Toshkent haftanomasi

Toshkent haftanomasi

166025
Toshkent haftanomasi


2014 yilning 26 dekabr kuni Toshkentda O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha hukumatlararo qo`shma komissiyasining 14-yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Jig`ilishda O`zbekiston Respublikasi nomidan bosh vazirning birinchi o`rinbosari Rustam Azimov hamda Qozog`iston Respublikasi bosh vazirining birinchi o`rinbosari Bakitjon Sagintaev qatnashdi.
Rustam Azimov ta`kidlab o`tganidek, ushbu hukumatlararo hamkorlik komissiyasining 2013 yil iyun oyida Ostonda bo`lib o`tgan oxirgi yig`ilishidan beri o`tgan davr mobaynida O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-ijtimoiy sohalarda o`zaro manfaatli aloqalar kengaydi va mustahkamlandi.
“Ҳamkorligimizning rivojlanishini tavsiflashda yaqin yillar ichida oliy darajadagi ikkita tashrif – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Qozog`istonga tashrifi va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning 2013 yilning 13-14 iyun kunlari O`zbekistonga tashrifi uyushtirilgani aytib o`tishning o`zi kifoya qiladi. Davlatlarimiz rahbarlarining oxirgi uchrashuvlari natijalari bo`yicha erishilgan kelishuvlar strategik hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga katta turtki bergani, uzoq kelajakka mo`ljallangan ustuvor yo`nalishlarni aniqlaganini alohida aytib o`tish lozim”, deydi R.Azimov.
Bosh vazirning birinchi o`rinbosari, shuningdek, kun tartibidagi dolzarb masalalarni tor doirada muhokama qilish davomida ikkala tomonning fikrlari bir-biriga mos kelishi va ikkala davlat o`rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning ahvoli va ularni rivojlantirish bo`yicha hech qanday printsipial kelishmovchiliklar yo`qligini ta`kidlab o`tdi.
O`zbekiston va Qozog`iston Respublikalari o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha hukumatlararo qo`shma komissiya 1997 yildan o`z faoliyatini boshlagan. Ҳozirgi kunda komissiyaning O`zbekiston tomonidan raisi Bosh vazir birinchi o`rinbosari Rustam Azimov bo`lsa, Qozog`iston tomondan Qozog`iston Respublikasi Bosh vazir birinchi o`rinbosari Bakitjon Sagintaev komissiya raisi hisoblanadi.
Ta`kidlash joizki, 2013 yil 4 iyunda bo`lib o`tgan hukumatlararo komissiyaning so`nggi yig`ilishida savdo-iqtisodiy, energetika, transport, suv-energetika va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan edi.

4 Yanvar kuni 22 ta saylov okrugida Oliy Majliy Qonunchilik palatasi deputatligiga takroriy saylovlar bo'lib o'tadi.
25 dekabr kuni O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisining o`rinbosari Svetlana Ortiqova Oliy Majliy Qonunchilik palatasi deputatligiga 21 dekabr kuni bo`lib o`tgan saylov natijalariga bag`ishlangan brifingda ishtirok etdi.
Svetlana Ortiqovaning aytishicha, Markaziy saylov komissiyasiga saylov yakunlariga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan saylov to`g`risidagi qonunchilik talablari buzilganligi yuzasidan ma`lumot va murojaatlar tushmadi.
Markaziy saylov komissiyasida parlament quyi palatasiga saylov yakunlari ko`rib chiqildi va saylov okruglarida hamda O`zbekiston ekologik harakatining Konferentsiyasida saylangan deputatlar ro`yxatga olindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov bo`yicha tuzilgan 135 ta saylov okrugidan 127 tasida bitta deputatlik mandati uchun 4 nafardan nomzod, 8 tasida 3 nafardan nomzod kurash olib bordi.
Respublika bo`yicha saylovchilar ro`yxatiga 20 million 789 ming 572 nafar saylovchining familiyasi kiritilib, saylovda 18 million 490 ming 245 nafar yoki saylovchilarning 88,94 foizi qatnashdi.
Ovoz berish natijalariga ko`ra, 113 ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylandi. Ularning 47 nafari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiyadan, 28 nafari “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan, 21 nafari Xalq demokratik partiyasidan va 17 nafari “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan.
21 dekabr kuni O`zbekiston ekologik harakatining Konferentsiyasida ham 15 nafar deputat saylandi.
Saylangan deputatlar orasida iqtisodiyot sohasi vakillari – 31 kishi, ta`lim sohasi vakillari – 26 kishi, huquqshunoslar – 33, ishlab chiqarish sohasi vakillari – 21, tibbiyot sohasi -7, jamoat tashkilotlari – 3, boshqa soha vakillari – 7.
Deputatlarning 43 nafari magistr, fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajalariga ega.
Deputatlar tarkibida o`zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, koreys millatlarining vakillari bor.
Saylangan 128 nafar deputatning 21 nafari xotin-qizlardir.
Deputatlarning 38 nafari oldingi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bo`lgan.
22 ta saylov okrugida nomzodlarning birortasi ham saylanish uchun zarur ovozni to`play olmadi. Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi mazkur okruglarda 2015 yil 4 yanvar kuni takroriy ovoz berishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha tadbirlar dasturini tasdiqlash to`g`risida qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo viloyatilarida va Toshkent shahrida bittadan, Namangan, Toshkent viloyatlarida ikkitadan, Farg`ona viloyatida uchta, Surxondaryo viloyatida beshta saylov okrugida takroriy ovoz berish o`tkaziladi.
Saylov qonunchiligiga binoan, takroriy ovoz berish 22 ta saylov okrugining har birida asosiy saylovda saylovchilarning eng ko`p ovozini olgan ikki nafar deputatlikka nomzod bo`yicha o`tkaziladi.
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko`proq olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanadi.

Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida Yangi yil bayrami tantanalari boshlandi.
Bu yilgi bayram shodiyonalarini tashkil etishda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O`zbeknavo» estrada birlashmasi, «O`zbekteatr» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, O`zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, Toshkent shahar hokimligi, «Toshshaharnur» davlat unitar korxonasining hissasi katta bo`ldi.
Maydondagi ulkan sahnada O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari ijrosida “Yangi yil sarguzashtlari” nomli teatrlashtirilgan tomosha namoyish etilmoqda.
Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, Akademik va xalq badiiy jamoalari direktsiyasining ansambl va xonandalari, teatr va tsirk san`ati ustalari, taniqli san`atkorlar, yosh ijrochilar, O`zbekiston san`at va madaniyat instituti, O`zbekiston davlat konservatoriyasining talabalari o`zlarining rang-barang musiqiy dasturlarini taqdim qilmoqda.
Nasriddin Afandi, Shum bola, Egri va To`g`ri, sehrli shamchiroq egasi Oloviddin, mehnatsevar Zumrad va erka Qimmat ishtirokidagi tomoshalar bolalarga bir olam quvonch, unutilmas taassurot ulashmoqda.
Maydondagi 70ga yaqin attraktsion, 50ka yaqin savdo shoxobchasi bayramni yanada ko`tarinki ruhda o`tkazish uchun xizmat qilmoqda.
Ayni paytda Toshkentning boshqa madaniyat va istirohat bog`lari, maydon va xiyobonlarida ham Yangi yil tantanalari bo`lib o`tmoqda.

O`zbekistonda prezidentlik saylovi 2015 yilning 29 martida bo`lib o`tadi
26 dekabr kuni O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo`lib o`tdi.
Uni komissiya raisi Mirza-Ulug'bek Abdusalomov boshqardi.
Majlisda O`zbekiston prezidenti saylovi kunini 2015 yil 29 mart, yakshanba kuni deb belgilash to`g`risida qaror qabul qilindi.
Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi 2014 yilning 26 dekabridan prezidentlik saylovi bo`yicha saylov kampaniyasining boshlanganini e`lon qildi.
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi majlisida prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish 
Namangan viloyatida sinov tariqasida quyosh elektr stantsiyasi ishga tushirildi
Namangan viloyatining Pop tumanida sinov tariqasida quvvati 130 kilovatt bo`lgan quyosh fotoelektr stantsiyasi ishga tushdi.
Ushbu loyiha “O`zbekenergo” kompaniyasi tomonidan janubiy Koreya otoelektr sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
“O`zbekenergo”ning ma`lum qilishicha, fotoelektr stantsiyasiga Ҳanhwa, JSPV, S-Energy va TopSum kompaniyalari uskunalari o`rnatilgan bo`lib, ularning ishlab chiqarish quvvatlari O`zbekistonning tabiiy sharoitlarida sinovdan o`tkaziladi.
Loyiha Pop tumani Kandigon mahallasida elektr ta`minoti barqarorligini ta`minlashga yordam beradi, shuningdek, O`zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish bo`yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun tajriba vazifasini ham o`taydi.

O`zbekistonda 2015 yilda 3,5 milliard dollarlik xorijiy investitsiya o`zlashtirilishi rejalashtirilmoqda.
O`zbekistonda 2015 yilda 156 ta investitsiya loyihasi bo`yicha 3 milliard 534 million dollarlik xorijiy investitsiya o`zlashtirilishi rejalashtirilmoqda.
O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov qarori bilan tasdiqlangan 2015 yil investitsiya dasturiga muvofiq, ko`rsatilgan hajmda 76 loyiha bo`yicha 965 million dollar davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar, 80 loyiha bo`yicha 2,569 milliard dollar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o`zlashtirish ko`zda tutilgan.
Eng katta hajmdagi xorijiy investitsiyalar − 2,299 milliard dollar miqdorida 35 loyiha bo`yicha issiqlik-energetika sohasida o`zlashtirish rejalashtirilgan.
Bundan xorijiy kompaniyalarning 2,071 milliard dollarlik to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalari neft-gaz sohasidagi 15 ta loyihaga yo`naltirilishi ko`zda tutilmoqda.
jumladan, Kogas boshchiligadagi koreys kompaniyalari konsortsiumi, Xitoyning CNPC kompaniyasi, Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi amalga oshirilayotgan loyihalar inobatga olingan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar