ko’ra, Turkiyaning ko’p qirrali diplomatik parchalanishlar to’g’risida qaror olishi ehtimoldan holi emas.

Karatekin Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar