Haftalik Matbuot sharhlari 05.10.2018

Xorijiy matbuotda yoritilgan Turkiya haqidagi xabarlar...

1063090
Haftalik Matbuot sharhlari 05.10.2018

 

Rossiya ovozi radiosi: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya bilan tuzilgan Idlib kelishuvi natijasida buyuk qochqinlar oqimining oldi olinganligini ma’lum qildi.

Avstriyada faoliyat ko’rsatgan Die Presse gazetasining yozishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Germaniyaga tashrifi ortidan Germaniyaning “Siemens” kampaniyasi Turkiyaga yangi investitsiya kiritmoqchi.  Ushbu kampaniya Turkiyada tibbiy jihozlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Associated Press xabar agentligining xabariga ko’ra, Suriya shimolidagi strategik ahamiyatga ega bo’lgan Munbich viloyati atrofida, taxminan 1 oy ichida Turkiya va Amerika askarlari hamkorlikda nazoratni ta’minlay boshlashi kutilmoqda.

Italiyaning ANSAmed xabar markazi yozishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an oktyabr oyining ikkinchi yarmida Istanbulda Turkiya, Rossiya, Fransiya va Germaniya ishtirokida Suriyaga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazilishini ma’lum qildi.

Reuters xabar agentligi: Iqtisodiyot sohasida olingan bir qator chora-tadbirlar natijasida Turkiya iqtisodiyotidagi o’sish davom etmoqda. Sentyabr oyidagi eksport natijalari ijobiy ko’rsatgichga erishdi.

Ria Novosti rasmiy xabar agentligi: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya bilan nafaqat mudofaa sohasida, balki butun sohalarda munosabatlarni rivojlantirish tarafdori ekanligini va bu munosabatlarga zarar berishni ko’zlagan har qanday provokatsiyani bartaraf etish mumkinligini bildirdi.

AFP xabar agentligi: Germaniyaning Koln shahrida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashrifi bilan Yevropaning eng yirik jome’-masjidi xizmatga ochildi. Mazkur jome’ Turkiya din boshqarmasi homiyligida barpo etildi.

Deutsche Welle xabar sayti: 24 iyundagi saylovlardan so’ng, prezidentlik boshqaruv shakliga o’tgan Turkiyada parlament yangi davrda o’z faoliyatini boshladi.

Xitoy xalqaro radiosi (China Radio International): Turkiya oliy majlisi tashqi ishlar komissiyasi rahbari Volkan Bozkir Ankarada Kambochya elchixonasi ochilishi to’g’risida qaror olinganligini ma’lum qildi.

Eronning Forstoday radio va internet sayti: Turkiya bilan Eron qishloq-xo’jaligi sohasida hamkorlikni yanada kuchaytirmoqda. İkki mamlakat asosan issiqxona va za’faron mahsuloti ishlab chiqarish bo’yicha mushtarak qo’shma loyihalarni ishlab chiqarmoqchi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xorijiy matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar