Turk urf-odatlari dasturi...

Muhammad payg’ambar “Yer yuzidagi mahluqotlarga shafqatsizlik qilganlarga Olloh shafqat ko’rsatmaydi, mehri bo’lmagan insonga mehr ko’rsatilmaydi”-deydi.

135691
Turk urf-odatlari dasturi...

Avvalgi dasturlarimizdan birida hayvonlar to’g’risidagi irimlarga ishongan xalqlar haqida hikoya qilgan edik. Bugungi dasturimizda ham o’sha mavzuga to’xtalib o’tamiz. Mifologiyaga ko’ra, Olloh insonni yaratganda itni inson badanining yoniga qo’riqchi qilib qo’yadi. Shayton itga qishda kiyishi va yozda chiqarishi uchun issiq teri berishga va’da berib, buning evaziga itdan insonni yolg’iz tashlab ketishini talab qiladi.
Rivoyatlarga ko’ra, it insonni shayton bilan yolg’iz tashlab ketish evaziga olgan issiq terini Olloh jazolantirgani uchun hech qachon ustidan chiqara olmaydi. Anadoluda it bilan bog’liq juda ko’p irimlar mavjud. İtlar aslida o’z egasiga juda sodiq bo’lgan hayvonlardir. Shu sababli Anadoluda hovli uylarda albatta it boqiladi, lekin uyning ichiga aslo kiritilmaydi. İt kirgan uyga malak ya’ni parishtalar kira olmasligiga ishoniladi. İtning boshini yuqoriga ko’tarib, bo’ri kabi uvillashi hayr alomati emas, ya’ni yomon hodisa ro’y berishiga ishoniladi. E’tiqodlarga ko’ra, itlarning behuda hurishi zilzila ro’y berishidan darak beradi. Anadolu xalqi itlarning zilzilani oldindan sezishishiga ishonadi.

İtdan qo’rqqan insondan o’ziga xos hid chiqishiga va bu hidni sezgan itlar o’sha kishiga tashlanishiga ishoniladi. Anadoluda itdan qo’rqib ketgan odamga bu qo’rquvini yengishi uchun “7 qardosh o’ti”ni suvda qaynatib ichirishadi.
Osmonga qarab hurigan it havolarning soviy boshlashidan dalolatdir. İt orqamacha dumalasa yomg’ir yog’ishi tahmin qilinadi. İt janozaning orqasidan hurisa o’sha ko’chada yana bir janoza bo’lishiga ishoniladi. İtlarning bir uyning oldida uyning eshigiga qarab huradigan bo’lsa, o’sha honadonda birining vafot etishiga ishoniladi.
Anadoluda itdan tashqari mushuk ham boqiladi. Anadolu insonining hayvonlarga bo’lgan sevgisi, mehr-shafqatining asosida islom dinining hayvonlarga bergan qiymati aks etadi. Muhammad payg’ambarning mushuklarga bo’lgan sevgisi ham islom dinining hayvonlarga bo’lgan ko’z-qarashini namoyon qiladi.
Hadislar hayvonlarga ko’rsatilgan mehr-shafqatning javobsiz qolmasligini zikr etadi. Muhammad payg’ambar “Yer yuzidagi mahluqotlarga shafqatsizlik qilganlarga Olloh shafqat ko’rsatmaydi, mehri bo’lmagan insonga mehr ko’rsatilmaydi”-deydi.
Mushuk boqish sunnatdir. Muhammad payg’ambar Uhud safarida lashkarining oldidan chiqqan bolalarini emizayotgan mushukni ezmaslik uchun tadbir olgan ekan va o’sha mushukni asrab olib ismini Muezza qo’ygan ekan.
Muezzaning og’zida ust tomog’ida dog’lar bor ekan. Bugun Anadoluda tomog’ida dog’i bo’lgan mushuklarning Muezzaning naslidan bo’lgani aytiladi.
Muhammad payg’ambar mushugini juda yaxshi ko’rishi va uni doimo asrab avaylashi anglatiladi.
Kunlardan bir kun Muhammad payg’ambar ustida uhlab yotgan mushugini uyg’otmaslik uchun kiyimini yirtgan holda o’rnidan turib ketadi. U shaklda mushukni uyg’otmaydi. E’tiqodlarga ko’ra, Muhammad payg’ambar mushuklarning orqasini silagani uchun mushuklar doimo 4 oyoq ustiga tushadi deyiladi.
Abdurrahman Bin Sahr ismli bir sahoba ko’chada qolgan mushuklarni uyiga olib ketadi, ularga ovqat beradi, mehr ko’rsatadi va parvarish qiladi. Kunlardan bir kuni bu zot yo’lda mushuk bolasini topib oladi va yo’lda ketayotgan paytda Muhammad payg’ambar bilan uchrashib qoladi. Muhammad payg’ambar bir narsa demasin deya mushukni darhol kiyimi ichiga yashirib oladi. Payg’ambar “Kiyimingni ichiga nima yashirding”-deb so’ragach, noiloj mushukni chiqaradi. Muhammad payg’ambar mushuk bolasining boshini silaydi va sahobaga uyalma, hatto bu xususiyating bilan maqtansang arziydi. Sen bu mushukning otasisan”-deydi.
O’sha kundan beri aholi bu sahobaga “mushuk otasi” ma’nosini bildirgan “Ebu Hureyre” deb nom beradilar. Sahobalarning va juda ko’p ulug’ zotlarning uyida mushuk boqishi ba’zi manbalarda yozib qoldirilgan.
Anadoluda ham mushuk bilan bog’liq juda ko’p irimlar bor. Bu irimlarga ko’ra, qora mushuk baxtsizlik olib kelishiga ishoniladi. Yaxshi chiqishgan ikki odam arazlashib qolganda “Oralariga qora mushuk kiribdi” degan ta’birni tilga oladilar.
Mushukning itlarga qaraganda nonko’r ekani va yaxshilikni tezda unutib yuborishi aytiladi. Momiq mushukning boshida 5 ta qora chiziq bo’lgan taqdirda, o’sha mushukka payg’ambarning qo’li tekkan deyishadi. Qorong’uda insonning oldidan mushuk o’tib ketsa, baxtsizlik olib kelishiga ishoniladi.
Qorong’uda insonning oldidan o’tib ketgan mushuk baxtsizlik olib kelishi va bu mushukka tosh otish, quvish, uni och qo’yish yomon oqibat olib kelishiga ishoniladi. Agar mushuk qo’llari bilan yuzini yuvsa, uyga mehmon kelishi bashorat qilinadi.
Qolaversa, qo’llari bilan yuzini yuvib tozalansa, tahorat oldi deyishadi. O’rta Osiyoda yashagan turklar ichida yangi uyga ko’chishdan oldin bir mushuk olib kelinadi, agar mushuk yangi uyga kirsa, o’sha uyda baxtli bo’lishiga, agar kirmasa o’sha uyda shayton borligiga ishoniladi. İslom dinida hayvonlarga bo’lgan e’tibor va Muhammad payg’ambarning mushukka bo’lgan mehr-shafqati Anadolu xalqiga ham ta’sir ko’rsatgan. Shu sababli ular onggida mushuk o’ldirishning jazosi 7 ta jomey qurish bilan barobar ekaniga ishoniladi.
G’oz ham turk madaniyatida alohida o’ringa ega. G’oz ba’zi turk qabilalarida muqaddas jonzot deb qabul qilingan. Mifologiyada ham alohida o’ringa ega bo’lgan g’oz shamanlarda ham muhim vositalardan biri bo’lgan. Ular foydalangan dovul ustida g’ozning rasmi joylashgan. G’oz bilan bog’liq e’tiqodlar O’rta Osiyodan, islom dinidan oldingi davrlardan kunimizgacha yetib kelib o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Anadoluda yashagan Tahtachi turkmanlar hozirda ham g’ozning oyog’i tasviridagi emblemalar, ramzlar va tamg’alarga ahamiyat berishadi. Bu turkman qabilaning g’ozga nisbatan bo’lgan qiziqishi diniy asoslarga borib taqalgani kuzatiladi.
Tahtachi turkmanlarga ko’ra, g’oz Hazrati Alining o’ldirilishini oldindan sezgan hayvondir. Tahtachi turkmanlar Hazrati Ali jomeyda o’ldirilgan kuni uyining bog’idagi g’ozlar uning o’ldirilishini sezgani uchun Hazrati Ali jomeyga ketayotgan payt uning oldini to’sib ko’ylagidan torgani rivoyat qilinadi.
Shu sababli Tahtachi turkmanlarda g’ozni ovlash gunoh hisoblangan. Anadoluning ba’zi hududlarida bir uyning oldidan g’oz uchib o’tadigan bo’lsa, o’sha uydan janoza chiqishi bashorat qilinadi.
O’tmishdan kunimizgacha qadimgi e’tiqodlarning qoldiqlari bo’lgan ko’plab irimlar islomiy tushuncha bilan to’yinib kunimizgacha yetib kelgan va davom etmoqda.


Gazi universiteti Adabiyot fakulteti turk tili va adabiyoti bo’limi ta’lim a’zosi dotsent doktor Fatma Ahsen Turan tomonidan tayyorlangan dasturni e’tiboringizga havola qildik.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar