Xorijiy Matbuot sharhlari 03.01.2018

Xorij matbuotida Turkiya haqida o'rin olgan ba'zi xabarlarning qisqacha to'plami.

881230
Xorijiy Matbuot sharhlari 03.01.2018

Rossiyaning Sputnik internet sayti: “Turkiya Erondagi barqarorlikning saqlab qolinishiga katta ahamiyat berganligini qayd etdi”. Turkiya Eronda tinchlik va barqarorlikning saqlab qolinishiga katta ahamiyat berganligini qayd etdi. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda Eronda 28-dekabr kuni boshlagan namoyishlarning davom etganligi va kelib chiqqan voqealar oqibatida jon berganlarning borligi shuningdek, davlatga qarashli binolarga ziyon yetkazilganligi haqidagi ma’lumotlarning chuqur qayg’uga solganligi ta’kidlandi. Turkiyaning do’st va qardosh Eronning ijtimoiy tinchlik va barqarorligining saqlab qolinishiga katta ahamiyat berishi eslatilgan bayonotda Prezident Hasan Ruhoniyning “xalqning tinchlik yo’li bilan namoyish o’tkazish huquqi borligi lekin qonunlarga amal qilishlik, davlat mol va mulkiga ziyon yetkazmaslik kerkaligi” haqidagi bayonoti e’tiborga olingan holda, shiddatdan uzoq turishlik va ig’vorgarchiliklarga yengilmaslik kerakligi belgilab o’tildi.

Qrimning QHA axborot agentligi: “Turk mehmonxonachilar 2018-yilga atalgan o’z rejalarini ma’lum qildi”. Turkiya mehmonxonachilar federatsiyasi raisi O’sman Ayik 2018-yili 2014-yildagi raqamlarga qayta chiqishni rejalashtirganliklarini qayd etdi. Federatsiya raisi bu haqida, “Turkiyaning turizm tarmog’idagi eng muvaffaqiyatli yili 2014-yil edi. Chunki o’sha yili Turk turizmi qariyb 40 million chet ellik sayyohni mehmon qilib qariyb 35 milliardlik daromad qo’lga kiritdi. O’tgan 2-3 yil ichida bu raqamlarni ko’rolmadik. Bu yili yani 2018-yili bizning eng buyuk maqsadimiz takror 2014-yildagi raqamlarga chiqishdir” deya gapirdi. 

Pokistonning “Jang” gazetasi: Chavusho’g’li, “Bir necha Yevropa davlati Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirishini qo’llab-quvvatlamoqda” dedi.  Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bir necha Yevropa davlatining Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirishini qo’llab-quvvatlaganligini qayd etdi. Germaniyaning axborot agentligiga bergan bayonotida Chavusho’g’li, Anqara hukumatining haligacha Turkiyaning YI tarkibiga to’laqonli kirishini xohlaganligini bildirdi. Shu doirada, “YI Turkiyani o’z tarkibiga qo’shishni xohlamasa bu ularning masalasi lekin Turkiya haligacha YI tarkibiga to’laqonli kirishni xohlaydi. Germaniya, Avstriya va Daniya kabi a’zoligimizga qarshi chiqqan oz sondagi mamlakatlar bor” deya gapirdi. 



Aloqador xabarlar