Xorijiy matbuot sharhlari 01.06.2016

Xorij matbuotida yoritilgan Turkiya haqidagi yangiliklar...

501929
Xorijiy matbuot sharhlari 01.06.2016

 

 “Erdog’an: “Germaniyaning arman qatliomi qonuni o’zaro aloqalarga putur yetkazishi mumkin”-degan ifodalarini chop etadi REUTERS xabar agentligi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an 1915 yilda sodir qilingani ilgari surilgan voqealarni qatliom sifatida ta’riflovchi Germaniya qonun taklifi Turkiya va Germaniya o’rtasidagi aloqalarga putur yetkazishi mumkinligini aytdi.

Erdog’an: “Germaniya o’zini aldashlariga yo’l qo’ymoqda. Shunday ekan, diplomatik, tijoriy, siyosiy va harbiy munosabatlarimiz zarar ko’radi. Germaniya va Turkiya NATOga a’zo davlat hisoblanadi”,-dedi.

 “Erdog’anning ziyorati Afrika bilan Turkiya o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashtiradi”,-deb yozadi TURKİSHNY xabar portali.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning sharqiy Afrika davlatlaridan biri Ugandaga rasmiy ziyoratini sharhlagan Ugandaning Addis Ababadagi elchisi va Afrika Ittifoqi bilan BMT Afrika iqtisodiy kengashining doimiy vakili Mull Sebujja Katende: “Erdog’anning ziyorati shuni ko’rsatadiki, Turkiya davlati Afrika bilan Turkiya o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga va ikki davlat o’rtasidagi azaliy, tarixiy aloqalarni rivojlantirishga bel bog’lagan”,-dedi.

Uning aytishicha, Uganda xalqi va hukumati bu ziyoratni Turkiyaning Ugandada investitsiya va tijoriy hamkorlik faoliyatlari avj olganining yaqqol isboti deb baholaydi.

Qolaversa, Uganda Turkiyaning investitsiya imkoniyatlaridan keng foydalanmoqchi va turk tadbirkorlarni mamlakatga jalb qilishni istaydi.

Ozarbayjonda nashr qilingan “Yangi musavat gazetasi”: “Binali Yildirimning Ozarbayjon ziyorati tarixiy ahamiyat kasb etadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning yangi bosh vaziri Binali Yildirim 3 iyun kuni Ozarbayjonga rasmiy ziyorat amalga oshirmoqda.

Binali Yildirim an’anaga rioya qilgan holda, dastlabki chet el ziyoratini Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Ozarbayjonga amalga oshiradi.

Bosh vazir Binali Yildirim tashrifi chog’ida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashadi.

Mutahassislarning fikricha, Binali Yildirimning Baku safari Ozarbayjon bilan Turkiya o’rtasida yangi davr demakdir.

Qatarning Al-Jazira gazetasi: “Tashqi siyosatda o’zgarish zarur” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush Suriya, Iroq, Rossiya, Yevropa Ittifoqi va Isroil bilan bo’lgan aloqalar bo’yicha yangi tashabbuslar amalga oshirilishini ma’lum qilganini yozdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xorij , #matbuot , #gazeta , #sharh

Aloqador xabarlar