Tafakkur gulshani 58-qism

Erasmus dasturi orqali Yunonistondan kelib Turkiyada tahsil olayotgan Maria Konstantopulu bilan suhbat...

217347
Tafakkur gulshani 58-qism


“Bir maqsadga bog’lanmagan ruh yo’lini yo’qotadi, chunki har yerda bo’lish hech bir yerda bo’lmaslikdir”
Bugungi dasturimizni 16 asrda yashab o’tgan fransuz yozuvchi Montaignening so’zlari bilan boshladik.
Biz biron maqsad sari intilgan holda, mexnat qilgan holda o’zimizni yetishtirishning ahamiyatini yaxshi bilamiz. Fursatdan foydalanib, mazkur ulug’ adabiyotshunosni yodga olsak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yozuvchi Montaigne insonga bo’lgan mexr-shafqat, yaxshilik, hamjihatlik, erkinlik va o’qish qobiliyatini rivojlantirish haqida juda ko’p maqolalar yozdi. Ushbu maqolalarni barchaga tushunarli bo’lgan sodda tilda kitobxonlar e’tiboriga havola qildi.

O’tgan dasturimiz yakunida Turkiya Respublikasi Yevropa İttifoqi vazirligiga qarashli Yevropa İttifoqi ta’lim va yoshlik dasturlari markaziy rahbariyati qisqa nomi bilan aytadigan bo’lsak, Turkiya Milliy agentligida Oliy ta’lim kordinatori bo’lib xizmat ko’rsatgan İlyas Ulgur va Erasmus dasturi orqali Yunonistondan kelib Turkiyada tahsil olayotgan Maria Konstantopulu bilan o’tkazgan suhbatimizni e’tiboringizga havola qilgan edik.
Suhbatimizni qolgan joyidan davom ettiramiz.

Maria Konstantopulu Erasmus dasturidan foydalanish uchun Yunonistondan Turkiyaga kelgan. U Afinada Pantheon Universitetida tahsil olgan, endi esa, Ankara Universiteti Diplomatiya fakultetida doktoranturada o’qimoqda. Darslar sentyabr oyida boshlanishiga qaramasdan, biroz sayohat qilish maqsadida iyun oyidayoq Turkiyaga kelgan. U turk tilini juda chiroyli gapiradi, chunki Ankara Universiteti qoshidagi TOMER til markazida turk tilini o’rganmoqda.
Maria yozda Turkiyada o’tkazgan kunlarini quyidagicha anglatadi:
“Turkiyaning juda ko’p joyiga sayohat qildim. Pamukkalega bordim. Kapadokiyani aylandim, juda chiroyli shahar. Erasmus rahbariyati sayohat uyushtirdi. Erasmus talabalarining barchasi bu sayohatga qatnashdi.
Ankarada ancha aylandik. Anitbakirni tomosha qildik. Ankara qal’asiga bordik. Hashamatli jomelarni va arheologik muzeyni tomosha qildik. Turkiyaning deyarli har bir hududida arheologik qoldiqlarni uchratish mumkin. Ankara Turkiyaning o’rtasida joylashgani uchun har joyga qulay borish mumkin. Turkiyada tomosha qiladigan juda ko’p joy bor.
Endi İstanbulga sayohat qilmoqchiman. Koniyaga bordim va u yerga takror bormoqchiman”-deydi Maria o’z tassurotlarida.
“Erasmus orqali Turkiyaga kelmoqchi bo’lgan yoshlarga qanday tavsiyalaringiz bor?” degan savolimizga shunday javob berdi.
“Erasmus orqali Turkiyaga kelmoqchi bo’lgan yoshlarga albatta Ankaraga kelishlarini tavsiya qilaman. Chunki insonlari juda mehmondo’st. Bu yerda hech qiynalmasdan yashaydilar. Bu shaharda turk madaniyati bilan yaqindan tanishadilar. Bu yerning madaniyati bizga ko’ra juda farqli. Albatta oshxonasi juda boy. Juda ko’p lazzatli taomlari bor.
Yunonistondan Turkiyaga kelmoqchi bo’lgan yoshlarga shuni aytmoqchimanki, noto’g’ri tushuncha va havotirni bir chetga sursinlar. Biz zotan qo’shni davlatmiz. Bu yerda juda ko’p inson menga yordam berdi. Qolaversa Erasmus Kordinatorimiz İlyas Ulgurga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Universitetimizning Erasmus ofisida xizmat qilgan xodimlarga ham minnatdorchilik bildiraman”-deydi Maria Konstantopulu.

“Turkiyada juda ko’p oliygohlar bor. Siz bu yerda doktoranturada tahsil olyabsiz. Turkiyada yashash va bu yerdagi oliygohlardan birida ta’lim xodimi sifatida mexnat qilishni istaysizmi? degan savolimizga esa u shunday javob berdi.
“Buni hech o’ylab ko’rmagan ekanman. Bu yerda juda baxtiyorman. Disertasiyani yozish va darslarni o’zlashtirish bo’yicha hech qanday qiyinchiligim yo’q”-deydi Maria.
Va doktorlik dissertasiyani qaysi mavzuda yozyabsiz? degan savolimizga shunday javob berdi:
“Men Yunonistondagi partiyalar bilan Turkiyadagi partiyalarni taqqoslayabman. Yunonistondagi Pasok partiyasi bilan Turkiya hukumatidagi Ak partiyani bir-biriga solishtiryabman. Zotan bu yerga kelish sababim ham shu edi. Bu yerda shahsan o’z ko’zim bilan o’rtadagi farqni kuzatib boryabman. Dissertasiyam uchun ilmiy materiallar to’playabman va ilmiy izlanuvim juda yaxshi ketyabdi. TOMERda turk tilini yana ham mukammal o’rganish uchun intilyabman. Matbuotni yaqindan kuzatib boryabman. Erasmus dasturi bunga imkoniyat yaratdi”-deydi Yunonistonlik talaba Maria.
Dasturimiz yakunida Erasmus Kordinatori İlyas Ulgurga ham bir savol bilan murojaat qildik.
Erasmus dasturidan foydalanmoqchi bo’lgan yoshlar avvalo nima qilishi kerak?
“Avvalo o’z mamlakatida tahsil olayotgan universitetning Erasmus ofisiga borib, ushbu dasturdan foydalanmoqchi ekanini va xorijda tahsilini davom ettirish istagini tilga olsinlar. Turkiyadagi Erasmus dasturi haqida ma’lumot olmoqchi bo’lgan talabalar yuksekogretim@ua.gov.tr adresi orqali bizga bog’lanishi ham mumkin. Qiziqtirgan savollariga ushbu adres orqali javob beramiz”-deydi İlyas Ulgur.

Sizlar bilan hayrlashar ekanmiz, shuni eslatib o’tmoqchimiz. Bizga TRT Horizon facebook sahifasi orqali bog’lanishingiz mumkin. Dasturimiz haqidagi fikr va mulohazalaringizni yozishingiz mumkin.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar