Xorijiy matbuot sharhlari 17.02.2016

Xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi yangiliklar...

434429
Xorijiy matbuot sharhlari 17.02.2016
10-11/Files\UploadedImages\7cfc10cf94a446f3823b2a44c996a248_yab basın.jpg


Rossiyada nashr qilingan Ria Novosti gazetasi, “Turkiya havo hujumlari tufayli Rossiyani ogohlantirdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyani Suriyadagi tinch aholi punktlarini ataylab portlatganlikda aybladi va buni urush jinoyati sifatida baholaganini yozdi.

Xabarga ko'ra, “Turkiya Tashqi ishlar vazirligi agar, Rossiya darhol hujumlarni to'xtatmagan taqdirda, natijasi og'ir bo'lishi haqida ogohlantirdi.

Xalqaro Suriyani qo'llab quvvatlash guruhining 11 fevraldagi yig'ilishida Suriyada havo hujumlarini to'xtatish bo'yicha qaror qabul qilingan edi. Lekin, bu qarorga qaramasdan, Rossiya Suriyada tinch aholini, maktablarni va shifoxonalarni portlatmoqda. Xalqaro huquqqa hilof va ayni paytda urush jinoyatiga sabab bo'lgan bu hujumlarni qat'iyan qoralaymiz. Rossiya hujumlariga darhol yakun yasamagan taqdirda, og'ir natijalarga duch kelishi aniq”.

“Neft ishlab chiqargan davlatlar o'rtasida shartnoma tuzildi”-deya xabar beradi China Radio International.

Saudiya Arabistoni bilan birga Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEC) neft ishlab chiqarishni belgilangan maromda ushlab turish bo'yicha kelishib oldi.

Qatarning poytaxti Dohada Saudiya Arabistoni Neft vaziri Ali Al-Naimiy, Rossiya Energiya vaziri Aleksandr Novak va Venezuela Neft vaziri Euloqiı Del Pino ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuvda, neft ishlab chiqarishni ma'lum darajada muzlatish qarori olindi.

Neft ishlab chiqaruvchi davlatlardan biri Iroq bu haqdagi shartnomaga qo'shilmoqchi, lekin Ozarbayjon qo'shilishni xohlamadi.

Germaniyada matbuot organi Deutsche Welle Afrikada o'ldiruvchi qurg'oqchilikka e'tibor qaratadi.

Afrika ohirgi yillarda eng qattiq qurg'oqchilikka duch kelgan. Mamlakatda hukm surgan qurg'oqchilik 14 million aholi hayotiga xavf solmoqda.

Efiopiya ham qurg'oqchilikdan ta'sirlangan davlatlardan biri hisoblanadi.

BMT ma'lumotlariga ko'ra, Efiopiyada 10 milliondan ziyod inson tezkor ravishda gumanitar oziq-ovqat yordamini kutmoqda. Bu raqam ko'p o'tmay ikki barobarga ortishi mumkin.

Afrikaning boshqa mamlakatlarida ham ahvol bundan qolishmaydi. Qurg'oqchilik hukm surgan Zimbabve, Janubiy Afrika va Malavi kabi bir qancha Afrika davlatida mahsulot yetishmayotir.

Qit'ada qurg'oqchilik El Nino tabiat hodisasidan kelib chiqqani tahmin qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #xorij , #matbuot , #neft , #Suriya

Aloqador xabarlar