Toshkent haftanomasi 56-qism

Toshkent haftanomasi 56-qism

198284
Toshkent haftanomasi 56-qism

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, o'tgan xaftada Amerika Qo'shma Shtatlarining O`zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Pamela Leura Spratlenni qabul qildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, uchrashuv chog`ida AQSh elchisi ishonch yorliqlari nusxasini Abdulaziz Komilovga topshirgan.
Uchrashuv davomida O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi munosabatlarning holati hamda 2014 yil 1-2 dekabr kunlari Toshkent shahridagi o`zaro siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshish jarayoni muhokama qilingan.
Suhbat chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlariga alohida e`tibor qaratilgan.Shuningdek, ba`zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Avvalroq, Pamela Spratlen AQShning O`zbekistondagi yangi elchisi sifatida qasamyod qilgani haqida xabar berilgan edi. Bungacha AQShning Qirg`izistondagi elchisi sifatida ishlagan Spratlen 2011 yil iyunidan boshlab Toshkentda elchilik qilganjorj Krolni almashtirdi.

22 yanvar kuni O`zbekiston Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi bo`lib o`tdi. Senatning birinchi majlisida tashkiliy masalalar ko`rib chiqilgan.
Majlisda O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov farmoniga asosan senator etib tayinlangan O`zbekiston adliya vaziri Nig`matilla Jo`ldoshev Senat raisi etib saylandi.
52 yoshli Nig`matilla Jo`ldoshev 2011 yil iyunidan beri O`zbekiston adliya vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Majlisda shuningdek, Prezident farmoniga asosan senator etib tayinlangan Svetlana Ortiqova va Qoraqalpog`istondan senator etib saylangan Musa Erniyozov Oliy Majlis Senati raisi o`rinbosarlari etib tayinlandi.
Malumki, Svetlana Ortiqova bungacha Markaziy saylov komissiyasi raisi o`rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi, Musa Erniyozov esa Qoraqalpog`iston jo`qorg`i Kenesi raisi hisoblanadi.
Oliy Majlis Senati tarkibidagi olti qo`mita rahbarlari nomi ma`lum bo`ldi. Senatning yangi tarkibiga O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan tayinlangan Sodiq Safoev Tashqi siyosat masalalari qo`mitasi rahbarligini o`zida saqlab qolgan.
Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo`mitasiga Navoiy viloyatidan saylangan senator, Uchquduq tumani hokimi Faxritdin Umarov, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo`mitasiga esa Qoraqalpog`istondan saylangan, Qoraqalpoq davlat universiteti prorektori Botir Matmurotov saylangan.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasiga Toshkent shahridan saylangan, “Toshkent yo`lovchi vagonlarni qurish va ta`mirlash zavodi” rahbari Farrux Dadaxo`jaev, Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo`mitasiga esa Toshkent shahridan saylangan, Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi bo`limi mudiri Zayniddin Nizomxo`jaev saylangan.
Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitasiga esa Sirdaryo viloyatidan saylangan senator, Xovos tumani hokimi Ҳusnitdin Chinnibekov rahbarlik qiladigan bo`ldi.

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Saudiya Arabistoni elchisi Abdulrahmon ash-Shaya, O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud nomiga yo`llagan maktubida dalda va hamdardlik bildirganligi uchun o`zining samimiy minnatdorchiligini izhor etdi”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Vazirlik axborotida shuningdek O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 26 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, qirol Abdulloh vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirganligi xam malum qilinadi.
Malumki, Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh 23 yanvar, juma kuni 91 yoshida vafot etgan edi. Uning o`rnini valiahd-shahzoda Salmon egallagan edi.

O`zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 23 yanvar, juma kuni bo`lib o`tgan qo`shma majlisida O`zbekiston bosh vaziri nomi ma`lum bo`ldi.
O`zbekistonning yangi saylangan Oliy Majlisi O'zbekiston Liberal Demokratik Partiyasidan ko`rsatilgan Shavkat Mirziyoev nomzodini O`zbekiston bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi.
O`zbekiston Konstitutsiyasiga asosan, O`zbekiston bosh vaziri nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko`p deputatlik o`rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko`p deputatlik o`rinlarini qo`lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
Prezident esa taqdim etilgan bosh vazir lavozimiga nomzodni ko`rib chiqqanidan keyin o`n kun muddat ichida uni Oliy Majlis palatalarining ko`rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Ma`lumot uchun, 2014 yil dekabrida bo`lib o`tgan parlament saylovlarida O'zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi, eng ko`p deputatlik o`rnini qo`lga kiritgan va bosh vazir nomzodini ilgari surish huquqiga ega bo`lgandi. Partiya Shavkat Mirziyoevni bosh vazir o`rniga nomzod sifatida ko`rsatishi avvalroq ma`lum bo`lgandi.
.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti malumotlariga ko'ra, 2015 йилда Ўзбекистон иқтисодиёти 7 фоизга ўсади
Жорий йилда Ўзбекистонда ялпи ички маҳсулот ҳажми ўсиши 7 фоиз бўлиши кутилмоқда.
Бу ҳакда Birlashgan Millatlar Tashkilotiнинг “2015 йил учун дунёдаги иқтисодий вазият ва истиқболлар” номли ҳисоботида айтиб ўтилган.
Ҳисоботда қайд этилишича, 2014 йилда Ўзбекистонда ялпи ички маҳсулот 7,5 фоизга ўсди, 2016 йилда эса 6,9 фоизга ўсиши кутилмоқда.
Жорий йилда инфляция даражаси 8,8 фоиз, келгуси йили эса 8,5 фоиз бўлади.

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlis Senatining 22 yanvar, payshanba kuni bo`lib o`tgan birinchi majlisida Parijda Charlie Ҳebdo jurnali tahririyatida amalga oshirilgan terakt va undan keyingi voqealar yuzasidan fikr bildirdi.
O`zbekiston Prezidentining so`zlariga ko`ra, “Frantsiyadagi bu namoyishlar oladigan bo`lsak, bu kabi o`yinlarning barchasi xo`jako`rsinga, hammasi o`ziga soxta obro` topish uchun bo`lyapti”. “Diniy masalani o`rtaga qo`yish, diniy masalani siyosatlashtirish, din hisobidan obro` topishga urinish – bu birorta dinga yoqmaydi”.
“Men sizlarga aytsam, bu “o`yin”ning tomirida, negizida nimalar bo`layotganini, kimlar buni tashabbuskori bo`layotganini, buning orqasida qanday chuqur maqsadlar turgani [ma`lum]. E`tibor bering, dunyoda tinchlik yana mustahkamlanib borayotganida bitta shunaqa bemaza ish chiqib turadi”, – dedi O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov.
Islom Karimovning aniqlik kiritishicha, bu kabi voqealarni “populizm” deb baholashadi, bunday voqealar “o`ziga obro` topish uchun, kerak bo`lsa, o`ziga saylovlarda ko`proq ovoz olish uchun” uyushtiriladi. “Mana shunday o`yinlar uchun muqaddas Islom dinidan foydalanayotganlarni Xudo u dunyoda ham, bu dunyoda ham kechirmaydi”, – deya qo`shimcha qildi Islom Karimov.

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2015 yilning 23 yanvarida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senatining qo`shma majlisida so`zlagan nutqida dunyoning barcha davlatlari, birinchi navbatda qo`shni mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash kerakligini ta`kidlab o`tdi.
Davlat rahbarining so`zlariga qaraganda, geosiyosiy qarama-qarshilikning kuchayishi, ta`sir doiralari uchun olib borilayotgan kurash, radikalizm, terrorizm, ekstremizm bilan bog`liq tahdidlar havotirga solmay qo`ymaydi. Bunday vaziyatda tinchlik va xavfsizlikka bo`lgan tahdidning oldini olish, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash maqsadida davlatimizning printsipial pozitsiyasini va siyosatini aniq belgilash asosiy vazifa bo`lib qolmoqda.
Islom Karimov, o'z nutqida shuningdek, O`zbekistonning harbiy bloklarga qo`shilmasligini yana bir ta`kidladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar