Xorijiy Matbuot sharhlari 07.03.2019

Bugungi xorij matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha sarlavhalar to'plami.

1158889
Xorijiy Matbuot sharhlari 07.03.2019

Londonda chop etilgan arab tilidagi “Alsharq Alawsat” nashri: Suriyaning sharqidagi DEASh terror tashkilotining oxirgi qal’asida jasad xidlari yoyilar ekan, tirik qolganlar o’tlarni yeb kun kechirmoqda.  

Livanning “al-Mustaqbal” gaetasi: Prezident Erdo'g’anning S-400 zenit-raketa tizimini olish haqidagi qarori qat’iydir.

Qatarning “Al-Raya Al-Katariya” nashri: Qatar dunyodagi o’rnini mustahkamlar ekan, Dohani qurshab olgan mamlakatlar sarson bo’lmoqda.

Germaniyaning “Wirtschaftswoche” gazetasi: Turkiya-Erdo’g’an, inflyatsiyani 6-7 foizga tushirmoqchi.

Germaniyaning “DW” telekanali:  Venesuela, Germaniya elchisini deportatsiya qilmoqda.

Germaniyaning “ARD” telekanali:  Muhojirlar orasida urush jinoyatchilari, minglab ogohlantirishlarga qaramay e’tibor berilmadi.

Ispaniyaning “El País” gazetasi: Maduro, Germaniya elchisini mamlakatdan haydadi. Bu vaziyat Venesuela bilan Yevropa munosabatining sovushiga yo’l ochdi. Venesuelalik lider nemis diplomatni, mamlakatning ichki ishlariga aralashishlikda ayblamoqda.

Ispaniyaning “El Mundo” gazetasi: Bask hududida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra 2018-yili ayollarga nisbatan qo’l urilgan jismoniy va jinsiy tajovuzlar 28.71 foizga ortgan.  

Argentinaning “El Clarin” gazetasi: Prezident Jair Bolsonaroning mamlakatdagi karnaval haqidagi bahsga yo’l ochgan so’zlaridan keyin Braziliya hukumati, prezidentning karnavalni tanqid qilish niyatida emasligini qayd etdi.

Xalqaro “France 24” kanali: Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jean Yves Le Drian: Jazoirda saylov jarayonining kuchga kirishini kutish lozim.

Fransiyaning “Le Monde” gazetasi: “Huawei Amerika hukumatini sudga berdi.

Fransiyaning “Libération” gazetasi : “Kanada: Siyasi bo'ron hisoblangan Justin Trudeauni tahdid qilmoqda.

Rossiyaning “Izvestiya” gazetasi: Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Rossiyaning Su-27 rusumidagi uchog’ining AQShning RC-135 rusumidagi uchog’i tomonidan Boltiq dengizi ustida kuzatuvga olinishi haqidagi video lavhani namoyish etdi.  

Rossiyaning “Nezavisimaya” gazetasi: Lavrov: Rossiya Federatsiyasi Amerika raketalarining dunyoning qaysidir nuqtasiga o’rnatilishiga simmetrik javob berish huquqini yashirin tutadi.

Rossiyaning “www.lenta.ru” axborot sayti: AQSh Belarusning Qrim masalasiga bo’lgan munosabatini qo’llab-quvvatladi. AQSh Tashqi ishlar vazirligi vakili Belarusning Rossiyaning Qrim ustidagi hokimiyatini qabul qilmasligini ijobiy tusda baholadi.

 

 



Aloqador xabarlar