Kun tahlili 29-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Turkiyaning Gumanitar yordam va muhojirlar siyosati haqida so’z qilamiz.

1016029
Kun tahlili 29-qism

Turkiyaning gumanitar yordam ko’rsatish va muhojirlar siyosati dunyoda birinchi o’rinda turadi. Bu orqali Turkiya butun dunoyaga odamgarchilikdan saboq bermoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Turkiya gumanitar yordam ko’rsatish va muhojirlar siyosati orqali faqatgina dunyoda eng ko’p gumanitar yordam bergan davlat qatorida o’rin olibgina qolmay ayni vaqtda odam bolasini qanday qilib qadrlashni, odam bolasiga qanday qilib yordamlashishni va odam bolasi bilan qanday qilib baham ko’rishishlik kerakligini ham ko’rsatmoqda. Turkiyaning odam bolasini qadrlagan tashqi siyosatiga bo’lgan yo’ndashuvi, go’yo inson huquqlari deb qoliplar orqasiga yashiringan davlatlarning aksiga, haqiqatda odam bolasiga, u kim bo’lishidan qat’iy nazar, inson bo’lgani uchun qanday ahamiyat berilishi kerakligini ko’rsatmoqda. Turkiya shu bilan birga muhijorlarga eng ko’p darvoza ochgan davlat hisoblanadi. Turkiya bu jihatdan ham dunyo davlatlari orasida alohida o’ringa ega.

Bu yilgi Global Gumanitar yordam ko’rsatish hisobotiga ko’ra Turkiya o’tgan yili eng ko’p gumanitar yordam ko’rsatgan davlat bo’ldi. Bu borada dunyodagi eng jasur davlat deb topilgan Turkiya o’zining milliy daromadining 0.85 foizini gumanitar yordam faoliyatlarida foydalandi. Milliy daromadga nisbatan Turkiyadan keyingi o’rinda dunyoda eng ko’p gumanitar yordam ko’rsatgan davlatlar Lyuksemburg bilan Norvegiyadir.   

Angliyaning Rivojlanish tashabbuslari tashkiloti hisobotiga ko’ra Turkiya o’tgan yili gumanitar yordam ko’rsatish uchun 8.07 milliard dollar sarflab, dunyoda eng ko’p gumanitar yordam ko’rsatgan davlat qatoriga kirdi. Turkiyadan keyin gumanitar yordam ko’rsatish uchun 6.68 milliard dollar sarflash bilan Amerika Qo’shma Shtatlari, ortidan esa 2.52 milliard dollar sarflash bilan Germaniya o’rin oldi.

Turkiyaning gumanitar yordam ko’rsatish bo’yicha o’zidan keyingi davlatlarga solishtirganda ancha oldinda ekanligi Turkiyaning odam bolasini qadrlagan muhim tashqi siyosati borligini ta’kidlab, Turkiyaning dunyodagi o’rnini ko’rsatmoqda. Inson huquqlari va demokratiyani himoya qiluvchi ekanligini iddio qilgan davlatlarning gumanitar yordam ko’rsatish masalasida ham Turkiyadan ancha ortda qolishi, o’z iddiolarining noto’g’ri ekanligini isbot qilgan muhim manbaalardan biri hisoblanadi. Turkiyaning esa gumanitar yordam masalasida katta farq bilan birinchi o’rinda bo’lishi, Turkiyaning inson huquqlariga faqatgina tilda emas, chin dildan katta ahamiyat berganligini yaqqol ko’rsatib turipdi.    

Gumanitar yordam ko’rsatishga qo’shimcha sifatida Turkiyaning dunyoda eng ko’p muhojirga quchoq ochgan davlat bo’lishi, Turkiyaning o’zgachaligini yana bir bor o’rtaga qo’ymoqda. Bu vaziyat roppa-rosa 3.5 million muhojirga mezbonlik qilgan Turkiyaning, dunyodagi bir necha mamlakatga qaraganda qanchalik vijdonli ekanligini namoyon etmoqda. Turkiya bir necha davlatning aksiga, ham muhojir statusida mamlakatda jon saqlayotgan insonlarga, ham chet eldagi insonlarga gumanitar yordam ko’rsatish jihatidan alohida e’tibor bermoqda.  

Ayniqsa dunyoda ortgan irqchilik, muhojirlarga qarshi og’ir siyosatlarning yo’lga qoyilishi va insonlarning O’rta yer dengizidagi cho’kishi tomosha qilingan bir davrda Turkiyaning odam bolasiga yo’ndashuvi insonni faqatgina faxrlantiradi. Turkiyadagi muhojirlar soniga qaramay mamlakatdagi siyosiy barqarorlik, irqchilikning ortmaganligi, dunyodagi muhojirlarga qarshi aytilgan iddiolarning noto’g’ri ekanligini isbot etmoqda. Yevropa ittifoqi bilan Amerika Qo’shma Shtatlaridagi muhojirlar muammosining aslida irqchilik va ksenofobi muammosi ekanligini ko’rsatmoqda.  

Masalan, Germaniyadagi saylovda birgalikda ishtirok etgan Xristian demokratik va Xristian ijtimoiy partiyalar alyansi tarixidagi eng yirik muammo, Xristian ijtimoiy partiyasining muhojirlarga qarshi og’ir siyosat talab qilishi yuzasidan kelib chiqdi. Roppa-rosa 550 milliondan ortiq aholiga ega bo’lgan Yevropa ittifoqi hududiga Turkiyadagi muhojirlar sonining uchdan bir bo’lagining kirib borishi, Yevropa ittifoqida katta muammoning tug’ilishiga yo’l ochdi. Eng muhimi Yevropa davlatlari o’rtasidagi sheriklikni xavf ostiga qo’ydi. Buning natijasida Yevropa ittifoqi davlatlarida o’ta o’ng qanot partiyalarning ovozlari ortib, bir necha davlatda ikkinchi yoki uchinchi yirik siyosiy partiyaga aylandi.     

Turkiyadagi muhojirlarning soni esa Yevropa ittifoqidagi muhojirlar soniga qaraganda 3 barobar ko’p bo’lishiga qaramay hech qanday muammo yaratilmadi. Turkiyadagi muhojirlarga qaratilgan bundayin insoniy muomalaning asosi, poydevori Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning irodasidadir.

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETA tadqiqotchisi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar