Xorijiy Matbuot sharhlari 20.12.2017

Bugun xorijiy matbuotda o'rin olgan Turkiya haqidagi ba'zi muhim xabarlarning qisqacha to'plami.

872102
Xorijiy Matbuot sharhlari 20.12.2017

Rossiyaning Sputnik axborot agentligi: “Turk oqimi loyihasi Turkiyaning kuchiga-kuch qo’shadi”. Rus gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazib berishni ko’zda tutgan Turk oqimi loyihasi Turkiyaning energiya xavfsizligini orttirishi jihatidan muhim o’ringa ega. Loyiha yo’lga qoyilganida Gretsiya bosh bo’lish bilan birga Yevropa davlatlari energiya tarmog’ida Turkiya bilan yana-da yaqin hamkorliklar yo’lga qoya boshlaydi. Zero yaqinda Gretsiya gazni Turkiya orqali qo’lga kiritadi. Mutahassislarning aytishicha quvir liniyasi loyihasi Turkiya bilan Yevropaning siyosiy munosabatlaridagi barqarorlikga ham ijobiy hissa qo’shadi.

AQShning CNN xalqaro axborot agentligi: “Dunyoning sanoqli dayving markazlaridan biri Turkiyaning Eskishahar viloyatida”. Turkiyaning Eskishahar viloyatining Chifteler tumanida Sakarya daryosi boshlagan nuqtada paydo bo’lgan shirin suv dayving maydoni dunyoning sanoqli markazlaridan biri hisoblanadi. Sakaryabashida bir necha sport faoliyatlari shu jumladan ko’pincha suv sport turlari bilan shug’ullanilar ekan mijozlar nafaqat Turkiyadan balki dunyoning boshqa bir necha davlatidan ham tashrif buyurmoqda. Shuningdek mintaqada kanoe va ajdaho qayiq poygasi ham o’tkazila boshladi. Sakaryabashi hozirda suv sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan bir necha musobaqa uchun nomzod desak mubolag’a bo’lmaydi.    

Eronning Fors axborot agentligi: “Rizespor bilan Persspor qarosh klub bo’ldi”. Turkiyaning Chaykur Rizespor klubi bilan Eronning super liga jamoasi Persspor o’rtasida qardoshlik shartnomasiga qo’l qo’yildi. Ikkala klub o’rtasida oldin eronlik futbolchi Mehdi Taramiy ustidan bir tushunmovchilik yuz bergan edi. Shu bois nomi tilga olingan ikkala klub yetakchilari o’rtasida bo’lib o’tgan muzokara ortidan ikkala jamoa qardosh klub bo’lish borasida qaror qabul qildi. Aytib o’tish joizki FIFA 2016-2017 mavsumida Rizespor bilan bo’lgan shartnoma qoidalariga amal qilmagan eronlik futbolchiga 4 oylik jazo berar ekan futbolchini o’z jamoasiga transfer qilgan Eron jamoasi Perepolisga esa 2 mavsum mobaynida futbolchi transfer qilishni man etish yo’li orqali jazo bergan edi.

AQShning Turkish American veb portali: “Jean-Claude Van Damme Turkiyadagi bir fitness markazining sherigi bo’lish niyatida”. Mashhur Gollivud yulduzi Jean-Claude Van Damme o’z nomi bilan faoliyat olib borgan bir fitness-markazining sherigi bo’lish haqidagi shartnomaga qo’l qo’yish uchun Turkiyaning Kojaeli viloyatining Izmit tumaniga tashrif buyurdi. Fitness markazi ochiladigan rezidans qurilishida matbuot anjumani uyushtirgan Van Damme, “Izmit, Kojaeli menga judayam yoqdi. Istanbulning atrofida bunday ajoyib bir joy borligini bilmas edim. Turkiyada ekanligimdan xursandman. Men sportni judayam yaxshi ko’raman. Har doim yaxshi fitness markazi tizimini ko’rsatishni, tanitishni orzu qilar edim. Bu loyiha global mohiyatta. Birinchi o’rnagini Izmitda yo’lga qo’ymoqchimiz” degan ifodalarga o’rin berdi. Van Damme Izmitdan tashqari Istanbul, Izmir va Anqarada ham sport markazlari ochishni rejalashtirmoqda.  

 

 



Aloqador xabarlar