Haftalik xorijiy matbuot sharhlari 28.12.2018

Xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi sharhlar...

1115239
Haftalik xorijiy matbuot sharhlari 28.12.2018

                    

 

Fransiya, AFP xabar agentligi: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQSh prezidenti Donald Trampni Suriyada terror tashkiloti DEAShdan qolgan hududlarda xavfsizlikni yakka o’zi ta’minlashga ko’ndirgan holda mamlakatdagi taxminan 2 ming Amerika askarini Suriya hududlaridan olib chiqib ketish qarori olinishiga ta’sir ko’rsatdi.

Germaniya, DPA xabar agentligi: Turkiya Suriya chegarasida terror tashkiloti YPG va PKKga qarshi harbiy amaliyot boshlashdan oldin mintaqaga harbiy qo’shin joylashtirishni davom ettirmoqda.

Germaniya, Der Spiegel jurnali: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQSh prezidenti Donald Trampni Turkiyaga taklif qildi. Oq uy ma’muriyati prezident Erdo’g’anning taklifiga ijobiy javob berdi.

Buyuk Britaniya, Reuters xabar agentligi: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQShning Suriyadan o’z qo’shinini olib chiqib ketish qarorini atroflicha muhokama qilish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Rossiya, “Rossiyskaya” gazetasi: Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin “Turkiya AQShdan patriot raketa tizimlarini sotib olishi mumkin, biroq bu Rossiya mahsuloti bo’lgan S-400 mudofaa tizimlarini sotib olish to’g’risidagi rejalarga ta’sir ko’rsatmaydi”,-dedi.

Avstriya, Wiener Zeitung gazetasi: Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Fransiyani Suriyada faol bo’lgan terror tashkiloti YPG va PKKga yordam bermaslik bo’yicha ogohlantirdi.

Eron, ISNA xabar agentligi: Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin Suriya hukumatini keskin ogohlantirgan holda “Idlibdagi kuzatish nuqtalarida xizmat qilgan turk askarlariga hujum qilingan taqdirda, bu dunyoni senga tor qilamiz”,-dedi.

Rossiya, Ria Novosti xabar agentligi: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an mamlakatda kosmik agentlik tashkil qilinishini tarixiy qadam deb baholadi va bu Turkiyani fazo texnologiyalari bo’yicha tadqiqot olib borishda old saflarga yetaklashini bildirdi.

Yaponiya, Nihon Keizai Shimbun gazetasi: Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y 2019 yilda Turkiyaga keladigan xorijlik sayyohlar soni 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshgan holda 50 mlnga yetishi kutilganligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xorij matbuoti , #gazeta

Aloqador xabarlar