Toshkent haftanomasi 115- qism

Pekinda Abdulaziz Komilov raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi o`tkazildi.

457747
Toshkent haftanomasi 115- qism

Pekinda Abdulaziz Komilov raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi o`tkazildi.

O'tgan xaftada Pekin shahrida O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Majlisda ishtirok etgan Qirg`izston, Qozog`iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O`zbekiston vakillari shu yilning iyun oyida Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlari Kengashining majlisi hamda O`zbekiston raisligi doirasida bo`lib o`tadigan boshqa tadbirlarni batafsil muhokama qildi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatining Hindiston va Pokistonga a`zo davlat maqomini berish hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo`yicha sheriklari - Ozarbayjon, Armaniston va Nepal bilan Memarandumlarni imzolashga oid muzokoralar jarayonining borishi to`g`risidagi ma`lumoti tinglandi.

Yig'ilishda shuningdek, Milliy koordinatorlarning navbatdagi majlisi o`tkazilish sanasi begilab olindi.

Islom Karimov Bryusseldagi teraktlar munosabati bilan qirol Filippga hamdardlik bildirdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Belgiya qiroli Filippga ko`plab insonlarning halok bo`lishiga olib kelgan Bryussel shahridagi terrorchilik harakatlari munosabati bilan hamdardlik maktubi yo`lladi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari o`z maktubida qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlari hamda jabrlanganlarga chuqur hamdardlik bildirdi.

Malumki, seshanba kuni Bryusselda terorchi guruxlar tomonidan amalga oshirilgan portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo`lgan, 270 nafarga yaqin kishi jarohatlangan edi.

O`zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2015 yilda 10 foizga pasaydi.

2015 yil yakunlariga ko`ra, O`zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 milliard 283 million dollarni tashkil qildi va 2014 yilga qaraganda 10 foizlik pasayish qayd etildi.

Bu haqda O'zbekiston Davlat statistika qo`mitasi xabar berdi.

O`zbekiston tashqi savdo aylanmasida 2015 yilda eksport hajmi 12 milliard 868 millon dollarni, import hajmi esa 12 milliard 415 million dollarni tashkil etdi.

Bu davrda O'zbekistonning tashqi savdosining ijobiy saldosi 453 million dollarga teng bo`ldi.

Malumki, 2014 yil yakunida mamlakat tashqi savdo aylanmasi hajmi 2013 yildagiga qaraganda 3 foizga pasayib, 28 milliard 54 million dollarni tashkil etgan bo'lsa, eksport hajmi 6,5 foizga pasayib, 14 milliard 84 million dollarni, import hajmi 1 foizga o`sib, 13 milliard 970 million dollarni tashkil qilgan edi.

Frantsiyaning O'zbekistondagi elchixonasi 6 nafar o`zbekistonlikka Akademik Palma ordenini topshirdi.

O'tgan xaftada nishonlangan Frankofoniya bayrami munosabati bilan Frantsiya elchisi o`z qarorgohida qabul marosimi o`tkazdi.

Unda Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga a`zo davlatlarning Toshkentdagi elchilari, O`zbekiston Milliy universiteti, O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektorlari xamda O'zbekistondagi frantsuz tili o`qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Bu haqda Frantsiyaning O`zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar beradi.

Qabul marosimida Frantsiya elchisi olti nafar o`zbekistonlikka Akademik Palma ordenini topshirdi.

Mukofotlanganlar orasida O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektori Shuhrat Qayumov, Farg`ona Davlat universiteti o`qituvchisi Islom Dehqonov, Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti metodisti Svetlana Makaryans, Buxorodagi Frantsuz madaniyat markazi direktor muovini Irina Mavlanova, O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti frantsuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o`qituvchisi Pathiddin Nishonov, Qarshi Davlat universiteti frantsuz tili o`qituvchisi va chet tillar fakulteti dekani muovini Aziza Zoirova joy oldi.

Malumki, Frantsiya davlatining faxriy mukofoti hisoblanmish Akademik Palma ordeni bilan Frantsiya fuqarolari ta`lim sohasida ko`rsatgan buyuk xizmatlari uchun, xorijiy davlatlarning fuqorolari esa frantsuz tili va madaniyatini targ`ib etishdagi faol ishtiroki uchun taqdirlanadi.

O`zbekistonning doimiy aholisi soni 31,5 milliondan oshdi.

2016 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra O`zbekiston doimiy aholisining soni 31 million 576 ming kishini tashkil qildi.

Ushbu ma`lumot Davlat statistika qo`mitasi tomonidan e`lon qilindi.

Mazkur malumotga ko'ra, o'tgan yil davomida mamlakat axolisi 554 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko`paydi.

Shahar joylari aholisi yil boshida 15,964 millionga yetib, aholi umumiy sonining 50,6 foizini tashkil qilgan bo'lsa, qishloq joylardagi axoli soni esa 15 million 612 mingtaga yetib, umumiy axoli sonining 49,4 foizini tashkil etdi.

Tug`ilishlar soni o`tgan yilda 735 mingni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 17 mingga ko`paydi.

2015 yilda vafot etganlar soni 153 ming nafarni tashkil qildi.

O'zbekiston Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlarga ko`ra, 2015 yilda respublika bo`yicha ko`chib kelganlar soni 139 ming kishini, shu davr mobaynida ko`chib ketganlar soni esa 168,6 ming kishini tashkil qildi.

21 Mart kuni O'zbekistonda Navro'z bayrami tantanalari keng nishonlandi.

Shu kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`ida Navro`z bayramiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi.

Bayram tadbirida senatorlar va deputatlar, hukumat a`zolari, fan, madaniyat va san`at namoyandalari, ishlab chiqarish ilg`orlari, tadbirkorlar, O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining vakillari ishtirok etdi.

Bayram tantanalarida so'z olgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O`zbekiston xalqi va mehmonlarni Navro`z bayrami bilan tabrikladi.

İslom Karimov, o'z nutqida, Navro`z bayrami necha ming yillik tarixga ega, ildizlari "Avesto" davrida paydo bo`lgan, qadimiy, asl milliy, har qanday siyosatdan yiroq, kecha va kunduz teng keladigan sharqona yangi yil bo`lib, el-yurt tabiatiga, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgan eng sevimli, eng go`zal bahor bayrami ekanligini takidladi.

İslom Karimov, Navro`z faslida turli nizo va adovatlar, gina va arazlar unutilib, odamlar, millat va elatlar o`rtasida mehr-oqibat, shafqat va muruvvat, hamjihatlik kabi insoniy tuyg`ular yanada kuchayishini yana bir bor eslatdi.

O`zbekiston Milliy bog`ida Navro`z bayramiga bag`ishlangan tantanalar doirasida, turli kuy-qo'shiqlar, raqs va o'yinlar namoyish qilindi.

Bayram tadbiri davomida, ishtirokchilarga ananaviy O'zbek taomlari, Sumalak va boshqa shirinliklar ikrom qilindi.



Aloqador xabarlar