Tafakkur gulshani 59-qism

Turkiyada tahsil olayotgan xorijlik yoshlar TRTda amaliyot o'tadi.

217352
Tafakkur gulshani 59-qism


 Bugungi dasturimizda Turkiyada xorijlik talabalarga mo’ljallangan stipendiya dasturi doirasida TRTda tashkil qilingan qishki amaliyot haqida ma’lumot bermoqchimiz. TRT qishki amaliyot dasturi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti bilan TRT Tashqi eshittirishlar bo’lim rahbariyati hamkorligida yo’lga qo’yildi. Turkiyada stipendiya bilan tahsil olayotgan talabalar mazkur dastur yordamida xabar matni tayyorlash, xabarni web sahifasida nashr qilish, radio eshittirishni olib borish, radio dastur tayyorlash va efirga uzatish, grafika dizayni, texnologik poydevor yo’nalishlari bo’yicha amaliy tajribadan o’tish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ushbu imkoniyatdan foydalangan talabalar TRT rahbariyati bilan tanishish, TRT faoliyatlarini yaqindan kuzatish va ko’mak berish hamda TRT xizmatlari haqida batafsil ma’lumot olish bahtiga muyassar bo’ldilar.
TRT Tashqi eshittirishlar bo’lim rahbariyati qoshida faoliyat ko’rsatgan Turkiya ovozi radiosi jami 37 tilda efir olib bormoqda, ayni paytda 37 tilda web sayti faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, “Yevropa Fm” radiosi ham turk tilida faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirda dunyoning eng e’tiborli media organlaridan biri bo’lgan TRT Tashqi eshittirishlar bo’limi qishki amaliyot dasturiga mezbonlik qilmoqda.
Biz ham Turkiya ovozi radiosi xodimlari sifatida TRTda amaliyot o’tagan talabalar bilan suhbat o’tkazib, tassurotlarini o’rganmoqchi bo’ldik. Qani ko’raylikchi, ularning TRT haqidagi taassurotlari qanday ekan:
“Salom, mening ismim Fatuna Safarova. Tojikistondan keldim. Kayseridagi Erjiyes Universitetida jurnalistika fakultetida 2-kurs talabasiman. 3 yildan beri Turkiyada yashayabman. Dastlab Erjiyes Universiteti haqida unchalik ma’lumotga ega emas edim. Boshida oilam bir o’zimni yolg’iz jo’natishga ko’nmadi, lekin keyinchalik rozi bo’ldilar va menga ishondilar. Turkiya stipendiyalariga murojaat qildim va murojaatim qabul qilingach, Turkiyaga keldim. Turkiya stipendiyalari haqida ma’lumot berilgan internet sahifasida TRT qishki amaliyot dasturi bilan bog’liq e’lon chop etildi. E’londa murojaati qabul qilinganlar TRTda amaliyot o’tash imkoniyatiga ega bo’lishi yozilgan edi. Men jurnalistikada o’qiganim uchun darhol murojaat qildim va murojaatim qabul qilindi. TRTga kelganimda beihtiyor hayratlandim. Chunki juda katta davlat idorasi. İshchi xodimlari juda ko’p ekan. Hammaning vazifasi bir-biri bilan bog’liq ekan, biri keyingisining ishini to’ldirib borar ekan. Bu yerda mexnat qilgan xodimlarning bir-biri bilan bo’lgan aloqalari juda samimiy ekan. Bu samimiyat ishdan tashqari, do’stlik jihatidan ham juda mustahkam ekan. Hamma xodimlar bir-biriga nisbatan cheksiz xurmat ko’rsatar ekan va ishidan mamnun ekanlar. Bu yerga kelmasdan oldin jurnalistika haqidagi fikrlarim farqli edi, bu yerga kelib tanlagan soham haqidagi fikrlarim yana ham yaxshi tomonga o’zgardi. Shu sababli TRTga kelib amaliyot o’taganimdan baxtiyorman.
Butun TRTni aylanib chiqdim va axborot ko’rsatuvlarini studiyada jonli tomosha qilish bahtiga muyassar bo’ldim. Axborot ko’rsatuvini tomosha qilar ekanman juda hayajonlandim. Bundan tashqari, grafika dizaynerlik bo’limida ham amaliyot o’tash imkoniga ega bo’ldim. U yerda mexnat qilgan xodimlar menga juda katta yordam berdilar. Yaxshiyamki, bu dasturga murojaat qilibman. O’zimni bahtli deb his qilyabman”-deydi Fatuna Safarova.
Endi esa, TRTga amaliyot o’tash uchun kelgan yana bir talaba do’stimiz İlyas Kadrining tassurotlariga quloq solaylik.
“Mening ismim İlyas Kadri. Bangladeshdan keldim. Kayseridagi Erjiyes Universitetida 2-kurs talabasiman. Xorijdan stipendiya bilan talaba qabul qilish dasturlari haqida izlanar ekanman, ikki davlatga murojaat qildim. Bular Turkiya va Yaponiya edi. İkki davlatga ham qilgan murojaatim qabul qilindi. Lekin, men musulmon davlat bo’lgani uchun Turkiyani tanladim. Otam ham menga bu borada maslahat berdi. Men bu yerga kelganimda insonlarning juda yordamsevar ekanini ko’rdim. Turkiyada faoliyat ko’rsatgan Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkilotining internet sahifasida stipendiyaga o’tgan talabalarning aloqa tarmog’i bor. Bu yerda menga kelgan e’lon asosida TRT qishki amaliyot dasturiga murojaat qildim. Bu dastur jurnalistika fakulteti talabasi sifatida men uchun katta fursat edi. Bu biz talabalar uchun ushalmaz orzu edi. Shu sababli men o’zimni bahtli deb his qilaman.
Jonli efirga qatnashdim. Sun’iy yo’ldosh bilan bog’liq ba’zi xususlarni o’rgandim. Bu imkoniyatni bizga yaratib bergan Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti va TRTga o’z minnatdorchiligimni bildiraman”-deydi İlyas Kadri.

Talaba do’stlarimizning tassurotlari biz uchun juda muhim. Endi esa, Eskishehirdagi Anadolu Universiteti talabasi Festin bilan tanishaylik.
“İsmim Festin. Men Kosovadan keldim. Eskishehirdagi Anadolu Universitetida jurnalistika fakultetida tahsil olyabman. Turkiya Kosovaliklar uchun begona davlat emas. Bizlar Turkiyani har sohada yaqindan kuzatib boramiz. Men bu yerda hech yotsiramadim. Turkiyada tahsil olish uchun İzmir, Eskishehir va İstanbuldagi universitetlarga murojaat qildim va Eskishehirdagi Anadolu universitetiga qabul qilindim. Yaxshiyamki, Eskishehir shahriga kelganim, chunki Eskishehir xuddi talabalar shahri ekan. Hozirda TRTda amaliyot o’tayabman. Tashqi eshittirishlar bo’limi web xizmatida ish o’rganyabman. Bu yer juda farqli joy. Web xizmatida dunyoning ko’plab davlatidan insonlar mexnat qiladilar. Bu xodimlar TRT nomidan 37 tilda efir olib boradilar. Men bu yerda alban tilidagi efir uchun reportaj olishni va foto galereya tayyorlashni o’rgandim. Kosovadaligimda TRT kanallarini sevib tomosha qilardim. Bu yerda amaliyot o’tar ekanman, TRT xabarlarini yaqindan kuzatib boryabman va seriallarini tomosha qilyabman”-deydi Kosovalik talaba Festin.
Xurmatli tinglovchilar bizga ajratilgan vaqt o’z nihoyasiga yetdi. TRTda amaliyot o’tagan talabalar bilan o’tkazgan suhbatimizning davomini keyingi dasturimizda e’tiboringizga havola qilamiz. Bizni TRT Horizon sahifasidan kuzatib borishni unutmang va dasturimiz haqidagi fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar