Oila haftasi maxsus rukni...

Jamiyatning bir bo’lagi bo’lgan oila inson hayotida katta ahamiyatga ega.

271065
Oila haftasi maxsus rukni...


Turkiyada oila haftasi qutlanmoqda. Jamiyatning bir bo’lagi bo’lgan oila inson hayotida katta ahamiyatga ega. Mehrga to’la oila muhitiga ega bo’lish har bir insonning tabiiy haqqidir.

Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga bog’liq bo’lib hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlagan. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi munosabatlar shakllanib oila paydo boʻlgan.
Oila raisi ba’zi holatlarda ota, ba’zi holatlarda esa, ona bo’lgan. Oilani qiziqtirgan mavzularni faqatgina ular hal qilishgan. Jamiyatda texnologiya va iqtisodiyotning rivojlanishi kichkina oilalarning kengayishiga sabab bo’lgan. Kunimizda oilalar demokratiya intilgan, erkin fikrlovchi, haq va huquqini himoya qilgan insonlarni o’z ichiga oladi. Oilalarni yaqindan qiziqtirgan mavzularda oilaning har bir a’zosi bemalol o’z fikrini ayta oladi.

Madaniyatimizda oila azaldan muqaddas dargoh bo’lib hisoblangan. Oila rishtalari bir tomondan an’ana, bir tomondan diniy jihatdan tuzilib, shakllantirilgan. Oila fardlari kattalarga xurmat ko’rsatar ekan, kattalar esa, kichiklarga mehr ko’rsatadilar. Hamjihatlik yuqori darajada. Bir insonning boshiga ish tushganda, birinchi bo’lib aka-ukalari bilan maslahatlashadi. Ular ham muammoni hal qilish uchun qo’lidan kelgancha yordam beradi. Qadimda Usmoniy mintaqasida yashagan oilalarda 10 kishi ahl va inoq bo’lib yashaganlar. Oilaning ehtiyojlariga ko’ra, shakllangan uylar huzurning manbai deb bilinar edi. Davrning o’zgarishi, zamonaviylik, baland osmono’par binolarda yashash insonlarning oila hayotiga ham ta’sir ko’rsatadi. Olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, insonning eng baxtli bo’lgan damlari o’z oilasida o’tkazgan chog’laridir.

Jamiyatimizning asosini tashkil qilgan va kelajakni shakllantiradigan maskan oiladir. Sanoatlashgan sari jamiyatda ba’zi salbiy o’zgarishlar kuzatilishi mumkin. Oilaning esta-sekin parchalanishi, ba’zi davlatlarda 18 yoshga to’lganda oilani tark etishi kabi o’zgarishlar jamiyat kelajagi uchun xavf yaratadi. Bunday jamiyatlarda oilaga ehtiyoj bo’lmaganidek, fikrlar tezda o’zgaradi. Farzandli bo’lmaslik yoki farzandning otasiz katta bo’lishi oilaning kelajagiga rahna soladi. Oila tuzilishidagi muammolar jamiyatga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jamiyatning bunday muammolardan saqlanishining birgina yo’li oila tuzilishining mustahkamlanishi va tashviq etilishi bilan amalga oshadi. Bir-biriga xurmat ko’rsatgan va qondosh insonlardan tashkil topgan oila sog’lom jamiyat ongini saqlab qolish uchun majburiyatdir.
Oilamizni saqlab qolish uchun oila a’zolarimizga xurmat ko’rsatishimiz va mehr-shafqat bilan munosabatda bo’lishimiz zarur.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar