Tafakkur gulshani 74-qism

Balikesir Universiteti rektori Prof.Dr Kerim O’zdemir bilan suhbat...

294737
Tafakkur gulshani 74-qism


Dasturimizning bugungi sonida Balikesirga sayohat qilamiz. Balikesir Turkiyaning shimoli g’arbida joylashgan bo’lib, mahalliy turistlarning gavjum dam olish maskani hisoblanadi. Tarixda asosan Misya va Karesi nomi bilan atalgan Belikesir Rim, Vizantiya, Anadolu saljuqiylari, Karesi xonligi va Usmoniy xokimiyati tarkibidan joy olgan.
Zaytun va zaytunyog’i ishlab chiqarish bilan mashhur bo’lgan Balikesir buzilmagan tabiati bilan barchani o’ziga rom qiladi. Egey dengizi hamda Marmara dengizi sohilida joylashgan bu shaharga tegishli jami 23 ta orolcha mavjud. Shu sababli shaharda turizm juda rivojlangan. Mahalliy va xorijlik turistlar asosan tabiiy mahsulotlarni harid qilish uchun ham Balikesirga sayohat qiladilar. Agar Balikesirga sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, albatta pishloq shirinligini tatib ko’rishni unutmang.

Fursatdan foydalanib, shaharda joylashgan Balikesir Universitetiga tashrif buyurdik. U yerda Balikesir Universiteti rektori Prof.Dr Kerim O’zdemirning huzurida bo’ldik. Janob rektor Balikesir Universitetiga rektor sifatida tayinlanishdan oldin, Qirg’izistonning poytaxti Bishkekdagi Qirg’iziston-Turkiya Manas Universitetining rektori sifatida faoliyat ko’rsatganini ma’lum qildi.
Suhbatimiz chog’ida Turkiya bilan Turkiy respublikalar o’rtasida ta’lim va madaniy sohalardagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan universitetda xizmat ko’rsatish natijasida, xalqlar o’rtasidagi hamkorlikka katta ahamiyat berganini bildirdi.
Biz ham Balikesir Universitetida tahsil olmoqchi bo’lgan yoshlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, Balikesir Universiteti haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qilamiz.

Universitet rektori Prof.Dr Kerim O’zdemir bizga Balikesir Universiteti haqida quyidagicha ma’lumot berdi:
“Balikesir Universiteti ko’hna tarixga ega bo’lgan ayni paytda, yangi qurilgan zamonaviy ta’lim muassasalarini o’z ichiga olgan bilim dargohidir.
Universitetimiz ilmiy faoliyatlari va universitet-shahar-sanoat hamkorligi loyihalari bilan, zamonaviy, taraqqiyparvar, xalqaro standartlarda xizmat bergan, namunali ta’lim dargohi sifatida katta qadam tashlamoqda.
Universitetimiz 1992 yili tashkil topgan bo’lib, 23 yilni ortda qoldirdi. Hozirda universitet qoshida 5 fakultet, 5 institut, 5 kolledj, 16 kasb-xunar kolledji, 20 tadqiqot va amaliyot markazi xizmat ko’rsatmoqda. 1093 nafar akademik xodim faoliyat ko’rsatgan universitetimizda jami 42 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.
Universitetimiz qoshidagi fakultet va institutlar tomonidan tayyorlangan dissertatsiya va maqolalar xalqaro miqyosda diqqatlarni o’ziga jalb qilmoqda. Fakultet va institutlarimiz hamkor universitetlardan taklif qilingan olimlar ishtirokida konferensiyalar o’tkazmoqda.
Balikesir Universiteti Turkiyadagi korpuslari juda katta bo’lgan universitetlardan biridir. Shahar shovqinidan uzoq, transport imkoniyati qulay va xavfsiz hamda yam-yashil tabiat qo’ynida joylashgan. Korpusimiz tahminan 25 mingdan ziyod talabasi va gavjum xodimlari bilan go’yo kichkina shaharni eslatib turadi. Korpus maydonida 2500 o’rinli talabalar yotoqxonasi, ochiq va yopiq sport muassasalari mavjud.
Universitetimiz sifatli ta’lim berish bilan birga, talabalarni ijtimoiy, madaniy va sport sohalarida ham muvaffaqiyatli qilib yetishtirishni maqsad qiladi. Talabalarimizning asosan ijtimoiy, madaniy sohalarda o’zini yetishtirishiga va sport bilan shug’ulanishiga alohida ahamiyat beramiz . Bunga doir kerakli shart-sharoitlarni yaratib berganmiz.
Bu ma’noda talaba jamiyatlarimizning faoliyatlarini qo’llab quvvatlash bilan bir qatorda, talabalarning darsdan tashqari bo’sh paytlarini unumli o’tkazishlari uchun suzish hovuzi, tennis kortlari, plyaj voleybol maydoni, yopiq sport zali, fitness zali, yengil atletika uchun maydonlar, futbol stadioni tashkil qilganmiz”-deydi Balikesir Universiteti rektori Prof.Dr Kerim O’zdemir.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar