Jahon iqtisodiyoti 28-qism

Hamburgda G20 sammiti bo'lib o'tdi.

769162
Jahon iqtisodiyoti  28-qism

2015 yili Turkiya davr rahbari bo’lgan G20 sammiti, mana bu yil 7-8  Iyul kunlari Germaniya mezbonligida amalga oshirildi. Dunyoda eng ko’p rivojlangan va sanoatlashgan iqtisodiyotga ega 19 davlat va Yevropa Ittifoqidan tashkil topgan G20, dunyo aholisining 64 %ni, dunyo iqtisodiyotining 80 %ni qamramoqda. Eng gavjum davlatlardan biri bo’lgan Xitoy, a’zo davlatlar orasida 1,38 milliard aholisi bilan birinchi o’rinda joy olmoqda. Hindiston esa 1,3 milliard aholisi bilan ikkinchi o’rinda.

                     Rivojlangan davlatlardan tashkil topgan G20da jon boshida tushgan milliy daromad bilan aloqali AQSh 57 ming dollar bilan ilk o’rinda, Saudiya Arabiston 55 ming dollar bilan ikkinchi va Avstriya 48 ming dollar bilan uchinchi o’rinda joy olmoqda. Xitoy, AQSh, va Yaponiya esa dunyoda eng katta eksportchi to’rt davlat sifatida G20 da o’z o’rnini egallamoqda. Shuningdek dunyoda eksport hajmi eng katta 20 davlatdan 15 tasining G20 a’zosi bo’lganini ham aytish joiz bo’ladi. G20 davlat va hukumat rahbarlari qatnashgan Hamburg sammitida global iqtisodiy osish, muvozanatli va keng ko’lamli rivojlanish doirasida faoliyatlar ko’zdan kechirilgan ushbu sammitda rivojlanish, ish imkoniyati, salomatlik kabi mavzular muhokama qilindi.

Moliya va iqtisodiy mavzularda xalqaro hamkorlik ta’minlagan G20, ilk maqsadining insonlarning e’htiyojiga javob berish sifatida belgilagan. Buning global masalalar bilan yaqindan aloqali bo’lganini aytish mumkin. Misol iqlim o’zgarishi, ko’ch harakati, qashshoqlik va terrorizm kabi muammolar  hozirgi kunda global iqtisodiyotda katta  muammolar  orasida  joy olmoqda.

2015 yili Birlashgan Millatlar Iqlim mavzuli konferentsiyada mavzu bilan aloqali majburlovchi qarorlar berib 175 davlat tomonidan Parij Iqlim shartnomasi tuzilgan edi. AQSh Trumpdan keyin bu shartnomadan chiqganini ma’lum qildi.  Xalqaro jamoatchilikda  norozichiliklarga sabab bo’lgan bu qaror G20 Hamburg sammitida ham to’xtalgan mavzulardan biri bo’ldi.

Yanvar oyi AQShda vazifaga boshlagan Donald Trumpning, iqlim o’zgarishi masalasiga ahamiyat bermagani oshikor. Hattoki bu masalaning o’lka iqtisodiyotini kuchsizlashtirish maqsadi bo’lganini bildirib, Xitoyning bahs mavzusi bu shartnomani o’z manfaati uchun qo’llab-quvvatlaganini bildirgan edi. G20 Hamburg sammitida asosan YI davlatlari katta norozichilik ko’rsatgan bu qarorni AQShning qayta ko’zdan kechirishi talab qilindi.

Turkiya, Hamburg sammitida ham ic ham tashqi siyosatida ahamiyat bergan mavzulardan biri ko’chmanchilar masalasining aniq bo’lishi uchun yana bir bor tilga oldi. Lekin rivojlangan YI davlatlari ko’chmanchi masalasida uslubiga qaraganda juda qattiq va salbiy bo’lgani kuzatilmoqda. Asosan sammitga mezbonlik qilgan Germaniya bu masalaga yechim topishdan yiroq harakatlari bilan diqqat tortdi.

Bu nuqtai nazardan masalaning iqtisodiy va ijtimoi jihatidan ko’p bir insonlik masalasi bo’lganini bildirgan Turkiya, sammitda yechim tarafdori uslub izladi. Yevropali ko’chmanchilarning kelajagi va Turkiyadagi ko’chmanchilarning vaziyati bilan aloqali tezda qadam tashlashi kerak.

Bu masalalar bilan bir qatorda so’ngi kunlar dolzabr mavzulardan biri bo’lgan Qatar inqirozi G20 gacha yetib kelgan. Ko’rfaz siyosati va iqtisodiyotida muvozanatni o’zgartiradigan vaziyatda bo’lgan bu taranglik tufayli Saudiya Arabiston Qiroli Selman bin Abdulaziz el-Suud G20 sammitiga ishtirok etmasligini bildirdi. Qatar tarangligi davom etar ekan bu masalaning asosiy aktyori bo’lgan Qirol Selmanning G20 Hamburg sammitiga ishtirok etmasligini bildirishi, Ko’rfazdan bir yechim chiqmasligining ishorasi sifatida baholandi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar