Turkiya va Xalqaro Jarayon 132-qism

Yunoniston xalqining 61 % "rad" ovozi berdi.

381552
Turkiya va Xalqaro Jarayon 132-qism

5-Iyun kuni bo’lib o’tgan referendumda Yunon xalqining 61 % Yevropa Ittifoqi va IMFning yordam paketini “rad” etishqa qaror qildi. Bu qaror, referendumdan oldin, xavfni ko’zga olgan bosh vazir Chipras va Syriza hukumati uchun bir zafar sifatida ko’rindi. Chunki bosh vazir Chipraz, Yunon xalqidan Yevropa Ittifoqi va IMF bilan olib borgan muzokaralarda o’zini dastaklashini istagan, bo’lmasa iste’foga chiqishini bildirgan edi. Yunon xalqi Chipras hukumatining orqasida yana ham kuchli va qat’iy shakilda turgan, muzokaralarda qo'llab-quvvatlagandir.

Yunon referendumi va natijasi, oddiy demokratik bir o’zgarish emas. Kerak bosharuv jihatidan kerak bo’lsa tarixiy ahamiyat kesb etmoqda. Siyosat Bilimi va Xalqaro aloqalar sohasida mutaxassislar akademik faoliyatlar olib boradigan bir vaziyat maydonga chiqgan edi. Bu, asrlardan beri davom etib kelgan siyosiy o’zgarishlar va tushunchalardan farqli va o’zgacha.

Renerendumdan keyin, tashqi siyosatda va diplomatik aloqalarda demokratiyaning o’rni va ko’lamlari kun tartibiga keldi. Shunday qaraganda, deokratik saylovlar va referendumlar asosan davlatning boshqaruvi va boshqaruvchilarning qarorlarini belgilash mavzusida o’tkaziladi. Bir hukumatning olib borilayotgan muzokaralarni xalqning qaroriga ta’qdim etishi juda kam uchragandir. Yunonistondagi referendum bundan farqli. Chipras, Yunonistonning qarzini to’lash va yangi qarzlar mavzusida Yevropa Ittifoqi va IMF lgari surgan og’ir talablarni to’g’ridan xalqqa so’ragandir. Yevropa Ittifoqi va IMFning qaroridan ta’sirlanadigan xalqning fikrini so'ragandir. Qadim Yunonda siyosiy qarorlar to’g’ridan demokratik yo’llar bilan, yangi boshqaruvchilarning xalq bilan maslahatlashib olingani bilinmoqda. Zamonaviy demokratiyalarda kam uchragan to’g’ridan demokratiya an’anasining nozuk bir mavzuda o’tkazilishi manodor va muhimdir.
Ikkinchisi, Yunonistondagi referendum namunasida, umuman kurraviylashish va Yevropa sistemasida kam uchragan. Yirik kuchlarning va Yevropa Ittifoqining neoliberal iqtisodiy mas’uliyat yuklamoqda. Yunoniston misoli iqtisodiy inqiroz eshigida bo’lgan rivojlangan hukumatlar; IMF, Yevropa Ittifoqi yoki boshqa tashkilotlardan yordam olish uchun o’zlariga taqdim etilgan tejamkorlik dasturiga asosan to’g’ridan “Ijobiy” qaror bergan. Bu dasturlar asosan ijobiy natija bermagani kabi, aloqasi bo’lgan xalqlarga og'ir yuk bog’lagandir. Aslida bunga o’xshash og’ir dasturlar xalqning qarori bilan tasdiqlanishi kutiladi. Chipras, IMF va Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar kuchlangan, xalqning dastagini olishga muvaffaq bo’lgan.
Shunday qilib Yunon hukumati va xalqi, Yevropa Ittifoqi va IMF bosimlariga demokratik bir javob berdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yunonistonda hukum surgan iroda, noeliberal tejamkorlik dasturini tasdiqlamagan, buning o’rniga farqli bir yechim istagandir. Bu, kurraviylashuv va hukumronlik, neoliberalizm va demokratik, noaliberal va Yevropa shartlariga qarshi hukumronlik, demokratiya va a’zolik manfaatlarini o’nga chiqardi.
Bundan keyingi savollar quyidagicha: 1) Yunonistonning Yevropa Ittifoqi va IMF bilan uchrashuvlari qanday davom etadi, boshqa tomonda Yevropa Ittifoqi va IMF rad qaroriga qanday javob beradi? 2) Yevropa hududi bu qarordan qanday ta’sirlanadi va Yevropa Ittifoqi bundan keyin qanday davom etadi? 3) Bu qaror, Yunoniston iqtisodiyotiga darhaqiqat yordam beradimi bo’lmasa Yevropa Ittifoqi bilan aloqalar yana ham salbiy tuz olishi mumkinmi? 4) Yevropa Ittifoqi va IMF, rad qaroridan keyin uslubini o’zgartiradimi va neoliberal iqtisodiyot bundan qanday ta’sirlanadi? 5) Eng muhimi esa, bu natijalar Yevro hududining va Yevropa Ittifoqining tarqalishi yoki inqirozga uchrashi kabi ma’nolarga kelishi mumkinmi?
Bu savollarga qisqa javo berib bo’lmaydii. Lekin ikki jihatdan nazar solib qisqa mulohaza bildirish mumkin. Salbiy jihatdan nazar solganda, Yunoniston yana ham og’ir shartlar ostiga kirib buning natijasida Yevro hududidan chiqib Drahmega qaytadi va hattoki Yevropa Ittifoqi a’zoligidan chiqadi. Shunday qilib Yevropa Ittifoqi va IMF referendum natijasini ko’rib, Yunonistonda yengilroq yechim yo’llari taqdim etadi va bu shakilda Yunoniston ayni tashkilot ichida bo’lishga davom etadi. Har ikkisi ham jiddiy natijalari bo’lgan bu yo’llardan qaysi birini tanlash mavzusida tortishuvlar bo’lishi mumkin, lekin buni vaqt ko’rsatadi. Bundan oldin; bu taranglikning Yevropa Ittifoqida bo’lgan va bo’lmagan boshqa o’lkalarga ham tarqalmasligi, mintaqa va dunyo o’lkalarining va siyosatining inqirozga uchramasligi uchun kerak bo’lgan chora-tadiblar olishdir.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar