Tafakkur gulshani 53-qism

Turkiya ovozi radiosida efirga uzatilgan “Tafakkur gulshani” nomli dasturimiz yangi 2015 yilda ham siz aziz muhlislar e’tiboriga havola qilinadi.

176900
Tafakkur gulshani 53-qism

 2014 yilda “Tafakkur gulshani” dasturi orqali juda katta masofa bosib o’tdik. 2015 yilda ham yana o’z maqsadlarimiz sari intilamiz. Ushbu yilda tinglovchilarimiz sonini yana ham kengaytiramiz degan umiddamiz.
Har doimgidek, dasturimiz orqali Turkiyadagi ta’lim sistemasi haqida batafsil ma’lumot olasiz va Turkiyadagi oliygohlar haqida yetarlicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo’lasizlar.

Dasturimizning bugungi sonida sizlarga Turkiyaning tezkor rivojlanib borayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalari bo’yicha dunyoda tutgan o’rni va turk ta’lim sistemasi haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.
Turkiya Respublikasi tezkor rivojlanib borayotgan ulkan davlat hisoblanadi. İqtisodiy, madaniy va ilmiy tuzilishi bilan dunyoning sanoqli davlatlari orasidan joy olmoqda. Turk universitetlari ham akademik va ilmiy sohada o’zini rivojlantirgan va xalqaro maydonda o’zini isbotlagan ta’lim dargohlaridir. Bu ma’noda Turkiyada tahsil olgan talabalar yaxshi kariyera va ish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ya’ni jahon miqyosida raqobatlashadigan kuchga ega bo’ladilar.
Ma’lum bo’lgani kabi, dunyoda ish bilan ta’minlash masalasi barchani qiyin ahvolga solmoqda. Yoshlarning ishsizlikka uchrash tahlikasi yetuk insonlarga nisbatan 3 barobar katta. Dunyo miqyosida tahminan 73 million inson ish izlamoqda. Xalqaro mexnat tashkilotiga ko’ra, millionlab yoshlar o’z sohasi bo’yicha mexnat qilmaydi. O’zlarini yetishtirish imkoniyatiga ega emas. Kundalik yoki yarim kunlik mexnat bilan o’ralishib qolgan ahvolda. Dunyodagi bu raqobat muhitida ijobiy o’zgarishlarni farqiga borib, bulardan oqilona foydalanish ham mumkin. Rivojlangan texnologiya va turli ehtiyojlar yangi kasblarning va mutahassislik sohalarining paydo bo’lishiga olib keladi.
Turli millatdan yoshlar ichida ta’lim olish, bir necha xorijiy til o’rganish, turli madaniyatlarga oshino bo’lish ushbu raqobat muhitida yoshlarni yuqori pog’onalarga olib chiqadi.
Bu bilan birga o’rtadagi uzoq masofalarga qaramasdan, yoshlar o’z kelajagi uchun eng to’g’ri yo’lni tanlagan holda ta’lim olishlari mumkin.
Turkiya faqatgina Yevropa va Osiyo qit’alari orasida geografik aloqa markazi bo’libgina qolmasdan, ayni paytda sharq va g’arb madaniyatlarining, dinlarning va urf-odatlarning birlashib yo’g’rilgan bir ko’prik vazifasini o’taydi.
Jahon miqyosida taqdirlangan turk ta’lim sistemasi umidlarini ro’yobga chiqarmoqchi bo’lgan yoshlarga quchoq ochar ekan, ayni paytda ularga turli ta’lim imkoniyatlarini yaratib bergan. Ohirgi yillarda Turkiyada universitet soni tobora ortib borar ekan, yoshlarning turar-joy va ijtimoiy ehtiyojlari ham nazardan chetda qolmayotir. Shuningdek, kam ta’minlangan talabalarga stipendiya imkoniyatlari ham yaratib berilgan.
2015 yil mobaynida efirga uzatiladigan “Tafakkur gulshani” nomli dasturimiz orqali Turkiyada tahsil olish haqida sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin. Qolaversa, web saytimiz www.trtuzbek.com va TRT Horizon facebook sahifamiz orqali kerakli ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Turkiyaning har tomonida mavjud bo’lgan oliygohlar, universitetlar haqida ma’lumot olib, kelajak sari to’g’ri qadam tashlashingiz mumkin.

Turk ta’lim sistemasi maktabgacha bo’lgan ta’lim, boshlang’ich ta’lim, o’rta maktab ta’limi va oliy ta’lim shaklidadir. Oliy ta’lim sistemasi qisqacha YO’K ya’ni Oliy ta’lim kengashi tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi. Turkiyada davlat universitetlari bilan bir qatorda, ko’plab xususiy va fond universitetlari ham mavjud. Turk universitetlarida o’qishlar sentyabr oyida boshlanadi va kelgusi yilning iyun oyida yakunlanadi. Ba’zi universitetlarda yozda ham o’qish davom etadi. Abituriyentlar turk universitetlarida tayyorlov kurslari, ya’ni podkurslar, fakultet, magistratura va doktoranturada tahsil olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Tayyorlov kurslari, ya’ni podkurslar 2 yil davom etadi va buni bitirgan yoshlar markaziy imtihonga kirmasdan to’g’ridan podkursda o’qiganiga doir guvohnoma oladilar.
Fakultetlar esa, umuman 4 yillik bo’ladi va tibbiyot fakulteti kabi ba’zi maxsus sohalarda o’qish 6 yil yoki undan ham ko’proq davom etishi mumkin.
Magistratura ta’limining esa, turlari bor. Dissertasiya ya’ni ilmiy ish yoziladigan magistratura ta’limi umuman ikki yil davom etadi. İlmiy ishsiz faqatgina nazariy jihatdan o’qish esa 1 yarim yil davom etadi.
Doktoranturada o’qish muddati 4 yil davom etadi.

Xurmatli tinglovchilar yangi yilga qadam bosar ekanmiz, sizlardan bir-biridan chiroyli va mazmunli maktublar oldik. Bulardan biri Turkiyaga Somalidan kelib Eskishehirdagi Osmangazi Universitetida tahsil olayotgan Amal Abdullahi Muhamed ismli muhlisimizdir. Endi esa ularning bizga yo’llagan maktubidan qisqacha o’qib eshittirmoqchimiz:
“O’zim uchun soham bo’yicha yuqori darajaga ko’tarilishni orzu qilaman. Tibbiyot sohasida yetuk kadr bo’lib yetishib insonlarga yordam berishni, ularni davolashni orzu qilaman. Vatanimga foydali inson bo’lishni hayol qilaman. Qolaversa, mendan umidvor bo’lgan oilamning umidlarini puchga chiqarmaslikka harakat qilaman. Yangi 2015 yilda turk xalqi va butun dunyoda tinchlik-hotirjamlik hukm surishini tilayman. 2015 yilda maqsadlarimga erishishni istayman. Kelajakda muvaffaqiyatli komil inson bo’lish uchun intilaman”-deydi muhlisimiz bizga yozgan maktubida…
Biz ham Turkiya ovozi radiosi xodimlari sifatida Somalidan muhlisimiz Amalga minnatdorchilik bildiramiz. Orzulari ro’yobga chiqishini istagan holda bugungi dasturimizni yakunlaymiz. 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar