Xorijiy matbuot sharhlari 23.03.2016

Jahon matbuotida yoritilgan Turkiya haqidagi yangiliklar...

456674
Xorijiy matbuot sharhlari 23.03.2016


Rossiyada faoliyat ko'rsatgan Ria Novosti xabar agentligi “Erdog'andan BMT xavfsizlik kengashiga chaqiriq" sarlavhasi bilan xabar chop etdi.

Xabarga ko'ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an BMT Xavfsizlik kengashiga a'zo davlatlar sonini 20 nafarga chiqarish va doimiy a'zo bo'lishni bekor qilishga doir islohot talabi bilan xavfsizlik kengashiga murojaat qildi.

BMT xavfsizlik kengashi tarkibida Rossiya, Angliya, Fransiya, Amerika Qo'shma Shtatlari va Xitoy davlatlari o'rin olganini tilga olgan Erdog'an:“Bu davlatlar ichida Afrika va Janubiy Amerika nomidan biron davlat o'rin olmagan. Ushbu 5 ta doimiy a'zo ichida musulmon davlatga o'rin berilmagan. Budistlarning ham vakili yo'q. BMT xavfsizlik kengashida 196 davlatning barchasi nomidan bir vakil o'rin olishi zarur",-dedi.

O'zbekistonda faoliyat ko'rsatgan “Qalampir" nashriyot organi “Rossiya Turkiyaning dushmani emas" sarlavhasi bilan maqola chop etdi.

Maqolada yozilishicha, Istanbulda o'tkazilgan O'rta Osiyo forumining ochilishida so'zga chiqqan Turkiya Bosh vazir o'rinbosari Mehmet Shimshek Rossiya bilan Turkiya o'rtasidagi aloqalarda yuzaga kelgan muammo O'rta Osiyo davlatlariga ta'sir ko'rsatmasligi kerakligini aytib o'tgan.

Shuningdek, Mehmet Shimshek: “Biz Rossiyani dushman qatorida ko'rmaymiz. Rossiya bizga qo'shni davlat hisoblanadi va do'stona qo'shnichilik aloqalarimizning davom etishini istaymiz",-dedi.

17 fevral kuni Turkiyaning poytaxti Ankarada sodir bo'lgan terrorchilik harakati munosabati bilan ko'plab davlatlar kabi Rossiya ham Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

“DAISh - butun dunyo uchun mushtarak tahdiddir",-deb yozadi Eronda faoliyat ko'rsatgan IRNA xabar agentligi.

Xabarga ko'ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Turkiya bilan Eron o'rtasidagi aloqalarning rivojlantirilishi, nafaqat ikki davlatning manfaati uchun, balki mintaqada tinchlik va farovonlikning ta'minlanishiga xizmat qilishini tilga olgan.

Erdog'an: “G'arb davlatlari islom dunyosining rivojlanishini xohlamaydi. Turkiya bilan Eronning mintaqada davom etgan muammolarning yechimiga qo'shadigan hissalari juda katta",-dedi.

DAISh terror tashkiloti Turkiya va mintaqa uchun katta tahdid ekanini tilga olgan Erdog'an: “Mintaqadagi muammolarni hal qilish uchun Eron bilan hamkorlik shartdir",-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #jahon matbuoti , #xorij , #gazeta , #xabar , #agentlik

Aloqador xabarlar