Xorijiy matbuot sharhlari 11.01.2017

Xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi yangiliklar...

648968
Xorijiy matbuot sharhlari 11.01.2017

                            

Italiyada faoliyat ko’rsatgan ANSAmed xabar agentligi: “Erdog’an: “Ba’zi muhojirlarga fuqarolik beramiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an mamlakatdagi ba’zi muhojirlarga fuqarolik berish taklifini takror olg’a surganini yozdi.

“Hozirda 3 mlndan ortiq suriyalik va ıroqlik qochqinni boqib o’tiribmiz. Bular orasida mamlakatimizga katta hissa qo’sha oladigan qobiliyatga ega bo’lganlari ham bor. Ichki ishlar vazirligimiz bu kishilarni va ularning oilalarini fuqarolikka qabul qilish uchun zarur faoliyatlarni olib bormoqda”,-deya bayonot bergan Erdog’an.

 “Rossiya va Turkiya Tashqi ishlar vazirlari Suriyadagi sulh bitimini mustahkamlashtirishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi” deb yozadi Reuters xabar agentligi.

Xabarda yozilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu Suriyada sulh bitimiga to’la amal qilish va terror tashkilotlariga qarshi kurashni davom ettirish xususida kelishib olgan.

Seshanba kuni telefonda muloqot o’tkazgan Lavrov bilan Chavushog’lu yanvar oyi oxirlarida Qozog’istonning poytaxti Astanada Suriya masalasiga bag’ishlab o’tkaziladigan yig’ilish bo’yicha fikr almashdi.

Ikki vazir ayni paytda, Rossiya va Turkiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda ba’zi favqulodda masalalarni ko’zdan kechirdi.

Janubiy Kipr Rum boshqaruvidagi mahalliy matbuot “Turkiya kafolatdan voz kecha olmaydi” deb yozadi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu Yevropa Ittifoqi muzokara jarayoniga salbiy ta’sir o’tkazilishiga yo’l qo’yganini bildirib, Turkiya Kiprdagi kafolatidan voz kecha olmasligini aytdi.

Mavlud Chavushog’lu Jenevada o’tkazilgan muzokaralarda natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar, Turkiya kiprlik turklarni himoyasiz tashlab qo’ymasligini aytdi.

Ankarada davom etgan Elchilar konferensiyasida so’zga chiqqan Mavlud Chavushog’lu Kipr masalasi bugungacha hal bo’lmaganining asl sababi Kipr muammosiga yechim topilmasdan turib, bir tomonning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishi ekanini tilga oldi.

Amerikaning TURKISH NY internet sayti Davosga Turkiyadan Mehmet Shimshek bilan Nihat Zeybekchi qatnashishini yozdi.

Davosda o’tkaziladigan Jahon iqtisodiy forumiga bu yil Turkiyadan Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek va Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi ishtirok etadi.

Shveysariyaning Jeneva shahrida o’tkaziladigan forum bu yil 17-20 yanvar kunlari orasida amalga oshiriladi.

Mazkur forumga 70dan ortiq mamlakatdan 300 atrofida vakil qatnashadi.

30dan ziyod davlat rahbari va bosh vazir ishtirok etadigan forum doirasida davlat rahbarlari o’zaro uchrashuv amalga oshirishni ham rejalashtirmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xorij , #gazeta , #matbuot , #xabar agentligi

Aloqador xabarlar